tog‘larining quyi qismida cho‘l va chala cho‘l o‘simlik mintaqalari, yuqoriroqda
tog‘-dasht o‘simliklari va undan ham balandda tog‘-o‘rmon,
subalp va alp
mintaqalari joylashgan. Tog‘larning eng baland qismida qor va muzliklar
mintaqasi mavjud. Kopetdog‘da quruq kontinental iqlim hukmronlik qilganligi
sababli tog‘-o‘rmon mintaqasi uchramaydi.
Tog‘li ulkalarda issiqlik inversiyasi tez-tez takrorlanib
turadigan joylarda
balandlik mintaqalarning aksincha joylashish hollari ham kuzatiladi. Bunday
holatlarda issiqsevar o‘simliklar ancha yuqorida va sovuqqa chidamli o‘simliklar
pastda tarqalgan bo‘ladi. O‘simliklarning geografik tarqalishidagi inversiya
hodisalari ayniqsa Janubiy va117
Shimoli-Sharqiy
Sibir tog‘lari, tog‘oralig‘i botiqlari uchun harakterli.
O‘simliklarning balandlik mintakalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
bilan Yevrosiyo
tog‘li o‘lkalarining tabiiy geografik tavsifida batafsil tanishasiz.
Dostları ilə paylaş: