O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə267/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

gorstli tizmasidir. Bu tizma shimoli-sharqqa tomon Koroleva Mod tizmasi shaklida
davom etadi. Sharqiy Antarktidada qadimgi va yosh razlomlar (yorilish chiziqlari) 
ko’p. Doleritlarning suqilib kirgan joylari va qadimgi vulqonlar (Gauss) qadimgi
razlomlar atrofida ko’proq, yosh razlomlarda esa rel‘efning pasaygan joylari va 
hozirgi vaqtda otilayotgan vulqonlar (Erebus) bor. Makenzi dengizi (qo’ltig’i)dan
materikka kiradigan razlom depressiyasi ayniqsa buyuk. Bu depressiyada juda 
katta Lambert muzligi bor.
G’arbiy Antarktidada paleozoy erasidan to kaynozoy erasigacha hosil 
bo’lgan jinslarning butun bir seriyasi mavjud. Ularning hammasi Sharqiy
Antarktidaga qarama-qarshi o’laroq juda ham dislokatsiyalangan va intruziyalar 
yorib kirgan. Bu strukturalar And strukturalarining bevosita davomi hisoblanadi.
G’arbiy Antarktidaning tog’lik rel‘efi va Sharqiy Antarktidani G’arbiy 
Antarktidadan ajratib turgan bukilma (tog’ oldidagi bukilma) o’sha strukturalarga
bog’liq. G’arbiy Antarktidaning yura va bo’r davrlarida hosil bo’lgan 
yotqiziqlarida (ayniqsa Antarktika yarim orolining shimoliy chekkasida)
ammonitlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, marjon poliplar, igna tanlilar, 
baliqlarning qoldiqlari, araukariyalarning toshga aylangan qoldiqlari keng
tarqaltan. Miotsen davrining yotqiziqlarida janub buk daraxtlarining qoldiqlari 
topilgan. Bu buk daraxtlari hozir Olovli Yer va Yangi Zelandiya orollarida o’sadi.
Bu orollardagi yillik o’rtacha temperatura Antarktika yarim orolidagidan 10°C 
yuqori. Neogen davrining oxirida, yarim orolning qirg’og’i yonida dengiz
mollyuskalarining qoldiqlari taxlangan. Bular Antarktida qirg’oqlari yonidagi 
okean suvlari hozirgidan issiqroq bo’lganini ko’rsatadi. Antarktidaning paleografik
taraqqiyotidagi eng yosh voqea muzlik bo’ldi. Ehtimol, muzlik YYevropadagidan 
ilgariroq boshlangandir. Antarktidaning chekka qismida materik muzlari
hozirgidan qalinroq bo’lib, hozirgi zamondagi shel‘fni qoshib turtan. Janubiy 
okean tubidan olingan grunt namunalari shuni ko’rsatadiki, to’rtlamchi davr
mobaynida sovuqroq sharoit bir necha marta issiq sharoit bilan almashingan, 
ammo bu sharoit butun muzlik qatlamini eritib yubora oladigan darajada issiq
bo’lmagan va uzoq davom etmagan. Antarktidaning muzlik qatlami hosil bo’lgan 
paytidan buyon doim mavjud.
1908 yildayoq bikon yotqiziqlarida toshko’mir qatlamlari topilgan edi. 
Ammo Antarktida ko’mirining hozircha iqtisodiy ahamiyati yo’q, chunki ko’mir
konlari qirg’oqdan uzoqda, Georg V Qirg’og’ida esa ko’mirli slanetslar topilgan, 
xolos. G’arbiy Antarktidada kvars-pirit tomirlari, qo’rg’oshin, temir, mis borligi



ma’lum. Sharqiy Antarktidada monatsit, temir, marganets, oltin bor deb taxmin


qilishadi. Lyutsov-Xolm qo’ltig’i qirg’og’ida yapon tadqiqotchilari uran rudasi 
topilganligini ma’lum qildilar. Hozircha, Antarktidaning biron joyida ham foydali
qazilmalar chiqarilayotgani yo’q. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin