O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


Innovatsion marketingni shakllantirishning konseptual asoslari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə63/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

Innovatsion marketingni shakllantirishning konseptual asoslari
XXI asrning ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklardagi dunyoning innovatsion o‘zgarishlari ishlab chiqarishning postindustrial iqtisodiy uslubining shakllanishi bilan ifodalanadi. Garchi bu jarayon uzoq muddatli va ziddiyatli bo‘lsada, hozirdanoq uning asosiy jihatlari ko‘zga tashlanmoqda.

Birinchidan, bu integral iqtisodiy tuzum. Bu xususiy mulkchilikka yo‘naltirilgan, har tomonlama raqobatli ko‘rinishdir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlarning shaxsiy tashabbuslari va innovatsion faolligi bilan hozirgi va kelajakdagi avlodlar uchun munosib turmush tarzini ta’minlash, davlatning marketing strategik-innovatsion funksiyalarini amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining davlat tomonidan tartibga solinishi hamda inson kapitali va tabiiy resurslar muhitini takror ishlab chiqarishni ta’minlovchi nobozor sektorining rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan bolashga imkon beradi.

Ikkinchidan, bu ko‘p ukladli iqtisodiyot bo‘lib, unda har bir iqtisodiy uklad unga xos bo‘lgan o‘rin egallab, boshqa ukladlar ustidan hukmronlik qilmaydi va ular bilan uyunlashadi. Bu erda gap turli ukladlarning optimal tarzda uyunlashuvi va hamkorligi haqida boradi:
- texnologik o‘sishni amalga oshiruvchi, monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha kuchli nazorat va diqqat ostida bo‘lgan ishlab chiqarish markazlashuv darajasi yuqori tarmoqlarda ishlab chiqarish strukturasini o‘zgartiruvchi yirik biznes.
- millionlab fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar ochib beruvchi, innovatsion faollikning yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, yirik ishlab chiqarishdan bo‘shatiluvchi va mehnat bozoriga yangi kirib keluvchi ishchi kuchiqing bandligini ta’minlovchi kichik va o‘rta biznes.
- strategik ahamiyatga ega tarmoqlar va nobozor sektorida mujassamlashgan hamda davlatning strategik innovatsion funksiyalarini amalga oshirishni ta’minlovchi davlat ukladi,
- aholining hayot faoliyati muhitini (uy-joy-kommunal xo‘jalik va atrof-muhit muhofazasi), ma’anaviy takror ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishni (maktablar, madaniy muassasalar va xokazo) ta’minlovchi munitsipal uklad;
- inson faoliyati va takror ishlab chiqarishda eng muhim funksiyalarni bajaruvchi, uy va shaxsiy oilaviy xo‘jalik bilan ifodalanuvchi natural uklad.
SHunisi muhimki, har bir uklad unga xos bo‘lgan funksiyalarni bajarish bilan birga egallab turgan o‘rnida eng samarali bo‘lishi lozim, chunki iqtisodiy o‘sish sur’atlari va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bog‘liq bo‘ladi.




  1. Yüklə 0,53 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin