O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə90/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Chala cho‘l. Chala cho‘l o‘simliklari Kaspiybo‘yi pasttekisligidan
Oltoygacha va Mongoliya Oltoyidan Katta Xingan tog‘larigacha bo‘lgan polosada 


iqlimi yanada kontinental va quruq bo‘lgan joylarda rivojlangan. Chala cho‘llarda


asosan boshoqli o‘simliklar va shuvoqlar keng tarqalgan. O‘t o‘simliklar 
dashtlardagiga nisbatan siyrak o‘sadi. Chalovlarga nisbatan betaga ko‘proq
uchraydi. Chala cho‘lning shimoliy qismida boshoqli o‘simliklar, janubiy qismida 
esa shuvoq va sho‘ra o‘tlar keng tarqalgan.
Chala cho‘l o‘simliklarining geografik tarqalishi mahalliy sharoitni muayyan 
ravishda o‘zida aks ettiradi. Masalan, bir oz sho‘r bosgan tuproqli yerlarda shuvoq
ko‘proq sho‘r bosgan yerlarda qora shuvoq, sho‘r yerlarda sho‘ra o‘tlar tarqalgan. 
Sochilma qumlarda boshoqli o‘simliklardan ayg‘irqiyoq, past-baland qumli
yerlarda. qumerkak va chiy, botiq joylarda pakana tol, jiyda o‘sadi. Bahorda chala 
cho‘llarda lola, boychechak, ayiqtovon, qo‘ng‘irboshlar gullaydi, efsmerlar yam-
yashil maydonlar hosil qiladi. Chala cho‘l o‘simliklaridan chorva mollarini 
boqishda foydalaniladi.

Cho‘l. 
O‘rta va Markaziy Osiyo tekisliklarini hamda tog‘ tizmalarini 
past yon bagrlarini cho‘l o‘simliklari qamrab olgan. Lekin bu yerlarda chala
cho‘l va dashtlarga nisbatan o‘simliklar nihoyatda siyrak usadi. O‘simlik 
bilan qoplangan yerlarga Qaraganda ochiq yerlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Cho‘llarda o‘simliklarning turiga, ularning qalin yoki siyrak bo‘lishiga 
tuproqlarning mexanik tarkibi nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘z
tuproqlarda xilma-xil shuvoqlar, shurtob va shurxok yerlarda sho‘ra o‘tlar 
ko‘p o‘sadi. Billi cho‘llarda bahor faslida efemer va efemeroidlar bark urib
usib, tezda kurib koladi. Bular boshoqlilar, qiyoqlar va ikki pollali 
o‘simliklardan iborat.
Barxan qumlarida bo‘yi bir metrga yetadigan, ildizi uzun boshoqlilar 
oilasiga kiradigan selin, bo‘yi 5-7 m gacha yetadigan kuyonsuyak (qum
akatsiyasi) o‘sadi. Do‘ng qumlarda qora qandim, daraxsimon cherkez, oq 
saksovul, sho‘rxok botiflarda qora saksovul, elak, qizilchalar keng
tarqalgan. Juyak qumlarda bug‘doyiq elak, yaltirboshlar, daraxtlardan oq 
saksovul, quyonsuyaklar, qumli tekisliklarda esa shuvoqlar ko‘pchilikni
tashkil etadi. Balxashbo‘yi cho‘llarida kumsag‘iz ko‘p uchraydi. 
Cho‘llardagi yirik daryo vodiylarida to‘qayzorlar yaxshi rivojlangan.
Tuqayzorlar daraxt, buta va o‘t o‘simliklaridan tarkib topgan. Daryo qayiri 
bo‘ylab har xil teraklar, tollar, turangalar keng tarqalgan. Butalardan
pakana tollar, jiydalar, yulg‘unlar, xilma-xil oktikanaklar, chakandalar, 
jing‘illar o‘sadi. Utloq o‘simliklari ildizpoyali boshoqlilardan iborat.
Botqoqlangan va suv bosgan qayirlar savag‘ich hamda qamishlar bilan 
qoplangan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin