O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Avstraliya materigining tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə253/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Avstraliya materigining tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi 
Avstraliya florasi quruqlikning boshqa qismlari florasidan shu darajada katta 
farq qiladiki, bu materikni Tasmaniya bilan birga maxsus Avstraliya floristik 

o’lkasiga kiritiladi. Okeaniya paleotropik o’lkaning turli floristik oblastlariga
kiradi. Biroq Avstraliya bilan Okeaniyadagi ko’pchilik yirik orollarning yaqinligi 
va hozirgi zamon florasi tarkib topa boshlaganda bular o’rtasida quruqlik orqali



aloqaning mavjud bo’lganligi Avstraliya hamda Okeaniyaning ba’zi bir orollari


o’simlik qoplamida ko’pgina o’xshash turlarning bo’lishiga olib kelgan. 
Avstraliya tropik florasining shakllanishi bo’r davrida boshlangan va
kaynozoy boshida, ya’ni Avstraliya boshqa yerlar bilan quruqlik orqali tutash 
bo’lgan vaqtda davom etgan. Mezozoy oxiriga qadar Avstraliya Janubiy Amerika,
Janubiy Afrika va Antarktida bilan tutash bo’lgan; sharqdagi va shimoldagi orollar 
bilan, bular orqali Osiyo bilan aloqa neogen oxirida ham mavjud bo’lgan.
Avstraliya bilan janubiy yarim sharning boshqa materiklari, shuningdek, Osiyo va 
Okeaniya orollari o’rtasida ba’zi bir floristik umumiylikning mavjudligiga ana
shular sababdir. Lekin Avstraliya kaynozoy o’rtalaridan boshlab boshqa 
materiklardan alohida bo’lib qolganligi tufayli uning florasi tarkibida boshqa
qit’alarda uchramaydigan elementlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ikkinchi tomondan, 
boshqa materiklarda keng tarqalgan ko’pgina floristik oilalar Avstraliya florasida
yo’q. Yana shunisi qiziqki, Avstraliya florasida o’stirish uchun yaroqli ozuqa 
o’simliklar bo’lmagan va materikning tub joy aholisi dehqonchilikni bilmagan.
Avstraliya territoriyasida flora tarkib topadigan bir-biridan ajralgan 
markazlar mavjud bo’lgan; bitta markaz janubi-g’arb va markazda, ikkinchisi
sharqda bo’lgan. Bu markazlar oralig’ida mezozoy dengiz havzasi joylashgan, u 
antropogen davri boshiga kelibgina dengiz bo’shab, o’simliklar, kelib o’rnashgan.
Antropogen davrida Avstraliyani muz bosmagan va uning iqlimi mezozoy oxiridan 
buyon keskin o’zgarmagan.
Avstraliya florasi rivojlanishining bu barcha xususiyatlari uning asosiy 
belgisi-qadimiyligi hamda yuqori darajada endemikligiga sabab bo’lgan endemik
o’simliklar miqdorining ko’pchiligiga ko’ra Avstraliya floristik o’lkasining yer 
yuzida tengi yo’q - unda o’sadigan o’simliklarning 75% i faqat shu yerda o’suvchi
endemik o’simliklardir. Masalan, evkaliptlar avlodining deyarli hamma 600 turi, 


akatsiyanyng 280 turi, kazuariylarning 25 ga yaqin turi endemikdir.

Araukariyalar,Proteygullilar, janubiy buklar - Antarktika va Kap florasi bilan
umumiy elementlardan iborat. 
Avstraliyaning va Okeandagi materik orollarning tuproq - o’simlik qoplami
hozirgi zamon iqlim sharoitiga bog’liq ravishda atrofdan materik markaziga qarab 
tobora kuchli kserofitlashish tomon o’zgarib-boradi. Orollarning hamda materik
sharqiy va janubi-sharqiy chekkalarining nam tropik va subtropik o’rmonlari 
materikning ichki qismlariga tomon savannalar, siyrak o’rmonlar va butazorlar,
so’ngra chalacho’l hamda cho’l formatsiyalari bilan almashinadi. 
Yangi Gvineya orolining shimoliy qismi va ekvatorga bevosita yaqin
joylashgan mayda orollar sernam tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Ularda ko’p 
miqdorda Osiyodan kelgan va endemik turlar, shuningdek ko’pgina Avstraliya
o’simliklari o’sadi. Qirg’oq bo’yida bu o’rmonlar mangrazorlar bilan almashinadi.
Avstraliya, materigida sernam tropik yomg’irli o’rmonlar kam tarqalgan.
Ular 20° janubiy kenglikdan shimolda, Keyp-York yarim orolining sharqiy 
sohilida yog’in ko’p va bir tekis yog’adigan kichikroq maydonni egallagan.
Avstraliyaning shimolida sernam tropik o’rmonlar daryo vodiylari bo’ylab 
savanna va siyrak o’rmonlar tarqalgan o’lkalarga kirib keladi. Savanna va siyrak
o’rmonlar suvayirg’ichlarni qoplagan. 


Avstraliya va Yangi Gvineyaning nam tropik o’rmonlari manzarasiga,


qisman tarkibiga ko’ra ham Janubiy Osiyo o’rmonlariga o’xshaydi. Bu 
o’rmonlarda ba’zi bir xil palmalar (masalan, kentiya palmasi), dafnalar, fikuslar, 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin