2. Tropik iqlim mintaqasi (200 - 300 j.k. orasida) a) kontinentlar cho’l va
kiradi. Bu yerda yoz quruq va issiq, qishi salqin nam; b) subtropik musson iqlimi -
materikning janubi-sharqi kiradi. Bu yerda yog’inning ko’p qismi yozda yog’adi;
v) kontinental subtropik iqlim oblasti - yog’inning asosiy qismi qishda yog’adi,
yozda konvektiv yog’inlar yog’ib turadi;
g) balandlik mintaqalari iqlim oblasti -
Avstraliya Alp tog’lari kiradi.
4.
Mo’’tadil iqlim mintaqasiga faqat Tasmaniya kiradi. Okeanning ta’siri
kuchli seziladi, g’arbiy shamollar ko’p yog’in olib keladi, harorat o’rtacha.
Materikning ko’proq qismi cho’l va chala cho’l tropik iqlimi mintaqasida
bo’lganligidan tashqariga
oqadigan daryolar ham, ichki daryolar ham ko’p emas.
Yillik umumiy suv oqimining miqdori jihatidan Avstraliya boshqa materiklar
o’rtasida so’ngi o’rinda turadi. Avstraliyaning deyarli butun maydonida oqim
(stok) qatlami yiliga 50 mm ga yaqin. Sharqiy Avstraliya tog’larining shamolga
o’ng nam yonbag’irlarida oqim qatlami qalinroq (400 mm va undan ortiq).
Materikning 60% maydoni okeanlarga tomon oqadigan doimiy daryolar yo’q.
Faqatgina
vaqtincha oquvchi suvlar - kriklar bor. lekin ular ham ko’p emas.
Kriklar Markaziy havzada eng ko’p. Eng uzun kriklar
Kuper-krik va
Dayamantina
o’zanlari Eyr ko’li yaqinida qurib qoladi. Eyr ko’li ham quruq faslda 1 m gacha tuz
qatlami bilan qoplanadi yog’incharchilik mavsumida (yozda) 1500 km2 maydonga
toshadi.
Sharqiy Avstraliya tog’laridan boshlanuvchi
Byordekin, Fitsroy, Bernett
daryolari yil bo’yi bir xil oqadi va sersuv. Qirg’oqbo’yi chala cho’l platolaridan
boshlanuvchi
daryolar Forteskyu, Gaskoyn va boshqalar suvi kamroq va doimiy
emas.
Avstraliyada yirik daryolar faqat 2 ta -
Murrey va
Darling daryolaridan iborat.
Avstraliya Alp tog’laridan boshlanadigan Murrey Avstraliyaning eng sersuv
daryosidir (havza maydoni 1072 ming km.kv.uzunligi 1632 km (Ryabchikov),
2570 km (Vlasova)). Bu daryo asosan yomg’ir va qisman qor suvlari bilan
to’yinadi. Murrey daryosi Markaziy pastekislikning
keng janubi-sharqiy
tekisliklari osha picha nishob bo’lib oqib, ko’p suvi bug’lanib ketadi va okeanga
zo’rg’a yetib boradi. Murreyning asosiy irmog’i Darling daryosi materikning eng
uzun daryosidir (havza maydoni 590 ming km2, uzunligi 2450 km (Ryabchikov),
2830 km (Vlasova), 2740 km (Shubaev)).
Avstraliyaning yer osti suvlariga boyligi bu qit’aning farq qiladigan
hususiyatdir. Bunday suvlar artezian havzalariga to’planadi, bu havzalar esa
G’arbiy platoning chekkalaridagi va Markaziy pastekislikdagi qadimgi poydevor
bukilmalarini egallaydi. Yer osti suvlari asosan yog’ingarchilikdan to’planadi.
Avstraliyaning eng yirik yer
osti suv havzasi Katta artezian havza deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: