botiqlar bilan o’ralgan. Bu botiqlar yotqiziqlarning kam yuvilib ketishi va kam
to’planishi tufayli okean tubining rel‘efida juda yaqqol ko’rinadi.
Tinch okean chekkasining geosinklinallaridagi tog’ hosil bo’lish protsesslari
mezozoy va Alp sikllarida aktivroq borgan, lekin hanuz tugagan emas, orollardagi
aktiv vulkanizm va tez-tez bo’lib turadigan qattiq zilzilalar shundan guvohlik
beradi. G’arbiy Okeaniya orollari eng yirik va tog’lik orollardir. Ularning orasida
Yangi Zelandiya va Yangi Gvineya kattaligi va baland tog’ rel‘efi bilan ajralib
turadi. Okeaniyadagi quruqlik maydonining 80 protsenti shu ikki orolga to’g’ri
keladi.
Okeaniya orollari shimoliy yarim shardagi subtropik
kengliklardan tortib
janubiy yarim shardagi o’rtacha kengliklargacha yoyilgan (28
0
25' shimoliy kenglik
bilan 52°30' janubiy kenglik o’rtasida va 130
0
sharqiy uzunlik bilan 105°20'
g’arbiy uzunlik o’rtasida), lekin orollarning ko’pchiligi subekvatorial mintaqalarda.
Temperaturalarning o’zgarishi va namlik rejimining asosiy xususiyatlari ham
shundan kelib chiqadi. Quruqlikning ta’siri Avstraliya bilan Janubi-Sharqiy
Osiyoga yaqinroq bo’lgan orollar iqlimida sezilib turadi. Boshqa orollarda yuksak
temperaturaning sutkalik va mavsumiy o’zgarishlari kam, havoning nisbiy namligi
doimo yuqori ekanligi va dengizdan esuvchi havo massalarining hukmronligi
munosabati bilan yog’in-sochinning ko’pligi xarakterlidir.
Eng issiq oylar (shimoliy yarim sharda avgust, janubiy yarim sharda fevral)
ning o’rtacha temperaturalari shimolda 25°C dan janubda 16°C gacha, eng salqin
oylar (fevral va avgust) ning o’rtacha temperaturalari 16°C dan 5°C gacha.
Mavsumiy va sutkalik temperaturalarning keskin o’zgarishlari faqat tog’li
orollarda xarakterlidir. Bu orollarda balandlik iqlim mintaqalari yaqqol ko’rinadi.
Yangi Zelandiya bilan Yangi Gvineyada balandlik iqlim mintaqalari nival iqlim
bilan tugaydi.
Yillik yog’in-sochinning o’rtacha normalari orografiyaga qarab juda katta
tafovut qiladi. Nam shamollar (asosan ikkala yarim sharning passatlari) kichkina
pastak orollar ustidan bemalol o’tib turadi, ammo baland tog’li orollarning
shamolga o’ng yon bag’irlari bo’ylab ko’tariladi, bu yon bag’irlarda ko’plab
orografik yomg’ir yog’adi (ayrim joylarda yog’in miqdori 9000
mm gacha boradi
va undanham oshadi). Yon bag’irlarning shamolga o’ng yoki teskari ekanligiga
qarab, ularning iqlim va landshafti keskin tafovut qiladi. Shamolga o’ng yon
bag’irlarda doimiy yashil nam o’rmonlar bor, to’lib oqadigan daryolar ko’p, tog’
jinslari aktiv eroziyaga va ximiyaviy nurash protsessiga uchrab turadi, laterit
tipdagi tuproqlar podzolga aylanadi. Shamolga teskari yon bag’irlarda aralash
o’rmonlar (bargini to’kadigan va doimiy yashil o’rmonlar), siyrak kserofit
o’rmonlar va o’ziga xos okeanik savannalar ko’proq, ularda qattiq g’allagullilar,
pandanuslar, kokos palmasining chakalakzorlari bor.
Asosan tropik frontlarning siklon yomg’irlari yog’adigan pastak orollar
okeanik savannalar, kokos palmalari va pandanus daraxtlarining o’rmonlari,
mangra chakalakzorlari (asosan marjon orollarida) va hatto chala cho’l o’simliklari
bilan
qoplangan; nuramagan zich bazaltlar yuzaga chiqqan joylarida hech narsa
o’smaydi.
Okeaniyaning yirik orollari floraning shakllanish markazlari edi. Shu bilan
birga o’simliklarning ko’pgina turlari orollarga Avstraliyadan va asosan, Malayya
arxipelagidan va Janubi-Sharqiy Osiyodan o’tgan, shunga ko’ra, Okeaniyaning
deyarli hammasi Paleotropiklarning Maleziya floristik oblastchasiga qo’shiladi. Bu
oblastchadagi o’simliklar turi kam va endemiklar g’oyat ko’p. Organizmlarning
Okeaniyaga tarqalish masalasi hal qilinmay keldi. Odatda, o’simliklar quruqlikning
muvaqqat ko’priklari orqali ko’chib o’tgan, deb o’ylashadi. Ikkinchidan,
shamollar, suv oqimlari, qushlar va nihoyat, kishilarning
rolini inkor qilib
bo’lmaydi. Kishilar qadimgi zamondayoq arxipelaglar orasidagi suvda uzoq
sayohatlar qilishgan. Alohida oblabtchalarga ajratiladigan Gavayi orollari bilan
Yangi Zelandiya florasi ayniqsa endemiklarning ko’pligi bilan farq qiladi.
Okeaniya o’simliklari orasida odam uchun foydalilari ko’p: kokos palmasi,
sago palmasi, banan, kauchukli o’simliklar, mango, qovun va non daraxtlari shu
jumladandir. Orollarda ko’pgina tropik ekinlar - ananas, banan, shakarqamish va
boshqa ekinlar yetishtiriladi.
Okeanlar hayvonlarning tarqalishi uchun katta qiyinchilik tug’diradi, shu
sababli Okeaniyadagi fauna tarkibi g’oyat o’ziga xos bo’lib, avvalo
sutemizuvchilarning deyarli mutlaqo yo’qligi hisobiga juda kamayib ketganligi
bilan ta’riflanadi.
Shu sababli, Okeaniyaning kattagina qismi Polineziya
zoogeografik oblasti qilib ajratiladi. Orollarda yaxshi uchadigan qushlar
(jarqaldirg’och, kaptar va hokazo) juda ko’p, mayda hayvonlardan ba’zilari (asosan
ko’rshapalaklar, it va tulki, kaltakesaklar) ham bor, shuningdek, suvda oqqan
daraxtlarning tanalari bilan tasodifan kelib qolgan hasharotlar ham uchraydi.
Keltirilgan hayvonlar va parrandalar Okeaniya faunasiga katta zarar
yetkazgan. Bu hayvon va parrandalardan ko’plari bo’sh yotgan ekologik
bo’shliqlarni
egallagan, urchish uchun qulay sharoit topgan va ba’zan mahalliy
hayvonlarnigina emas, o’simliklar qoplamini ham tag-tugi bilan yo’q qilib
yuborgan. Regional landshaft tafovutlariga asoslanib Okeaniyani to’rtta tabiiy
geografik o’lkaga: Malaneziya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya va Polineziyaga
ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: