O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə256/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

arakuariyalar avlodidan bo’lgan ignabarglilar, magnoliyagullilar va boshqalar juda
ko’p. Janubi-Sharqiy Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiya o’rmonlarida 
qo’ng’ir va sarg’ish-qo’ng’ir o’rmon tuproqlari tarqalgan.
Avstraliya o’simliklari orasida qimmatbaho yog’och, efir moyi, ishqorli 
moddalar, ozuqa mevalar, ildiz yoki novda beradigan foydali turlar ko’p. Ko’p
o’simliklardan aholi qadimdan keng foidalanib keladi. Masalan, o’t daraxti, uning 
ildizi va kurtagi ovqatga ishlatiladi, tolasidan arqon, hatto gazlama to’qiladi. Biroq
yuqorida aytib o’tganimizdek, materikning yovvoyi o’simliklaridan dehqonchilik 
o’simligi olinmagan. Ko’pchilik madaniy o’simliklar-g’alla, texnika va poliz
ekinlari, mevali daraxtlar va boshqalar Avstraliyaga keltirilgan hamda hozirgi 
vaqtda landshaftda muhim rol o’ynaydi. Olib kelingan ba’zi bir o’simliklar katta
zarar keltiradi. Masalan, opunsiyaning bir turi Sharqiy Avstraliyaning ba’zi bir 
rayonlarida shunchalik ko’payib ketdiki, natijada 20 mln. gektarga yaqin hosildor
yer qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib qoldi. Opunsiyani yo’q qilish uchun 
Janubiy Amerikadan uning kushandalari keltyrildi, ular opunsiyaning tarqalishini
keskin kamaytirdi. 
Avstralyya faunasi turlarga boy emas, orollar faunasi ayniqsa kambag’al.
Bunga sabab shuki, materik va orollar qadimdan Yer sharining boshqa 
quruqliklaridan ajralib qolgan hamda ular faunasi o’zicha rivojlanib borgan.
Ikkinchi tomondan, Avstraliya faunasi tarkibida Janubiy Amerika, Antarktika va 
Janubiy Osiyo faunasining ba’zi bir vakillariga o’xshagan yoki ular avlodidan
bo’lgan hayvonlar ham bor. 
Avstraliyaning va Okeaniyadagi materik orollarning, xususan, Yangi
Zelandiyaning faunasi juda qadimgiligi hamda endemikligi bilan ajralib turadi va 
aniq ifodalangan relikt xususiyatga ega. Materik va orollardagi yovvoyi hayvonlar
tarkibida boshqa qit’alarda tarqalgan hayvonlarning ko’p gruppalari yo’q. Xususan 
platsentar so’temizuvchilarning deyarli hamma otryadi, qushlar, bo’g’ma ilonlar va
boshqalarning ba’zi bir avlodlari va butun-butun oilalari yo’q. 


Avstraliya va Okeaniya faunasida tafovutlar ham borki, ular kichik


oblastlarni ajratishga imkon beradi. Bular: materik va Tasmaniyani o’z ichiga 
oluvchi Avstraliya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Polineziya.
Avstraliya faunasining eng xarakterli xususiyati tuban sutemizuvchilarning 
keng tarqalganligidir. Ulardan ikkita oila -o’rdakburunlar bilan exidnalar oilasi
mavjud, ular faqat materik va ba’zi bir orollarda saqlangan. Qopchiqlilar 
Avstraliyaga nisbatan yaqinda - antropogen boshlarida kirib kelgan. Avstraliya
oblastida qopchiqlilarning 130 tagacha turi bor, bular oliy sutemizuvchilarning 
turli biologik tiplariga mos bo’lgan turli gruppalardan iborat: qopchiqli it, 

yirtqichlar, kemiruvchilar, daraxtlarda yashovchilar, hasharotxo’rlarKengurular 
oilasi vakillari aynyqsa ko’p sonli va hayot tarziga ko’ra xilma-xildir. Shuningdek 
ornitofauna, sudralib yuruvchilar va hasharotlar ham juda o’ziga xosdir. Masalan,

Avstraliyadagi 666 tur qushlardan 450 turi endemik. 
Avstraliyaning turli qismlari faunasi hozirgi zamondagi tabiiy sharoitga 
bog’liq ravishda o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu ichki har xillik yana tarixiy
taraqqiyot sharoitiga ham bog’liq. Masalan, Avstraliyaning uzoq vaqt mobaynida 
dengiz orqali ajralib turgan g’arbiy va sharqiy qismlari o’rtasida katta tur ta-
fovutlari mavjud. 
Avstraliyaning shimol va sharqidagi, shuningdek, Yangi Gvineya va ba’zi
bir boshqa orollardagi sernam tropik hamda subtropik o’rmonlar uchun daraxtlarda 
yashovchi turli xil hayvonlar xarakterlidir. Ayniqsa xaltali ayiq, ya’ni koala ayig’i 
diqqatga sazovor, buni yana xaltali yalqov (lenivets) deb ham ataladi. U tunda 
hayot kechiruvchi hayvon bo’lib, ko’p vaqtini daraxt ustida o’tkazadi, daraxt bargi
bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ko’pincha daraxt ustida yuruvchi kuzu, shakar 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin