Regional landshaft tafovutlariga asoslanib, Okeaniyani to’rtta tabiiy
geografik o’lkaga: Melaneziya, Mikroneziya, Yangi
Zelandiya va Polineziyaga
ajratish mumkin.
Melaneziya (grekcha «Qora orollar» demakdir) ga Yangi Gvineya,
Bismark, Luyziada arxipelaglari, Solomon orollari, Santa-Krus,
Yangi Gebrid
orollari, Yangi Kaledoniya, Fidji, shuningdek bir qaincha mayda orollar kiradi.
Melaneziya orollari Alp geosinklinal zonasida bo’lib, neogen davridagi va
to’rtlamchi davr boshlaridagi tog’ hosil bo’lish protsesslarida vujudga kelgan. Ular
asosan kristall intruzivlar va burmalangan cho’kindi yotqiziqlardan tarkib topgan.
Kristall jinslar kompleksida rudali qazilmalar bor: Yangi Kaledoniyada nikel (bu
dunyodagi eng yirik nikel konlaridan biri), shuningdek, oltin, temir rudasi,
xromitlar chiqadi. Yangi Gvineyadagi cho’kindi svitalarda neftli havzalar bor.
Orollar Tinch okean tubining geosinklinal chekkasidagi andezit lavalarning
chuqur o’chog’ini Tinch okean tubidagi markaziy platforma
oblastining bazalt
lavalaridan ajratib turgan
«andezit chiziq»dan g’arb tomonda.
Tog’ hosil bo’lishi bilan bir vaqtda ro’y bergan vulqon otilishi hanuz
to’xtagani yo’q; Melaneziyada o’chgan vulqonlardan tashqari, otilib turadigan
vulqonlar ham bor (Bugenvil orolidagi
Bagana vulqoni, Yangi Gebrid orollaridagi
vulqonlar va hokazo). Tez-tez bo’lib turadigan qattiq zilzilalar yer po’stining
harakati davom etayotganligidan guvohlik beradi. Ko’p orollar marjon riflari bilan
o’ralgan yoki shunday riflardan tarkib topgan. Yangi Kaledoniyaning g’arbiy sohili
bo’ylab 658
km masofada bar’er riflari polosasi davom etadi. Bu bar‘er riflari faqat
Avstraliyadagi Katta bar‘er rifidan kaltaroq, xolos.
Orollarning rel‘efi
geologik tuzilishiga yarasha, asosan, tog’li rel‘efdir.
Kichkina marjon orollari bilan vulqon orollarigina pastakroq. Orollar to’rtlamchi
davrda hozirgi shaklini olgan, ilgari ular bir-biriga, shuningdek Avstraliyaga,
Malayya arxipelagiga va Yangi Zelandiyaga quruqlik yo’llari bilan bog’langan edi,
flora va fauna ham shu yo’llardan ko’chib o’tgan. Shunga ko’ra, Melaneziyaning
o’simlik ha hayvonot dunyosida mahalliy endemik turlar bilan bir qatorda
Avstraliya va Malayyadan o’tgan turlar ham ko’p. Bular ayniqsa Yargi Gvineya,
Bismark arxipelagi va Solomon orollari faunasida yaqqol ko’rinadi,
Avstraliya
yaqinidagi bu orollar Avstraliya oblastining
Papuas zoogeografik oblastchasini
hosil qiladi. Bu oblastchada kenguruning ko’p turlari bor, kuskus, go’shtxo’r
ko’rshapalaklar, shuningdek endemik proyexidna uchraydi. Uchadigan qushlardan
«besedka» parrandalari, uchmaydigan qushlardan kazuarlar (Avstraliya
tuyaqushlariga qon-qardosh parrandalar) va «xashak tovuqlari» juda xarakterli.
Yangi Gvineya, Bismark arxipelagi va Solomon orollaridagi tog’larning
dengiz sathidan balandligi 2000
m va undan ham ortiq. Bu orollar morfostruktura
belgilariga, shuningdek landshaftlarining boshqa xususiyatlariga asoslanib ba’zan
Dostları ilə paylaş: