jihatidan Hindiston platformasining peneplenlashgan bir qismi hisoblanadi. Uning
Orolning shimolida va shimoli-sharqida yog‘ingarchilik bir oz kam bo‘lib, yiliga
band bo‘lgan. Hozir o‘rmonlarning katta maydoni o‘zlashtirilib, ularning o‘rnini
tropik ekinlari, kauchuk beradigan geveya daraxtlari egallagan. Terrasalashtirilgan
tog‘ yon bag‘rlarida choy plantatsiyalari barpo etilgan.
Dengiz sohillari uchun
mangra o‘rmonlari va kokos palmazorlari xarakterli. Markaziy massivning baland
yon bag‘rlari va keng platolari turli xil o‘tlar bilan qoplangan.
Hayvonot olami turlarga juda boy. Ularning ko‘pchiligi Hindiston va
Hindixitoyda yashaydigan hayvonlarga o‘xshash. O‘rmonlarda Seylon ayig‘i,
qoplon, silovsin, bug‘u, viveralar, maymunlarning bir necha turlari yashaydi.
Daryo vodiylaridaga chakalakzorlarda
yovvoyi buyvol, yovvoyi cho‘chqa, hind
bo‘risi uchraydi. YOvvoyi fillar juda kam qolgan. Sudralib yuruvchilardan
timsoxlar, ilonlar va toshbaqalar keng tarqalgan. SHri-Lanka
florasi va faunasini
muhofaza qilish uchun botanika bog‘lari, milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar tashkil
etilgan.
Dostları ilə paylaş: