O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Materiklarning suvosti chekkalari. Shelf



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə112/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Materiklarning suvosti chekkalari. Shelf. Okean va dengizlar tagining
nisbatan sayoz, tekislangan va qirg‘oqqa tutash bo‘lgan qismi shelf yoki materik 
sayozligi deb ataladi. Uning chuqurligi asosan 0 dan 200 m gacha bo‘lib, maydoni



31 mln. km2 dan ko‘proq yoki Dunyo okeani tagining 7 % maydonini egallaydi.


Materik sayozligi deyarli gorizontal qiyalik bo‘lib, relefida do‘nglar, botiqlar, 
suvosti vodiylari, qadimgi materik muzliklarining izlari, silliqlangan qoyali toshlar,
chekka morenalar ko‘p uchraydi. Shelfda qadimgi kontinental yotqiziqlar ham 
keng tarqalgan. Bu shundan dalolat beradiki, shelf yaqin vaqtlarga qadar quruqlik
bo‘lgan. Materik muzliklarining erishi natijasida Dunyo okeanining sathining 
ko‘tarilishi dengiz sohilidagi quruqliklarni suv bosishiga sabab bo‘lgan.
Materik sayozligida relef hosil qiluvchi zamonaviy omillardan biri dengiz 
suvining ko‘tarilishi va qaytishidir. Ekvatorial va tropik dengizlari shelfida bundan
tashqari turli xil relef shakllarini vujudga kelishida marjon poliplari va ohakli 
suvo‘tlari faol ishtirok etadi.
Materik yon bag‘ri. Shelfdan farqli ravishda materik yon bag‘rida okean
tagining qiyaligi keskin orta boradi. Uning o‘rtacha qiyaligi 4º-6º atrofida, ba’zi 
joylarda 15º, 30º dan ham oshadi. Materik yon bag‘ri 200 m dan 3000-3500 m
chuqurlikkacha bo‘lgan okean tagini o‘z ichiga oladi. Dunyo okeanida uning 
maydoni 24,5mln km2 ni tashkil etadi. Materik yon bag‘rining relef
xususiyatlaridan biri vodiysimon suv osti kanonlari bilan parchalanganligidir. Bu 
yerda gravitatsion jarayonlar ancha faol bo‘lib, cho‘kindi materiallar shelfdan yon
bag‘irlab yoppasiga asta-sekin sirg‘anib tushish jarayoni doimiy ravishda yuz berib 
turadi.
Materik yon bag‘rining vujudga kelishi ko‘pincha bu zonada yorqin sodir 
bo‘ladigan uzilma tektonika bilan uzviy bog‘liq. Vaholanki, materiklar uchun yer
po‘stining ko‘tarilma vertikal harakatlari, okean lojesi uchun esa aksincha, yer 
po‘stining bukilish harakatlari harakterli. Yon bag‘irning ba’zi uchastkalarida
pog‘onali uzilmalar taraqqiy etgan. Yuzasi katta kenglikka ega bo‘lgan pog‘onalar 
chekka polatolar deb ataladi. Materik yon bag‘rining pog‘onali uzilma relef
shakllari Atlantika okeanining Patagoniya shelfi uchun harakterli. Materik yon 
bag‘rida monoklinal strukturalar yaxshi rivoj topgan.

Materik etagi. Materik etagi materik yon bag‘ri bilan okean lojesi, ayrim
joylarda o‘tkinchi zona oralig‘ida joylashgan. Geomorfologik strukturasi asosan 
to‘lqinsimon qiya tekislik va past-baland tekisliklardan iborat. Maydoni 25,9 mln.
km2. Geologik tuzilishiga ko‘ra yer po‘stining okean tagidagi qismi bilan materik 
qismi qo‘shilgan joydagi chuqur bukilmadan iborat bo‘lib, qalin cho‘kindi jinslar
bilan qoplangan. Cho‘kindi jinslar asosan okean va dengizlarga kelib quyiladigan 
daryolarning loyqa oqiziqlaridan hosil bo‘ladi. Bunga Hind, Gang, Kongo,
Missisipi daryolarining dengiz tagidagi keng suvosti vodiylari va mayda 
zarrachalardan tashkil topgan yoyilmalari misol bo‘la oladi. Buntan tashqari
cho‘kindi jinslarning katta qismi suv qatlamidan ham cho‘kadi. Materik etagida 
suvosti abissal oqimlari harakat qilib, okean tagiga yaqin qatlamda suv massalarini
vujudga keltiradi, chukindi jinslarni harakatga keltiradi, materik etagi va okean 
tagidagi cho‘kindilarni aralashtirib akkumulyativ relef shakllarini hosil qiladi.
Bular cho‘kindi tizmalar deb ataladi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin