km gacha boradi. Harakatdagi vulkanlar Kuril, Yaponiya, Ryukyu, Filippin, Katta
Zond orollarida keng tarkalgan.
O‘rta dengiz orollari va sohillarida, Arman tog‘ligida, Kavkaz tog‘larida
ham vulkanlar ko‘p. Masalan, Katta Kavkaz tog‘ tizmasidan Kazbek va Elbrus tog‘
cho‘qqilari to‘rtlamchi davr boshlarida harakatdagi vulkanlar bo‘lib, hozir so‘ngan
vulkanlar qatoriga kiradi.
Seysmik mintaqalarning serharakat joylarida vulkanlardan
tashqari geyzer
buloqlari ham otilib turadi. Geyzerlar ayniqsa Kamchatka yarim orolining sharqiy
sohillarida ko‘p uchraydi. Bulardan eng yiriklari Troynoy, Fontan va Velikan
geyzerlari hisoblanadi. Velikan geyzerining maydonchasi 30x40 m, chuqurligi 3
m, o‘rtacha har 4 soatu 10 minutda bir marta otiladi va 2 minut davom etadi.
Uncha katta bulmagan geyzerlar
Kamchatkaning janubida, Paujet buloqlari
rayonida uchraydi. Geyzer buloqlari birinchi marta 1755 yilda S.P.Krasheninnikov
tomonidan kashf etilgan.
Geyzerlar yer qa’ridan otilib chiquvchi qaynoq suvlardir. Geyzerlarning xalq
xo‘jaligida ahamiyati juda katta. Qaynoq suv bug‘i elektr stansiyalarning
turbinalarini bemalol aylantira oladi. Bunday elektr
stansiyasi Kamchatkada
qurilgan. Geyzer suvlaridan uylarni, korxonalarni va issiqxonalarni isitish uchun
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: