Orolning markaziy qismi vulqonli plato bilan band. Bu platoning tepasida
razlomlarning meridional chizig’i bo’ylab vulqon konuslari savlat tortib turadi.
Jumladan otiladiganlari:
Ruapexu-Yangi Zelandiyada eng baland vulqon (2797
m)
va
Taravera (1100
m)-1886 yilda qattiq otilganligi bilan mashhur.
Platoda ko’llar ko’p, o’chgan vulqonlarning kraterlarida yoki lava oqimlari
bo’g’ib qo’ygan qozonsoylarda termal ko’llar anchagina uchraydi;
ulardan eng
yirigi
Taupo ko’lidir (maydoni - 612
km2, chuqurligi 102
m). Platoning shimolida
termal ko’l rayoni bor. Bu rayonning «jonli» vulqon landshafti - tuf terrasalari
bilan o’ralgan ko’pgina geyzerlari, sulfid birikmalar bilan to’yingan issiq buloqlari
bor, bu rayonda vulqonlar tez-tez qattiq otilib va yer qimirlab turadi. Bunday
landshaftga o’xshaydigan landshaftlar faqat Islandiyada, Yellouston Milliy parkida
(AQShning Qoyali tog’larida) va Kamchatka yarim orolida bor, xolos.
G’arbiy sohilda
Egmont vulqoni (2717
m) qad ko’tarib turadi. O’chgan
vulqonlar ichida eng balandi bo’lgan bu vulqon to’g’ri konussimon shaklini saqlab
qolgan. Oklend yarim orolidagi pastak lavali tekisliklar orasida o’chgan bir qancha
kichik vulqonlar ko’tarilib turadi.
Shimoliy orol iqlimi subtropik, o’rtacha issiq, qishi juda nam bo’ladi. Yozda
yog’in kam yog’adi, ammo ba’zan orol ustidan tayfunlar o’tib, qattiq jala quyadi
va shamol bo’ladi.
Lavali platolardan tashqaridagi tabiiy o’simliklar
aralash subtropik
o’rmonlardan iborat. O’simlik turlari Janubiy oroldagiga nisbatan ko’proq (palma
va issiqsevar boshqa doimiy yashil daraxtlar o’sadi). Lavali platolarda doimiy
yashil butalarning chakalakzorlari ko’proq. Juda nurab tuproq hosil bo’la
boshlagan lavalardagina o’rmonlar paydo bo’ladi.
Yangi Zelandiyaning tabiiy landshaftlari orollarning mustamlaka qilib
olinishi natijasida qattiq zararlandi. O’rmonlar deyarli batamom yo’q qilib
yuborildi; yon bag’irlar eroziyasi juda ham kuchayib, tuproq qatlami yuvilib ketdi.
Orolga keltirilgan ko’pgina hayvonlar (asosan qo’ylar) va o’simliklar
ayniqsa
tekisliklarda va tog’ oldilarida landshaftlarning fizionomik qiyofasini o’zgartirib
qo’idi. Ammo ingliz mustamlakachilar hukmronligining eng dahshatli oqibati shu
bo’ldiki, orolning tub aholisidan
maori qabilasi deyarli batamom qirilib ketdi.
Hozirgi vaqtda maorilar orol aholisining 1/17 qismini tashkil etadi. Ular Shimoliy
orol vulqonli platosining eng kam unum yerlariga surib chiqarilgan.
ANTARKTIDA MATERIGIGA UMUMIY TAVSIF. ANTARKTIDA
MATERIGI IQLIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Dostları ilə paylaş: