O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə263/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Yangi Zelandiya ikkita yirik orol - Shimoliy va Janubiy orollar bilan bir
qancha mayda orollardan iborat. Bu orollar birgalikda mustaqil okean o’lkasini 
hosil qiladi. Bu o’lka landshaftlarining tiplari jihatdan Melaneziyaga yaqin turadi.
Bu o’lka 34°23' janubiy kenglik bilan 47°23' janubiy kenglik oralig’ida bo’lib, 
Okeaniyaning eng janub tomonidadir. Yangi Zelandiya orollari suv ostadagi Yangi 

Zelandiya platosidan ko’tarilib turadi va janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon
1500 km dan ortiqroq masofaga cho’zilar ekan, suv ostidagi chuqur Kermadek va 


Tonga botiqlari bo’ylab davom etadigan yirik razlom chizig’iga ergashadi. Orollar
Avstraliyadan 2000 km dan ham olisroq bo’lib, qadimgi Tasmantis materigining 
suvga botmay qolgan qismi hisoblanadi.
Yangi Zelandiya strukturalari yuqori paleozoy burmalaridan hosil bo’la 
boshlagan, lekin eng muhim tog’ hosil bo’lish protsesslari mezozoy erasida va
paleogen davrida ro’y bergan, shundan keyin tektonik tinchlik va peneplenlashish 
davri uzoq davom etgan. Pliotsen davrida yangi burmalar hosil bo’lgan,
shuningdek, yirik uzilma dislokatsiyalar va differentsial tik harakatlar ro’y bergan, 
natijada qadimgi quruqlik gorst palaxsa massivlariga bo’lingan va qirg’oqlarning
shakli tayin bo’lib qolgan. Shimoliy orolda shu munosabat bilan kuchli vulqon 
protsesslar ro’y bergan. Bo’r davrining oxiridan boshlab Yangi Zelandiya Yangi
Gvineyadan va shu orol orqali Avstraliyadan uzilib ketgan. Neogen davrida orollar 
Janubiy Amerikaga Antarktida orqali qisqa vaqt bog’lanib turgan bo’lishi kerak.
Organik dunyo asosan tashqaridan to’lmay taraqqiy etgan. Shunga asoslanib, 
Yangi Zelandiya Paleotropiklarning mustaqil floristik kichik oblastiga va alohida
fauna oblastiga ajratiladi. Orollardagi floraning 74 protsenti endemik 
o’simliklardan iborat bo’lib, turlari kamroq. Daraxtsimon maxsus paporotniklar
(siateya, diksoniya), igna bargli daraxtlar, jumladan kauri va totara, yastiqqa 
o’xshaydigan daraxtsimon o’simliklar, Yangi Zelandiyaning sertola zig’iri
(nilufarlar oilasidan) Yangi Zelandiyaning o’ziga xos o’simliklaridir. Maleziya va 
Avstraliya florasining eng muhim namoyandadari-mirta va doimiy yashil boshqa
ikki pallalilar, shuningdek epakrid va proteylar oilasiga kiradigan turlardir. Yangi 
Zelandiyaning Janubiy Amerikaga bog’langanligini Antarktika florasining turlari
(doimiy yashil buk va hokazo) tasdiqlaydi. 
Yangi Zelandiya faunasi ham endemiklarning ko’pligi va juda qadimiyligi
bilan xarakterlidir. Orolning o’zida sut emizuvchilaridan ko’rshapalakning ikki turi 
va kalamushning bir turi yashaydi, xolos. Uchmaydigan qushlar ko’p, jumladan
ko’zi tumshug’ining uchida bo’ladigan kivi va boyqushga o’xshaydigan, yumshoq 
patli to’tilar e’tiborni jalb etadi. Bo’yi 3 m gacha boradigan moa qushini o’tgan



asrda ham uchratish mumkin edi. Uchadigan qushlar kam, jumladan nestor degan


yirik to’tiqush orollarga qo’ylar keltirilgandan keyin hasharotxo’r qushdan xavfli 
yirtqich qushga aylandi: u qo’ylarning terisini cho’qib, yog’ini eydi. Orollarda
gatteriya saqlanib qolgan. Bu eng qadimgi sudralib yuruvchilar (ibtidoiy 
kaltakesaklar)ning birdan-bir vakilidir.
Yangi Zelandiyaning juda ham cho’ziqligi, mo’’tadil va subtropik iqlim 
mintaqalarida joylashganligi, geologik tuzilishi va rel‘efi keskin tafovut qilganligi
sababli, Shimoliy va Janubiy orollarning tabiati juda rang-barang. 


Janubiy orol (maydoni - 150 ming km2) kristall metamorfik jinslardan va
burmalangan cho’kindi jinslardan tarkib topgan bo’lib, rel‘efi tog’li. Yangi 


Zelandiya Alp tog’lari orolning g’arbiy yonbag’irlari bo’ylab davom etadi, dengiz
sathidan balandligi 3768 m gacha boradi (Kuk tog’i). To’rtlamchi davrda ikki 
marta muz bosgan bu tog’larda hozir 50 tagacha muzlik bor. Bu muzliklarning
umumiy maidoni 1000 km2 chamasida. Qadimgi va hozirgi muzliklar borligidan 
Yangi Zelandiya Alp tog’larida baland Alp tog’larining xarakterli belgilari bor va
ularning nomi tamomila o’ziga yarashadi. 
Janub tomondan Alp tog’lariga Otago platosining (dengiz sathidan
balandligi 1200-1800 m) ko’pgina tektonik botiqlar bilan bo’lingan granit 
penepleni yondoshgan. To’rtlamchi davr muzliklari bu botiqlarni o’zgartirib, trog
vodiylariga aylantirgan. Otago platosining janubi-g’arbidagi vodiylarda oxirgi 
morenalar bo’g’ib qo’ygan' yirik ko’llar bor, qirg’oq chizig’i chuqur fiordlar bilan
bo’lingan. 
Yangi Zelandiya Alp tog’larining g’arbiy yon bag’irlari bo’ylab, qirg’oq
bo’yidagi torgina pasttekislik bor. Alp tog’larining sharqiy yon bag’irlariga 
qirg’oqdagi Kenterberri tekisliklari yondoshgan. Qadimgi allyuvial va
flyuvioglyatsial yotqiziqlarda sochma oltin konlari, ularning ostidagi svitalarda esa 
ko’mir qatlamlari bor. Tekisliklarni Benks yarim oroliga tutashtiradigan kambar
bo’yinda bir necha vulqon konusi ko’tarilib turadi. 
Janubiy orolning chekka shimolidan boshqa deyarli hamma joyi mo’’tadil
issiq, juda nam iqlim mintaqasida. Baland tog’ rel‘efi tufayli ekspozitsiyasi katta 
tafovut qiladi va balandlik mintaqalari mavjud. Yangi Zelandiya Alp tog’larining
g’arbiy yon bag’irlaridagi qor chizig’i 2100 m balandlikda, sharqiy yon 
bag’irlaridagi qor chizig’i esa 2400 balandlikda.
Yilning aksari vaqtida orolga g’arbiy shamollar kelib turadi. Qishda orolning 
shimoliy chekkasi bo’ylab aktiv siklonli qutbiy front o’tadi, orografiya (tog’lar)
borligi tufayli kuchayadigan siklon yomg’irlari tog’larning shamolga o’ng g’arbiy 
yon bag’irlariga nam beradi. Siklonlarning g’arbiy chekkasi bo’ylab orolga ba’zan
sovuq Antarktika havosi keladi, natijada temperatura qisqa vaqt davomida 0°C dan 
pastga tushadi, qishdagi o’rtacha temperatura (sohilda) 5°C dan 7°C gacha bo’ladi.
Yozda g’arbiy sirkulyatsiya bo’shroq saqlanadi, ammo qutbiy front janubga 
suriladi. Orolning shimoliy yarmiga Janubiy Tinch okean maksimumi g’arbiy
sektorining shimoli-g’arbiy shamollari juda nam havo keltiradi. Bu havo 
tog’larning yon bag’irlaridan ko’tarilib, bir talay yog’ingarchilikka sabab bo’ladi.
Yozdagi temperatura orolning janubida 14°C va shimolida 17°C. Qizigan 
Kenterberri tekisliklari ustida konvektsiya ro’y beradi. Yozdagi yog’ingarchilik



maksimumining kichikligi shu konvektsiyaga bog’liq. Shu tariqa, qish mavsumida


ham, yoz mavsumida ham yog’ingarchilik bo’ladi, lekin yoz qishdan namroq 
keladi. G’arbiy pasttekislikda yillik yog’in miqdori 2500 mm bo’lsa, tog’larning
yon bag’irlarida 3500 mm gacha yetadi, sharqiy yon bag’irlarga va ayniqsa 
Kenterberri tekisligiga bir yilda atigi 500-700 mm yog’in tushadi.
Namlik miqdoriga yarasha g’arbiy yon bag’irdagi daryolar to’lib oqadi va 
ulardagi suv miqdori bir tekis turadi. Kenterberri tekisliklaridagi daryolar esa kam
suvroq bo’lib, suv miqdori ancha tafovut qilib turadi. Daryolar qor, muzlik va 
yomg’ir suvlaridan to’yinadi, shuning uchun ko’klamda va yozda keng toshadi.
G’arbiy yon bag’irlardagi muzliklar 213 m gacha surilib tushadi (Frants-Iosif 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin