O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə52/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

QURUQLIKDAGI TABIAT ZONALARI 

Reja: 
1. Geografik mintaqalar va zonalar.
2. Sektorlik.
3. Balandlik mintaqalari. 
4. Qutbiy nomutanosiblik.

Geografik mintaqalar va zonalar. Yer Yuzasining notekis isishi havo
massalari zichligini turli xil bo’lishi ga kuchli ta’sir etadi. Bu esa troposferada 
termodinamik tenglikni bo’zilishiga va havo massalariniig sirkulyatsiyasiga olib
keladi. Oqibatda troposferada bir necha sirkulyatsiya zonalari hosil bo’lib, 
geografik mintaqalarni vujudga keltiradi. Bo’lar ekvatorial, tropik, mo’tadil,
qutbiy-asosiy mintaqalar va subekvatorial, subtropik, subarktika (subantarktika) - 
o’tkinchi. mintaqalardir. Har qaysi asosiy mintaqa uchun o’zining havo massasi
harakterli, o’tkinchi mintaqalarda esa. fasllarga qarab qo’shni asosiy 
mintaqalarning havo massalari hukmronlik qiladi. Masalan, ekvatorial mintaqada
ekvatorial havo massasi, subtoroik mintaqada tropik va mo’tadil havo massalari 
hukmronlik qiladi.
Geografik mintaqalarning nomi asosan iqlim mintaqalarining nomi bilan 
to'g'ri keladi. Bunga sabab, landshafta arning energetik asosini Quyosh
radiatsiyasi tashkil etadi. Quyosh radiatsiyasi landshaftlarda issiqlik va namlikni 
taksimlanishi, fasliy ritmiklik orkali namoyon bo’ladi. Binobarin, geografik,
miyatakalaryi shakllanishida iqlim omili yetakchi rol o’ynaydi. Geografik 
mintaqalarni iqlim mintaqalari bilan to'g'ri kelyshy birinchidan, zonallik
qonuniyatining umumsayyoraviy harakterga ega ekanligida bulsa, ikkinchidan 
uning barcha geografik komponentlarda va tabiat komplekslarida o’z ifodasini
topganligidadir. 
Geografik mintaqalar zonal farqlariga ko’ra landshaft zonalariga bo’linadi.
Landshaft zonalari geografik mintaqalarning yirik tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ular mintaqalar doirasida issiqlik va namlik miqdori hamda nisbatiga qarab
muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan landshaft komplekslaridir. 
Shuning uchun geografik zonallik ladshaft sferasining eng harakterli
xususiyatidir. Tabiat zonalari ham geografik mintaqalar singari ekvatordan 
qutblar tomon birin-ketin almashinib boradi. Shimoliy yarim sharning Arktika
mintaqasida Arktik yoki muz saxrolar zonasi, subarktika mintaqasida tundra va 
o’rmon tundra zonalari, mo’tadil mintaqada tayga, aralash o’rmonlar, keng bargli
o’rmonlar, o’rmon dasht, chala cho’l va cho’l zonalari, preriylar, subtropik 
mintaqada doimiy yashil o’rmonlar va butazorlar, subtropik cho’llar, nam
subtropik o’rmonlar, tropik siyrak o’rmonlar, savannalar, tropik chala cho’l va 
cho’l zonalari va boshqa lar mavjud. Bo’lar kenglik zonallik qonuniyatining
mahsulidir.
Har qaysi zona o’zining ma’lum miqdordagi namlanish koeffitsiyentiga ega.
Shuning uchun landshaft zonalarining chegaralari namlanish koeffitsiyenti 
miqdori Bilan aniqlanadi. G.N.Visotskiy va N.N.Ivanovlar buyicha namlanish



koeffitsiyenti tundra va tayga zonalarida 1 dan ortik, o’rmon dashtda 1,0-0,6,


dashtda 0,6-0,3, chala cho’lda 0,3-0,12 va cho’lda 0,12-0,01 ga teng. 
Okeandagi geografik mintaqalar. Geografik mintaklar yoki zonalar faqat materik
uchun harkterli bo’lib kolmasdan, balki okeanlar uchun ham harakterlidir. 
Okeandagi mintaqalar quruqlikdagi mintaqalarga nisbatan kenglik bo’ylab
joylashish xususiyatiga ega. Faqat Atlantika okeanining shimoliy qismida 
Grenlandiya va Labrador sovuq oqimi hamda Shimoliy Atlantika iliq oqimi
(Golfstrim) ta’sirida subarktika mintaqasining chegarasi parallel yunalishdan 
chekinib, dioganal buyicha o’zgaradi. Okeandagi geografik mintaqalar ko’p chilik
holatlarda zonalar deb ham ataladi. D.V.Bogdanov Dunyo okeanida 11 ta zona 
borligini aniqlagai. Quyida D.V.Bogdanov buyicha okean va quruqlik zonalarini
keltiramiz (1-jadval). Bunda Siz okean va quruqlikdagi zonalarni bir-biri bilan 
taqqoslab, ularning o’xshalik tomonlarini va tafovutlarini bilib olasiz.
Agar jadvalda keltirilgan okean va quruqlik zonalarini bir-biriga bo’lgan 
nisbatini taqqoslasak, D.V.Bogdanovning okeanda ajratgan geografik zonalari
quruqlikdagi alohida-alohida zonalarga emas, balki uning geografik mintaqalariga 
yoki landshaft zonalari guruxiga to'g'ri keladi. Okean zonalarini quruqlikdagiday
yanada maydarok zonalarga tabaqalash uchun ko’p lab faktik materiallarga va 
mukammal bilimga ega bulmoq lozim.

1-jadval
Okean va quruqlik zonalari 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin