O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə81/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Hozirgi zamon muzliklari. Yevosiyoda hozirgi zamon muzliklari keng
tarqalgan. Muzliklarning eng ko‘p tarqalgan birinchi mintaqasi materikning 
Arktika sektoridagi orollar va arxipelaglar hisoblanadi. Ular ayniqsa Islandiya,
Shpitsbergen, Frans Iosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Yangi Sibir 
orollarida yaxshi rivojlangan. Bu orollarda muzliklarning umumiy maydoni 90000
km2 dan oshadi, kalinligi 100 m dan 300 m gacha boradi. Qor va muzliklarning 
quyi chegarasi deyarli dengiz sathigacha tushadi. Orollardagi eng katta
muzliklardan biri Novaya Zemlya orolining markaziy tog‘ mintakasidagi 
Novozemel muzligi bo‘lib, uning maydoni 24320 km2.
Yevrosiyoning hozirgi zamon muzliklari keng tarqalgan ikkinchi mintakasi 
materikning ichkarisida joylashgan baland tog‘ tizimlari va tog‘liklari hisoblanadi.
Muzliklar Alp, Kavkaz, Pomir, Hinduqush, Himolay, Tyanshan, Kunlun, 
Qoraqum, Tibet tog‘ tizimlari va tog‘liklar uchun harakterli bo‘lib qolmasdan,



balki uncha baland bo‘lmagan, kuchli namlangan Atlantikabuyi rayonlaridagi


tog‘lar uchun ham harakterli. 
Yevrosiyo tog‘larida qor chizig‘ining balandligi shimoldan janubga va
materikning chekka qismidan ichkari rayonlariga qarab yuqori ko‘tarila boradi. 
Skandinaviya tog‘larida qor chizig‘ining balandligi 700-1900 m: atrofida, Alp
tog‘larida 2500 
3200 m. gacha ko‘tariladi. Alp YYevropaning eng yirik tog‘
muzliklari markazi hisoblanadi. Alp muzliklari orasida eng kattasi Shveysariya 
Alpidagi Alech muzligidir. Maydoni 160 km2, uzunligi 26,8 km bo‘lgan
muzlikning qalinligi ayrim joylarda 800 m ga teng. 
Hozirgi zamon muzliklari YYevropaga nisbatan Osiyoning baland tog‘larida
va tog‘liklarida ko‘prok, uchraydi. Biroq baland tog‘ tizimlarining keng 
tarqalganligiga va Osiyo hududining deyarli yarmidan ko‘prog‘ini egallab
olganligiga qaramasdan muzliklar bilan qoplangan joylar nisbati uncha katta emas. 
Bunga sabab barcha baland tog‘lar materikning ichkari rayonlarida joylashgan,
iklimi keskin kontinental va yog‘in - mikdori nixoyatda kam. Shuning uchun qor 
chizigi va muzliklarning quyi chegarasi juda balandda joylashgan. Qor chizig‘ining
balandligi Qoraqurum va Kunlunda 5000-5500 m, Himolayda 4500-5000 m, 
Tyanshanda. 3700 m. Eng katta tog‘ muzliklarining uzunligi Pomirda 77 km
(ayrim manbalarda 71,2 km), Qoraqurumda 60 km, Tyanshanda 60 km va 
Ximolayda 26 km gacha boradi.
Osiyodagi va butun Yevrosiyodagi eng katta tog‘ muzliklaridan biri 
Pomirdagi Fedchenko muzligidir. Uning uzunligi 77 km. va maydoni 900 km2.
Muzning qalinligi o‘rtacha qismida 1000 m dan ziyod. "Tyanshanda Fedchenkodan 
kichikroq bo‘lgan Janubiy Inilchik muzligi, bor, Uning uzunligi 59,5 km, maydoni
800 km2. Binobarin, Yevrosiyo daryolarini suv bilan tuyintirishda va kontinental 
iklimli o‘lkalarda agrolandshaftlarni suv bilan ta’minlashda tog‘ muzliklarining
ahamiyati katta. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin