O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə98/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Armaniston tog‘ligi. Armaniston tog‘ligi g‘arbda Kichik Osiyo, sharqda
Eron tog‘liklari, shimolda Kapa Kavkaz, janubda Mesopotamiya pasttekisliklari 
bilan chegaralashgt. Maydoni 400 ming km
2
atrofida. Tog‘lik tektonik tuzilishi, 

relef xususiyatlari, iqlimining kontinentalligi bilan Kichik Osiyodan farq qiladi.


Armaniston tog‘ligida Kichik Osiyo va Eron tog‘liklaridagiga nisbatan 
burmali tog‘lar bir-biriga yaqin joylashgan va o‘zaro tutashgan. Kars yassi
tog‘ligidan boshqa keng ichki yassi tog‘liklar yo‘q. Qadimgi burmalar paleozoyda 
sodir bo‘lgan. Kaynozoyda kaytadan burmapanib tizmalar va bukmlmalar hosil
qilgan. Asosiy relef tiplari neogen va antropogenning lava-tuf jinslaridan tuzilgan 
tizmalar, tog‘liklar, platolar, vulkan konuslari va tektonik botiqlardan iborat.
Botiqlar burmali-palaxsali tizmalar bilan o‘ralgan. Tizmalarning ko‘pchiligi kator 
so‘ngan vulkanlardan iborat. Eng yirik vulkanlari va baland cho‘qkilari Katta
Ararat (5165 m), Sebelan (4821 m), Syupxan (4434 m), Jilo (4168 m), Aragan 
(4090 m), Kichik Ararat (3925 m), Kaputjux (3904 m) va boshkalar.
Tog‘likning shimolida balandligi 3000-4000 m dan oshadigai Kichik 
Kavkaz (Mesxet, Trialit, SHoxdog‘, Qorabog‘, Vardenin, Zangezur tizmalari),
Tolish tog‘lari, janubida balandligi 2500-3500 m ga etadigan SHarqiy yoki 
Armaniston Tavr tog‘lari, Kurdiston tizmalari joylashgan. Tog‘ tepaliklarida alp
relef shakllari keng tarqalgan. Tog‘oralig‘i botiqlari orasida eng yiriklari Kolxida, 
Kura, Ararat, Arzirub, Tabriz va boshkalar dengiz sathidan 100 m dan 20(YU m
gacha balandlikda joylashgan. Barcha botiqlar aholining zichligi tufayli kuchli 
o‘zlashtirilgan, ayrimlari ko‘llar bilan band.
Armaniston tog‘ligining iqlimi subtropik, kontinental. Er yuzasiningkatta 
qismi baland bo‘lganligi va tog‘lik ustida antigщklon sharoiti vujudga kelganligi
tufayli qish sovuk bo‘ladi va uzok davom etadi. YAnvarning o‘rtacha harorati -
15°S gacha tushadi. YOzi jazirama issiq bo‘ladi, botiqlarda iqining o‘rtacha
harorati 24°, 30°S ni tashkil etadi. Tog‘ yon bag‘rlarida va platolarida yozda 
mo‘‘tadil issiq bo‘lib, o‘rgacha harorat 20°S dan oshmaydi. Kolxida va Kura
botiqlarida, Lenkoran pasttekisligida qish oylarining harorati 0°S dan yuqori. 
Kura-Araks pasttekisligida yanvarning o‘rtacha haroralgi +1°, +3°S ga, Kolxida
pasttekisligida +4°, +6°S ga teng. Tog‘larning baland cho‘qqilarida harorat yil 
davomida 0°S dan past bo‘ladi.
Tog‘ tizmalarining tashqi yon bag‘rlarida yog‘ii-sochin mikdori 1000 mm 
gacha etadi. Lenkoran pastgekisligi va Tolish tog‘ etaklarida bu ko‘rsatkich 1200-
1700 mm ni, Kolxidada 1500-1800 mm ni tashkil etadi. Ichki rayonlarning 
g‘arbida yillik yog‘in miqdori 500-700 mm ga, sharqda 300-500 mm ga tesh. Qor
chizig‘i 4200-4300 balandlikdan o‘tadi. 
O‘lkaning shimol tomonga oqadigan daryolari Kaspiy va Qora dengiz
havzalariga, janub tomon oqadigan daryolari Fors qo‘ltig‘i havzasiga qaraydi. 
Armaniston tog‘ligidan Kura, Arake, Dajla, Furot kabi yirik daryolar boshlanadi.
Ular qorlar, muzliklar va yomg‘ir suvlaridan to‘yinib, bahorda va yozda to‘lib 
oqadi. Daryo suvlari qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini sug‘orishda foydalaniladi.
Armaniston tog‘ligida uchraydigan tektonik ko‘llar turli balandliklarda 
joylashgan. Ular orasida eng kattasi bulgan Urmiya (Rezaye) kuli dengiz sathidan
1275 m balandda joylashgan. Maydoni 5800 km
2
, chuqurligi 15 m. Suvning 


sho‘rligi 150


0
/

00
dan 230 °/


00
gacha ko‘tariladi. Bahorda yog‘in-sochin paytida 

ko‘lning suv sathi ko‘tarilib, qirg‘ok chizig‘i o‘zgaradi, qirg‘oqdagi pastqam


erlarni suv bosadi. Kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda Van ko‘li turadi. Uning 
balandligi 1720 m, maydoni 3764 km
2
, chuqurlita 25 m, suvining sho‘rligi 20 

Sevan ko‘lining balandligi 1900 m, maydoni ]400 km


2
, chuqurligi 86 m. Sevanga 

30 ga yaqin kichik daryolar kelib quyiladi va undan Razdan daryosi oqib chiqadi.


Kolxida pasttekisligida qadimgi lagunaning qoldig‘i bo‘lgan Paleostomi ko‘li bor. 
O‘lka iqlimi quruq kontenental bo‘lganligi sababli tog‘ dasht va chala cho‘l
landshaftlari keng tarqalgan. Katta-katta maydonlarni qoplab olgan och tusli 
kashtan, qo‘ng‘ir, och tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda dasht, chala cho‘l o‘simliklari,
kserofit butalar o‘sadi. Daryo vodiylarida butazorlar, o‘tloqzorlar va qamishzorlar 
mavjud. O‘rmonlar tog‘ tizmalarining yog‘in-sochin ko‘proq tushadigan tog‘ yon
bag‘rida o‘sadi. Tog‘ etaklari, botiqlar va pasttekisliklarda paxta, sholi, tamaki, 
bug‘doy, makkajo‘hori ekiladi, sitrus plantatsiyalari, turli xil mevali bog‘lar va
tokzorlar barpo etilgan. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin