O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org
Okean tagi yotqiziqlari. Okean tagi yotqiziqlari mayda qattiq ma’danli
zarrachalarning suv ostiga cho‘kishidan hosil bo‘lgan turli qalinlikdagi g‘ovak
qatlamdir. Ular kelib chiqishiga ko‘ra terrigen, biogen, vulkanogen, poligen va
xemogen yotqiziqlarga bo‘linadi.
Terrigen yotqiziqlar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, okean
lojesining materik etagi bilan tutashgan qismida, chuqur suv osti cho‘kmalarida
keng tarqalgan. Ularning asosiy qismi materiklardan Dunyo okeaniga mayda
zarrachalar shaklida daryo oqimi, shamol, qirg‘oq muzlari, aysberglar va qirg‘oq
abraziyasi yordamida kelib tushadi. Terrigen yotqiziqlarning qalinligi materik yon
bag‘rida bir necha metrdan materik etagiga yaqin bo‘lgan zonalarda 2000-3000 m
gacha boradi.
Biogen yotqiziqlar ohakli va kremniyli cho‘kindilardan tashkil topgan. Ular
Dunyo okeanining ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo‘’tadil kenglik
mintaqalarida ko‘poq tarqalgan. Ohakli yotqiziqlar okean lojesida foraminifera va
kokkolit –foraminifera cho‘kindilaridan, sayoz joylarda chig‘anoq va marjon
cho‘kindilaridan iborat. Kremniyli yotqiziqlar radiolyariya va diatom
cho‘kindilaridan tashkil topgan.
Suv osti vulkanizmi rivojlangan zonalarda va vulkan massivlariga yaqin
bo‘lgan joylarda vulkanogen yotqiziqlar shakllangan. Vulkanik yotqiziqlar
tarkibida okean yer po‘stining katta chuqurliklariga xos bo‘lgan ma’danlar va
vulkanik shishalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Vulkanogen yotqiziqlar orasida
palagonik cho‘kindilar alohida o‘rin tutadi.
Poligen yotqiziqlar Dunyo okeanining 4500-5000 m va undan ham chuqur
botiqlarida uchraydi. Bu yotqiziqlar chuqur suv qizil gillaridan tashkil topgan.
Qizil gillar tarkibida doimiy ravishda kremniyli biogen qoldiqlar ishtirok etadi.
Dengiz suvlarida va okean tagida kimyoviy jarayonlar natijasida kimyoviy
cho‘kindilar hosil bo‘ladi. Ular xemogen yotqiziqlar deb ataladi. Bulardan tashqari
okean tagi yotqiziqlarining hosil bo‘lishida kosmik changlar ham ishtirok etadi.
Dunyo okeani tagining 150 mln. km2 maydoni karbonatli yotqiziqlar, 110 mln.
km2 maydoni chuqur suv qizil gillari va 60 mln. km2 maydoni kremniyli gillar