O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə89/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Botqoqlik o‘simliklari. Bu tipdagi o‘simliklar tundra, o‘rmon tundra va
o‘rmon zonalarida keng tarqalgan. Botqoqliklar o‘ziga xos tabiiy geografik 
komnlekslar bo‘lib, ular odatda o‘rmon landshaftlarining ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi. Botqoqlik o‘simliklari hamma regionda deyarli bir xil bo‘ladi. Ular 
o‘simlik turlariga qarab pastqam, oraliq va baland botqoqliklarga bo‘linadi.
Pasqam (yevtorf) botqoqliklar gipi-o‘t botqoqliklari bo‘lib, ularda yashil 
moxlar, qiyoqlar, qamishlar, ro‘vaklar, luqgullilar va qirq bo‘g‘inlilar o‘sadi.
Daraxtlardan qayinlar va qora orxalar uchraydi. Oraliq (mezotrof) botqoqliklar 
o‘rmon botqoqliklar tipini hosil qilib, ularda daraxt-buta o‘simliklari, yirik o‘tlar,
gipn va sfagn yo‘sinlari o‘sadi. Daraxtlardan qarag‘ay, yel, kul rang va qora olxa, 
qayin va tog‘teraklar uchraydi. Baland (oligotrof) botqoqliklarda o‘simliklar bir xil
bo‘lib, ular asosan sfagn yo‘sinlaridan tarqib topgan. Ba’zan u yer bu yerda lakana 
qayinlar uchrab turadi. Sfagn botqoqliklari kuppaygan yuza hosil qilib tarqalgan.



Bu tipdagi botqoqliklarda sfagn yo‘sinlaridan tashqari bagulnik; klyukva,


andromeda, momidbosh, rosyanka, moroshka kabi o‘simliklar ham o‘sadi. 


O‘rmon-dasht. O‘rmon-dasht o‘simlik tipi materikning kontinental iqlimli
ichkari rayonlari uchun harakterli bo‘lib, g‘arbda. Karpat tog‘laridan sharqda 
Oltoygacha o‘zluksiz davom etadi. Oltoy tog‘laridan sharqda o‘rmon-dasht
o‘simliklari orolchalar hosil qilib Lena-Vilyuy pasttekisligigacha kirib boradi. 
O‘rmon-dasht o‘simlik tipini o‘rmonlar yoki dashtlar o‘simlik tiplari qatoriga
kiritib bo‘lmaydi. Bu yerda o‘rmonlar turli xil dasht o‘simliklari bilan almashinib, 
tabiiy-tarixiy jihatdan mutloqa mustaqil zonal o‘simlik tipini hosil qiladi.
O‘rmon-dasht zonasining o‘rmon o‘simliklari eman, juka, qayrag‘och, 
tog‘terak, qayin, shumtollardan iborat. Qarpatoldi rayonlarida buk va grab ko‘p
uchraydi. Uraloldi va Kulundi o‘rmon-dashtlarida igna bargli Daraxtlardan 
qarag‘ay va yellar o‘sadi. Oltoydan sharqda esa tilog‘ochlar ko‘pchilikni tashkil
etadi. Turli xil o‘tli dashtlar o‘rmon-dasht o‘simlik tipining ikkinchi komponenti 
hisoblanadi. Dasht joylarda o‘tlar qalin o‘sadi, ular turlarga juda boy. Masalan
V.V.Alyoxin Strelesk dashtida 1 m2 maydonchada o‘simliklarning 77 turi borligini 
aniqlangan. Boshqa o‘simlik tiplariga nisbatan o‘rmon-dasht o‘simliklari inson
xo‘jalik faoliyati ta’sirida kuchli o‘zgargan va ularning o‘rnini madaniy o‘simliklar 
egallagan. Tipik va ishqori yuvilgan qora tuproklardagi turli xil o‘tli dashtlar
butunlay haydalib, ularning o‘rnida poyonsiz agrolandshaftlar barpo etilgan. 


Dasht. O‘rmon-dashtlar. janubga tomon dasht o‘simlik tipi bilan almashinadi.
Dashtlarda iqlimning quruqligi, yog‘in miqdorining mumkin bo‘lgan bug‘lanish 
miqdoriga nisbatan kamligi kserofit o‘simliklarning o‘sishiga sabab bo‘lgan. Bu
yerda o‘rmon-dasht uchun harakterli bo‘lgan turli xil o‘t o‘simliklar o‘rnida 
boshoqli o‘simliklar keng tarqalgan. Dashtlar uchun xos bo‘lgan boshoqli
o‘simliklar tukli chalov, Ukraina chalovi, betaga, keleriya, cho‘l arpasi, erkak o‘t 
kabilardan tarkib topgan. Sharqqa borgan sari boshoqli o‘simliklarni mahalliy
turlari tarqala boshlaydi. 
Dashtlarni shimoliy qora tuproqli qismida turli o‘tlar aralash holda o‘sadigan
chalov assotsiatsiyalari keng tarqalgan. Bahorda qizil va sariq qoragul, dasht 
valerianasi, astragal, ayiq tovon, gulsapsarlar barq o‘rib gullaydi.
Dashtlarda ham o‘rmon-dashtlardagi kabi tabiiy o‘simliklar antropogen 
omillar ta’sirida juda o‘zgarib ketgan. Materikning Yevropa qismida dashtlar
ayrim joylardagina saklanib qolgan va ularni muxofaza qilish maqsadida 
quriqxonalar tashkil etilgan. Osiyo qismidagi dashtlar kam o‘zlashtirilganligi
sababli qo‘riq dasht o‘simliklari yaxshi saqlanib qolgan. 
Dashtlarning tabiiy sharoiti don va texnika ekinlari yetishtirish uchun juda
kulay. Bu yerda kuzgi bug‘doy, grechixa, kungaboqar, makkajuxori, tariq qand 
lavlagi, tamaki, kanop, kunjut, poliz ekinlari va boshqalar yetishtiriladi. Dasht
zonasida muntazam ravishda yuqori hosil olish uchun bir qator meliorativ 
tadbirlarni amalga oshirishni taqazo etadi. Bular tuproq namini saqlab qolish,
janubiy rayonlarda sug‘orishni keng joriy qilish, eroziyaga va qurg‘oqchilikka 
qarishi kurashish tadbirlaridir.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin