Plankton tarkibiga bir hujayrali suv o‘tlari (fitoplanktonlar) vam ayda
hayvonlar
(zooplanktonlar)
–
meduzalar,
chuvalchanglar,
mayda
qisqichbaqasimonlar, oddiy hayvanlar va mollyuskalar kiradi. Fitoplanktonlar
quyosh nuri yaxshi tushadigan suv qatlamining 50-100 m chuqurlikkacha bo‘lgan
qismida, zooplanktonlar suv havzasining barcha chuqurliklarida keng tarqalgan.
Ular erkin suzib
yurish qobiliyatiga ega emas, ammo bir joydan ikkinchi joyga
siljib borishi suv to‘lqinlari va dengiz oqimlari tufayli amalga oshadi.
Nekton dengiz va okean suvlarida faol harakat qilib uzoq masofalarga suzib
yuruvchi barcha tirik organizmlarni o‘z ichiga oladi. Bu guruhga birinchi navbatda
baliqlar, dengiz sut emizuvchilari – kitsimonlar, kurakoyoqlilar, mollyuskalarning
ayrim vakillari – kalmarlar, yolg‘on oyoqlilar, reptiliylar – dengiz ilonlari, dengiz
toshbaqalari va hayoti doimo okean bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi qushlar –
pingvinlar, chaykalar, albatroslar kiradi. Nekton yirik hayvonlardan tarkib topgan
bo‘lishiga qaramasdan uning biomassasi plankton biomassasidan 23 marta kam.
Bentos dengiz va okean tagida yashaydigan o‘simliklar
va hayvonlar
majmuasidir. Bentos organizmlari plankton va nektondan farq qilib, ular suv tagida
gruntga yopishgan holda hayot kechiradi. Bentos turli xil mollyuskalar,
bulutlar,
marjonlar, ko‘plab qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar, chuvalchanglar va eng oddiy
foraminiferlardan tashkil topgan. O‘simliklardan bu guruhga yashil, ko‘kyashil,
qizil va qo‘ng‘ir sutsv o‘tlari, baland o‘simliklardan dengiz o‘ti kiradi. Okean
tagidagi balchiqlarda yashaydigan bakteriyalar ham bentosga mansub.
Dostları ilə paylaş: