Daryo to‘ri qalin, lekin yirik daryolar kam. Eng katta daryosi Sinzyan YUnnan
Tropik iqlim sharoitida rang-barang o‘simliklarr, ayniqsa ularning tropik
elementlari. yaxshi rivojlangan. Birgina Tayvan orolining florasi 3265 tur
o‘simliklardan iborat bo‘lib, shundan 1605 turi evdemikdir. Tog‘ etaklarida va 500
m balandlikkacha bo‘lgan mintaqada palma, fikus, pandus, bambuk va lianalardan
tarkib topgan doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar o‘sadi. 500-1800 m balandlikda
kamfar dafnasi,
tunga daraxti, magnoliya, daraxtsimon paporotnik va janub igna
barglilaridan iborat subtropik tipdagi doimiy yashil keng bargli o‘rmonlar
mintakasi joylashgan. 1800 m dan balandda igna bargli (sarv daraxti, pixta, el)
o‘rmonlar tarqalgan. Tayvanshanning 3700 m dan yuqori qismida baland tog‘
butazorlari joylashgan. Tropik o‘rmonlar
tagida qizil, sarg‘ish-kizil, kizg‘ish-
qo‘ng‘ir tog‘ tuprokdari rivojlangan. Daryo vodiylarida, tekisliklarda va
terrasalashtirilgan tog‘ yon bag‘rlarida agrolandshaftlar barpo etilgan.
Oblastning dehkonchilik qilinadigan erlarida banan, kokos palmasi, ananas,
shakar kamish kabi tropiklarga xos madaniy ekinlar etishtiriladi. Daryo vodiylarida
va pastqam joylarda sholikorlik rivojlangan. Terrasddashtirilgan tog‘ yon
bag‘rlarida
choy butasi, limon, apelsin, mandarin va boshqa subtropik ekinlar
ekiladi.
Dostları ilə paylaş: