joylar.
Avstraliya o’simliklarning turlari juda kam (yuksak darajadagi o’simliklar
ko’proq rivojlangan (cho’lga aylangan savannalar kenja zonasida). Shimolroqda
o’rtacha kamroq nam oladigan polosada
tipik savannalar kenja zonasi bor, unda
g’alla gullilar qalin o’sadi va ayrim daraxtlar uchraydi. Arafur va Timor
dengizlarining sohilida yoz juda nam kelganidan namlik miqdori optimal
normalarga yetadi, bu sohilda
baland o’tli nam savannalar va savanna o’rmonlari
kenja zonasi bor. Baland o’tli nam savannalar suvi
yaxshiroq shimiladigan va
tuprog’i quruqroq bo’ladigan joylar -
plakorlarni egallaydi, savanna o’rmonlari esa
grunt suvlari yuzaroqdagi past joylarda ko’proq.
Tropik cho’llar zonasi janubda subtropik
chala cho’llar zonasi bilan
o’ralgan, bu zona ichki kontinental sektorda eng katta maydonni egallaydi. Mulga-
skrab chakalakzorlari va Nallarbor tekisligining ochiq karst landshaftlari subtropik
chala cho’llar zonasiga harakterlidir.
Janubi-sharqda, Sharqiy tog’liklarga yaqinlashgan sari yozgi musson
yomg’irlari hisobiga nam miqdori oshadi, shu tufayli
dashtlar zonasi o’rniga
o’ziga hos
evkalipt savannalar zonasi uchraydi, bu zonada o’tlar qalin bo’lib
o’sadi, daryolarning vodiylarida esa
siyrak evkalipt o’rmonlari bor. Sharqiy
Avstraliya tog’lari Avstraliyaning birdan-bir katta zonal orografik to’sig’idir.
Tog’larning shamolga o’ng sharqiy yonbag’irlarida
o’rmon zonalari davom etadi.
Bu zonalarning landshaftidagi tafovutlar ularning subekvatorial, tropik yoki
subtropik mintaqalarda joylashganiganligiga bog’liq. Subekvatorial mintaqada
(190 janubiy kenglikdan shimol tomonda)
doimiy nam o’rmonlar zonasi bor. Bu
zonaning harakterli hususiyatlari shuki, yozda
havo temperaturasi yuqori, yillik
yog’in–sochin miqdori anchagina, o’simlik turlari ko’proq va qirg’oq bo’yidagi
polosada podzollashgan laterit tuproqlar bor. 190j.k. bilan 300 j.k. o’rtasida
passat
tropik o’rmonlar zonasi davom etadi, bu zonaning tuprog’i qizil va sariq tuproqdir.
Nihoyat Sharqiy Avstraliya tog’larining janubi-sharqiy yonbag’irlari
nam
suptropik o’rmonlar zonasida. Bu o’rmonlarda tog’ o’rmon qo’ng’ir tuproqlari
vujudga kelgan. Shamolga teskari g’arbiy yonbag’irlarda o’rmon zonalari faqat
shimoliy qismda yaqqol ko’rinadi. Bu yerdagi tog’larning eni kattaroq odatda
nam
subekvatorial o’rmonlar aralash o’rmonlar zonasiga (bargini tohkadigon va
doimiy yashil daraxtlardan tarkib topgan o’rmonlar zonasiga) aylanadi. Avstraliya
sharoitida
aralash o’rmonlar siyrak evkalipt o’rmonlardan iborat.
Avstraliya o’simliklarning turlari juda kam (yuksak darajadagi o’simliklar
turlari atigi 1200 tagacha boradi), Avstraliya florasida endemiklar g’oyat ko’p.
Shunga ko’ra Avstraliya bilan Tasmaniya mustaqil Avstraliya flora oblasti qilib
ajratiladi.
Materikning endemik florasi bo’r davridayoq shakllangan. Unda
evkaliptning
600 turi, filloid akatsiyalarning 280 turi, banksiyalar, o’tsimon daraxtlar va
boshqalar mavjud. Shuningdek chimli ghallagullilardan
spinifeks, triodiya
cho’llarda o’sib yotadi.
Avstraliyaning shimolida
tikanli akatsiyalar chakalakzorlari-mulga skrab,
so’ngra
soyabonsimon akatsiyalar, sukkulent Gregori «baobab» daraxtlari va
evkaliptlar o’sadigan
savannalar paydo bo’ladi.
Janubda cho’l o’rnida
mulga-skrab polosasi, namroq joylarda
malli-skrab
butazorlari-evkalipt butalari uchraydi.
Avstraliyada subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarga xos bo’lgan
hamma tuproq tiplari qonuniy tartibda ajralib turadi.
Ichki cho’l rayonlarida ibtidoiy toshloq va soz tuproqlar keng tarqalgan.
Iqlimi tobora nam bo’la borgan sayin bunday tuproqlar paydo bo’ladi.
Avstraliyada yuqori darajadagi sut emizuchilardan endemik ko’rshapalak va
kemiruvchilar, shuningdek, yovvoyi dingo iti yashaydi. Dingo iti Avstraliya
materigiga odam bilan birga borib qolgan. Shuningdek xaltalilardan kenguru,
vombat, kus-kuslar, yirtqich xaltalilardan bo’ri, shayton,
koala ayiqlari ham
Avstraliyaning endemiklari sanalib qadimdan rivojlanib kelgan. Shuningdek,
yexidna, o’rdakburunlar Avstraliyada saqlanib qolgan.
Avstraliya qushlaridan endemik Emu tuyaqushlari, kazuarlar, kakadu
to’tiqushlar kenja oilasi, lira dum, jannat qushi, begona o’t talab tovuqlar va qora
oqqushlar yashaydi. Bundan tashqari bu yerlarda zaharli ilonlar, kaltakesaklar,
daryolarda timsohlar uchraydi va yashaydi. Avstraliya
bosib olinayotgan vaqtda
unga qora mol, qohy, echki, quyon, tulki, ko’pgina Yevropa qushlari keltirilgan.