O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə257/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

olmaxon va daraxtda yashovchi kenguru ham tarqalgan. Yangi Gvineyada Osiyo
faunasining ayrim vakillari, masalan, yovvoyi to’ng’iz bor. 
Tropik o’rmonlarning qushlari juda xilma-xil va boy. Bu yerda liradum 
Avstraliya faunasining endemik vakili bo’lgan haqiqiy kazuar, rang-barang va 
chiroyli jannat qushlari, turli to’tilar, asalxo’r qushlar bor. Asalxo’r qushlar
Amerika kolibrilarining avlodidan bo’lib, tashqi qiyofasi, oziqlanishiga ko’ra 
kelibrilarga o’xshaydi. Avstraliya oblasti uchun endemik bo’lgan axlat tovuqlari 
yoki katta oyoq tovuqlar xarakterli parranda, ular tuxumini bosib yotib ochmay, 
chiriyotgan axlatga ko’mib ketadi. Suv havzalarida Avstraliya timsohlari va

toshbaqalar yashaydi. Suvda-quruqda yashovchilar vakillaridan daraxt qurbaqasi 
bor.

Materikning shimol va sharqidagi sernam o’rmonlarda bo’g’imoyoqlilar -


turli xil endemik chumolilar, kapalaklar va qo’ng’izlar ko’p. Shimolda uzunligi bir 
necha metrga yetadigan Avstraliya yomg’ir chuvalchangi yashaydi.
Avstraliyaning daryo va ko’llarida suvda suzuvchi ko’p qushlar yashaydi. 
Mahalliy qush turlaridan tashqari shimoliy yarimshar qishida Sibirdan uchib
keladigan qushlarni ham uchratish mumkin. 
Daryolar bo’yida Avstraliya endemik o’rdakburuni yashaydi, u barmoqlari
orasi pardali va yapaloq tumshuqli bo’lib, ozuqani suvdan topib eydi. Urdakburun 
tutqunlikda yashay olmaydi va shu tufayli hayvonot bog’larida uchramaydi.



Avstraliyaning ichki suv havzalari baliqlarga boy. Ular orasida endemik va


juda qadimgi baliqlar ko’p. Trias davridan beri o’zgarmay saqlanib qolgan ikki xil 
nafas oluvchi shoxtishli baliq juda ajoyib. U baliq materikning sharqiy qismidagi
ba’zi daryolardagina uchraydi. 
Avstraliyaning shimoliy va markaziy qismlaridagi savannalar, butazorlar va
ochiq yalangliklar faunasi yana ham o’ziga xos. O’txo’r hayvonlar uchun ozuqa 
zapasi ko’p bo’lgan o’lkalarda bir qancha avlod va ko’p turlarga ega bo’lgan

kenguru yashaydi. Kenguru poda-poda bo’lib yashaydi va xavf tug’ilguday bo’lsa,
katta-katta sakrab yuguradi. Eng katta kul rang kenguru 10 m uzunlikka va 2-3 m 
balandlikka sakray oladi. Uning tanasining uzunligi dumi bilan hisoblanganda 3 m
ga yetishi mumkin. Qoyalar orasida va butazorlarda vallabi kenguru yashaydi. 
Kenguru odam tomonidan va Avstraliyaga kishilar olib kelib, yovvoyilashib
ketgan dingo iti tomonidan juda qirib yuborilgan. Dingo iti malla rangli uncha 
katta bo’lmagan hayvon, u juda chidamli, uzoq va tez chopishga moslashgan. U
o’ljasi ketidan bir necha soat yugurib quvib yurishi mumkin. Hozir bu yirtqich 
hayvon Eyr ko’li atrofida katta terryatoriyada tarqalgan. Dingo itlari o’zi
yashaydigan joydan ovqat qidirib turli yo’nalishda katta masofalarga borib kelishi 
mumkin. Ular kengurudan boshqa ko’p hayvonlarni ham qiradi. Avstraliyaning
ba’zi bir hayvonlari dingo ity yashaydigan yerlarda butunlay qirilib bitib, bu it yo’q 
joylardagina saqlanib qolgan. Dingo iti ko’pchilikka, ayniqsa, katta xavf tug’diradi.
Ba’zi bir rayonlarda dingo iti dastidan qo’y boqish befoydadir. Bu it qurolsiz 
kishilarga, aynyqsa bolalarga hujum qiladi.
O’t va buta o’sadigan yerlarda xaltali hayvonlardan yana vombat, 


ko’rsichqon, kalamush, bo’rsiq va chumolixo’r yashaydi.
Butazorlarda mahalliy, endemik hayvon - tanasi igna bilan qoplangan sut 
emizuvchi yexidna yashaydi. Yexidna ham o’rdakburun kabi bolasini tuxumdan
ochadi va asosan chumolilarni eydi. U chumolilarni uzun yopishqoq tilini chumoli 
iniga tiqib tutadi. Yexidna tungi hayot kechiruvchi hayvon, juda qo’rqoq, xavf
tug’ilguday bo’lsa, yer tagiga kirib ketadi. Yexidna mazali go’shti uchun ov 
qilinadi.
O’rmonsiz yalangliklarda qushlardan Avstraliya tuyaqushi emu, ekinlarga 
katta zarar yetkazuvchi o’tloq to’tisi, suvda suzuvchi va suv bo’yida yashovchi
turli qushlar uchraydi, ularning ko’pi shimoliy yarimshardan uchib keladi. 
Ilon va kaltakesaklar ko’p. Ilonlardan zaharlilari ko’pchilikni tashkil etadi.

Molox kaltakesagining tanasida tikanga o’xshash maxsus o’simtalari bor, ular
havodan namni yutib oladi. Bu kaltakesak qurg’oqchilik iqlimga shunday 
moslashgan.
Hasharotlar, ayniqsa termitlar ko’p, ular o’zlarining uyalari bilan katta 
maydonlarni shunchalik zich qoplab oladiki, unday joylardan ba’zan o’tish qiyin
bo’lib qoladi. Chumolilar ham keng tarqalgan. Chigirtka qishloq xo’jaligi uchun 
ofat. Kishilarga iskabtopar, chivin va pashshalar katta zarar yetkazadi.
Tasmaniya orolining hayvonot dunyosi ba’zi bir xususiyatlari bnlan farq 
qiladi. Masalan, u yerda qopchiqlilarning materikda uchramaydigan ikkita vakili:

qopchiqli bo’ri va qopchiqli ajdar saqlanib qolgan. Hozir ular juda kam uchraydi.



Qopchiqli bo’rini hozir butunlay qirilib bitgan deb ham hisoblashadi. Orolning


janubiy qismida Antarktika faunasining tipik vakillari - pingvinglar uchraydi. 
Yangi Zelandiya faunasi juda o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ancha uzoq
vaqtdan buyon orol holatida bo’lganligidan turlarga, ayniqsa sutemizuvchilar 
turlariga kambag’al. Lekin u yerda ba’zi bir xil qadimgi hayvonlar saqlanib -
qolgan, ularni haqqoniy ravishda tirik qazilmalar deyishadi. 
Yangi Zelandiya faunasi hozirgi faunalar orasida eng qadimiysi bo’lib,
tarkibida mezozoy oxiri va paleogen boshida yashagan hayvonlarning vakillari 
saqlanib qolgan.
Yangi Zelandiya qushlari orasida endemik va qadimiy formalar hammadan 
ko’p. Bu yerda qanotsizlarning qadimgi otryadi vakillari kivi, boyo’g’lisimonlar, 

to’tilar va boshqalar yashaydi. Balandligi 5 m gacha yetadigan juda katta mao 

qushi yYevropaliklar kelgunga qadaroq qirib tugatilgan.
Sudralib yuruvchilardan kaltakesaklar ayniqsa ko’p, ular orasida mezozoy 
erasidan saqlanib, hozirgi vaqtda deyarli yo’qolib bitgan gatteriya bor. Lekin
Yangi Zelandiyada ilonlartoshbaqalar va timsohlar yo’q. 
Avstraliya va orollarga ko’p hayvonlar boshqa materiklardan olib kelingan
va ular bu yerlarda ko’payib ketgan. Yaylov va ekinlarga katta zarar yetkazadigan 


quyonlardan tashqari bug’ular, ohu va yovvoyi echkilar ham keng tarqalgan.
Xonaki hayvonlardan qo’y va qoramol ko’pchilikni tashkil etadi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin