O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə96/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

YApon orollari. SHarqiy Osiyodan YApon dengizi orqali ajralib turgan
YApon orollari to‘rtta yirik orol - Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku, Kyusyularni, 
ulardan janubda joylashgan Ryukyu arxipelagini va boshqa mayda orollarni o‘z
ichiga oladi. YApon orollari shimoldan janubga qarab 2300 km dan ziyodroq 
masofaga cho‘zilgan. Maydoni 384 ming km
2

YApon orollari Aleut, Kuril va Filippin orollari bilan birgalikda Tinch okean


geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orollar o‘zining shakllanish tarixida paleozoydan 
boshlab to so‘nggi davrgacha bir necha burmalanish boskichlarini boshdan
kechirgan. Tog‘ hosil bo‘lish jarayoni ayniqsa mezozoyda kuchli bo‘lib, vulkanlar 
faol harakat qilgan. Kaynozoyga kelib mezozoy kurilmalari qaytadan
burmalangan. Neogen va antropogenning boshida yuz bergan vertikal harakatlar 
YApon orollarining hozirgi relef shakllarini vujudga keltirgan. Bu davrda
vulkanlar faoliyati kuchli bo‘lgan. YAponiyada mavjud bo‘ltan 150 ta vulkandan 
40 tasi hozir ham harakatdagi vulkan hisoblanadi. Aksariyat vulkanlarning
konuslari orollar relefini tuzilishida etakchi rol o‘ynaydi va ularning eng baland 
nuqtalari bo‘lib xizmat qiladi. Bu erda seysmik xarakatlarning intensivligi er
yuzasining doimiy ravishda o‘zgarib turishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
YAponiya orollari tog‘lik va servulkan orollar bo‘lib pastgekisliklar kam
uchraydi. Orollardagi barcha tog‘lar uchun bo‘ylama yo‘nalish harakterli. 
Xokkaydo (maydoni 77,7 ming km
2
) orolida joylashgan o‘rtacha balandlikdagi 

Kitami va Xidaka tog‘lari shimoli-g‘arbdai janubi-sharqqa tomon cho‘zilgan. Ular


granit, kvarsit, ohaktosh va slanetslardan tuzilgan. Orolning eng baland nuqtalari 
Asaxi (2290 m), Garumae (1893 m), Meakan (1503 m) va boshqa harakatdagi
vulkanlar hisoblanadi. Isikari pasttekisligi orolning asosiy qismidagi tog‘larnn 
Osima yarim orolidagi tog‘lardan ajratib turadi.
Xonsyu (maydoni 223,4 ming km
2
, qirg‘oq chizig‘ining uzunligi 8298 km) 

YAponiyaning eng katta oroli. YAponiyaning 75% axolisi shu orolda joylashgan.


Uning relefida past va o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar ustunlik qiladi. Bu tog‘lar alp 


burmalanishi natijasida ko‘tarilgan qadimiy tekislangan yuzalardir. Orolning


shimoliy qismidagi tog‘lar vodiylar va botiqlar bilan ajralgan uchta bo‘ylama 
tizmadan iborat. Markaziy qismida Ou bosh tizmasi joylashgan. Tizmadagi Ivate
vulkani dengiz sathidan 2040 m baland. Bosh tizmadan g‘arbda Deva tog‘lari, 
sharqda Kitamaki va Abukuma tog‘lari sohil bo‘ylab cho‘zilgan. Orolning o‘rta
qismida shimoliy va janubiy tog‘ tizmalarini birlashtirb turgan, YAponiyaning eng 
baland, servulkan, seysmik harakatchan, chuqur tektonik uzilmalar bilan kesilgan
yirik tog‘ massivi joylashgan. Bu massivni Buyuk graben deb ataluvchi tektonik 
cho‘kma Tinch okean sohilidan YApon dengizi sohiligacha kesib o‘tgan.
CHo‘kma vulkanik jinslar bilai to‘lgan. Buyuk graben bo‘ylab YAponiyaning eng 
baland vulkani Fudziyama (3776 m) hamda YArigatake (3190 m), Ontake (3063
m), Xanusan (2702 m) vulkanlari serjilo tabiati bilan yuksaklikka qad ko‘tarib 
turibdi. Buyuk grabendan janubi-g‘arbda YAponiya Alpi deb nom olgan va alp
relef shakllari xos bo‘lgan Akaisi, Kiso va Xida tog‘lari joylashgan. 
Orolning dengiz sohillarida va tog‘oralig‘i botiklarida uncha katta
bo‘lmagan tekisliklar mavjud. Bular Kanto, Nbbi, Kinki, Etigo va boshqa 
tekisliklardir. Sikoku orolida Surugi (1955 m) vulkani va Kyusyu orolida Kudzyu
(1788 m), Aso (1592 m) va Klrisima (1700 m) vulkanlari past tog‘lar ustidan 
yukoriga bo‘y cho‘zib to‘radi. Bu orollardan janubda 98 ta mayda orollardan tarkib
topgan yoysimon shakldagi Ryukyu arxipelagi joylashgan. 
YApon orollarining iqlimi mo‘‘tadil va subtropik musson iqlim. Xokkaydo
oroli va Xonsyuning shimoliy qismi mutadil mintaqada, Xonsyuning janubiy 
kismi, Sikoku, Kyusyu va Ryukyu orollari subtropik mintakada joylashgan. YOzda
tropik musson ta’sirida havo issiq va dim bo‘ladi. SHimolda Oyya-Sivo sovuq 
oqimi tufayli harorat bir oz pasayadi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda
Xokkaydo orolida 17°, 21
0
S ni, janubda Kyusyu orolida 25°, 27°S ni tashkil etadi. 

Qishda sovuq havo massalari YAponiyaning shimoliy qismiga ko‘proq ta’sir etadi


va haroratni pasaytiradi. YAnvarning o‘rtacha harorati Xokkaydoda -3°, -10°S ga, 
Kyusyu orolida +8°S. ga teng. YAponiyaning janubiy qismida tayfunlar tez-tez
takrorlanib, juda katta talafotlar keltiradi. 
YAponiyada daryolar va ko‘llar juda ko‘p, ammo ular kiskqa va kichik.
Xokkaydodagi Tesno (491 km) va Isikari (365 km) daryolari YApon dengiziga 
quyiladi. Xonsyu orolida Sinano, Tone, Kiso daryolari bor. Ular musson
yomg‘irlaridan va qor suvlaridan to‘yinadi. YAponiyaning eng katta ko‘li 
Xonsyudagi Biva (maydoni 716 km
2
) tektonik ko‘ldir. Xokkaydodagi vulkan 

kraterlarida Kuttyaro (76. km


2
), Sikotsu (72 km

2
) va boshqa vulkanik ko‘llar hosil 


bo‘lgan. Dengiz sohillarida laguna ko‘llari ko‘p uchraydi.
Aholi nihoyatda zich joylashgan bo‘lishiga qaramasdan YAponiyaning 60% 
maydoni o‘rmonlar bilan band. Ular shimoldan janubga tomon kenglik zonallik,
tog‘larda balandlik mintaqalari bo‘ylab tarqalgan. Xokkaydoning shimoliy qismi 
Saxalin pixtasi, Xokkaydo eli, qisman tilog‘ochdan tarkib topgan tayga o‘rmoni
bilan qoplangan. Tayg‘ada podzol va torfli botqoq tuproqlar rivojlangan. 
Xokkaydoning janubida va Xonsyuning shimolida qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari
ustida keng bargli o‘rmonlar tarqalgan. Uning tarkibi buk, eman, zarang, 
Manchjuriya shumtoli, YAponiya sarv daraxti, quyi yarusi yovvoyi gilos,



magnoliya, bambuklardan iborat. Tog‘larda 500 m dan balandda keng bargli


o‘rmonlar igna bargli o‘rmonlar bilan, undan yuqorida subalp butazorlari bilan 
almashinadi.
Xonsyuning Xitati-Nomo yarim oroli kengligadan janubda doimiy yashil 
subtropik o‘rmonlar paydo bo‘ladi bu o‘rmonlarda doimiy yashil eman, kamfar
dafnasi, YAman qarag‘ayi, YApon sarv daraxti, tuya, tis, kriptometriyalar 
ko‘pchlikni tashkil etadi. Quyi yarusda bambuk, magnoliya, azaliya, aukubalar
o‘sadi. YAponiyaning subtropik o‘rmonlari aholi zich bo‘lganligi sababli ko‘proq 
kesilgan va ularning o‘rnini turli xil madaniy o‘simliklar egallagan. Tog‘larning
500-800 m dan yuqori qismida subtropik o‘rmonlar igna va keng bargli aralash 
o‘rmonlar bilan, undan yuqorida tog‘ tayg‘asi bilan almashinadi. Kyusyu orolining
janubiy qismida tipik tropik o‘rmonlar shakllangan. Doimiy yashil subtropik 
o‘rmonlar tog‘ bag‘rlab 1000 m gacha ko‘tarilgan. Ryukyu orollarining 300-500 m
balandligigacha bo‘lpsh qismi ham tropik o‘rmonlar bilan qoplangan.
YApon orollarining tekisliklari, daryo vodiylari va dengiz sohillari kuchli
o‘zlashtirilgan. Subtropik mintaqadagi o‘zlashtirilgan erlarda bug‘doy, arpa, sholi, 
shakar qamish, araxis, batat, dugskaklilar ekiladi. Terrasalashtirilgan tog‘ yon
bag‘rlarida sitrus plantatsiyalari, choy butazorlari, tutzorlar, bambukzorlar barpo 
etilgan.
Barcha orollar fauna turlariga ancha kambag‘al. Xokkaydoda qo‘ng‘ir ayiq, 
olmaxon, sobol uchraydi. Subtropik o‘rmonlarda janubga xos turlar yapon qora
ayig‘i, makakalar yashaydi. Enotsimon it keng tarqqalgan. Suvda va kuruqlikda 
yashaydigan hayvonlardan Salamandra saqlanib qolgan.
YAponiyada tabiatni muhofaza qilishga va uni sog‘lom saqlashga katta 
ahamiyat beriladi. Xokkaydoda tashkil etilgan Taysetsudzan, Xonsyudagi Nikko
va Kyusyudagi Aso milliy parklari buning isbotidir.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin