Aralash o‘rmonlar. Taygadan janubda aralash o‘rmonlar zanachasi
joylashgan bo‘lib, ular materikning g‘arbiy va sharqiy chekka qismlarida,
okeanyoni sektorlarida, namlik yetarli bo‘lgan mu’tadil islim sharoitida vujudga
kelgan, Aralash o‘rmonlar igna bargli, mayda bargli va keng bargli daraxtlardan
tashkil topgan. Sharqni YYevropa tekisligi aralash o‘rmonlarida keng bargli
daraxtlardan eman, buk, lipa, zarang, grab, qayrag‘och, shumtol, paleogen
davridan qolgan relikt tiss, Poleseda Pontiy azaliyasi - sariq rododendron,
daryolarning eski o‘zanlarida suv yong‘og‘i o‘sadi. Aralash o‘rmonlar igna bargli
o‘rmonlarga nisbatan o‘simlik turlarining xilma-xilligi, murakkabligi va ko‘p
yarusligi bilan farq qiladi. Bu yerda keng bargli daraxtlar bilan birga uchraydigan
butalardan o‘rmon yong‘og‘i ko‘p uchraydi va yong‘oqzorlar xrsnl kiladi. Aralash
urmonlarda soyaga chidamli ut usimliklari xdm kup usadi. Ayniqsa o‘rmon
yaltirboshi, o‘rmon kaltaoyog‘i, tulki qiyoq o‘rmon qiyog‘i, oyboldirg‘on, xidli
qiziltomir kabi o‘tlar keng tarqalgan.
Uzok Sharq aralash o‘rmonlari YYevropa aralash o‘rmonlariga nisbatan
turlarga juda boy. Bu yerda o‘simliklarning 1800 ga yakin turi shu jumladan 200
ga yaqin endemik turlar mavjud. Uzoq Sharq o‘rmonlari tarkibida; muzlik davrida
kelib qolgan borial o‘simlik turlaridan tashqari paleogen davridan saqlanib qolgan
o‘simliklar ham bor. Bu yerda chirmoviq (liana) larning 15 turi, o‘sadi, paporotnik
(qirqquloq) larning turi esa nihoyatda xilma-xil. Uzok Sharq aralash o‘rmonlari
Koreya kedri, Koreya, yeli, Manchjuriya yong‘og‘i, Manchjuriya zarangi, Amur
lipasi, Sibir pixtasi, Sibir kedri, oq po‘stli pixta, Sibir va Dauriya tilog‘ochidan
tarkib topgan. O‘rmonlarning ikkinchi yarusida grab, qayrag‘och, Amur sireni,
Manchjuriya araliyasi, nok, yovvoyi qalampir o‘sadi. Suv o‘simliklari orasida
nilufar (lotos), qizil rangli brazeniya, ko‘k binafsha rang evrialiya, suv yong‘og‘i
o‘sadi. Bular relikt o‘simliklar hisoblanadi.
|