43
ikkinchi gavatda ravoqli shaklda ishlangan derazalar va markaziy nefning aylana derazasi
va uchinchi qavat ravoqli tokchalardan tashkil topgan. Undan yuqorida esa ikki simmetrik
prizmashakl minoralar joylashgan. Binoning yon tarzida arkbutan va kontrforslar asosiy
kompozitsion vosita sifatida ishlatilgan.
Notr-Dam ibodatxonasi nafaqat Parijda, balki butun Fransiyada eng katta ibodatxona
bo‘lib, 9 ming kishiga mo‘ljallangan edi.
Fransiyaning Lana shahrida 1174 — 1226-yillarda qurilgan ibodatxona ham gotika
uslubidagi birinchi binolardan edi. Ayniqsa, bu bino qurilishida qo‘llanilgan
minoralar
boshqa ibodatxonalar kompozitsion tuzilishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. _XIIl asr Fransiyada
gotika uslubining eng rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda Reyms, Amen, Sharpr,
Bove va boshqa shaharlarda ulkan ibodatxonalar quriladi.
Reymsdagi ibodatxona 1212 - 1311-yillar orasida qurilgan bo‘lib,uzunligi 124 metr,
markaziy nef balandligi 38 metrni tashldl qiladi.Ibodatxona kompozitsion tuzilishi gotika
uslubining eng yaqqol namunasidir. Reymsdagi sobor Parijdagi Notr-Dam ibodatxonasiga
nisbatan yanada yengil va yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, tashqi bezaklarining boyligi va
turli haykalchalar bilan bezatilganligi bilan alohida ajralib turadi.
Amen shahrida 1218-1268-yillarda qurilgan ibodatxona o‘z o‘lchamlari
bilan
Fransiyadagi eng yirik va baland bino hisoblanadi. Bu binoning uzunligi 145 metr bo‘lib,
markaziy nef balandligi esa 42,5 metrni tashkil qiladi.
Fransiyada gotika uslubidagi monastir komplekslaridan Bretan viloyatidagi Mon-
Sen-Mishel abbatligi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Dengiz bo‘yida baland
qoyalar ustida qurilgan kompleks -ibodatxona va boshqa binolardan tashkil topgan va XIII
- XV asrlar davomida shakllangan. Feodal kyoshklaridan 1220-1230-yillarda
qurilgan
Kuzi kyoshki gotika uslubida qurilgan. Bu kyoshk markazida balandligi 60 metr va
diametri 30 metrni tashldl qiluvchi don-jon qurilgan. Bu inshoot devorlarining qalinligi 7
metrni tashkil qiladi.
Fransiyada XIV asrdan boshlab qirol hokimiyati kuchayishi bilan kyoshklar qurilishi
to‘xtatiladi. Bu davrdan boshlab kyoshklar faqatgina qirol ruxsati bilan qurilgan.
Germaniyada Gotika uslubi asosan XIII asrdan boshlab rivojlanadi. Gotika uslubida
Germaniyada qurilgan ibodatxonalar tarh tuzilishining oddiyligi, bosh tarz ko‘rinishida ikki
44
minora o‘rniga bitta o‘tkir uchlik minora joylashtirilishi bilan ajralib turadi. Germaniyadagi
eng yirik Gotika uslubidagi ibodatxona -Kyoln sobori qurilishi 1248-yildan boshlab, to‘liq
tugallanishi XIX asrga to‘g‘ri keladi. Germaniyada gotika uslubidagi ibodatxonalar asosan
pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, «G‘ishtli gotika» nomini olgan.
Praga shahrida qurilgan Avliyo Vita ibodatxonasi ham o‘z tuzilishi bilan Germaniya
ibodatxonalariga o‘xshaydi. Bu ibodatxona qurilishi XIV asrda tugallangan.
Angliyada gotika arxitekturasining rivojlanishi asosan XII - XV asrlarga to‘g‘ri
keladi. Angliyada gotika uslubida qurilgan ibodatxonalar bo‘ylama o‘q bo‘yicha uzun
o‘lchamlari va bosh fasadning kengligi bilan ajralib turadi.
Linkoln shahrida XI - XIII
asrlarda qurilgan ibodatxona to‘liq gotika uslubi qonuniyatlari asosida shakllangan.
Italiyada gotika uslubi alohida xususiyatlarga ega. Bu yerda asosiy qurilish materiali
sifatida g‘ishtdan foydalanish natijasida gotika karkas tuzilishi keng ishlatilmagan. Karkas
sistemasi ishlatilmaganligi sababli derazalar o‘lchamlari katta qilib olinmagan va
vitrajlardan foydalanilgan. Italiyada ibodatxonalarning ichi ustunlari nafis va yengil qilib
ishlanganligi sababli neflarga bo‘linishi sezilmaydi va ichki muhit katta zalga o‘xshab
ko‘rinadi. Florensiyada 1245—1278-yillarda qurilgan Santa Mariya Novella ibodatxonasi
va Orviyeto shahrida 1290—1330-yillarda qurilgan ibodatxonalar shunday tuzilishga ega.
Venetsiya shahrida 1246-yilda qurilishi boshlangan San Djovanni
E-Paolo ibodatxonasi
roman uslubida boshlanib, gotika uslubida 1430-yilda tugallangan.
Florensiya shahrida arxitektorlar Kambio va Talenti loyihasi asosida Santa Maria del
Fore ibodatxonasi qurilishi boshlangan, bu bino o‘sha davrning eng yirik ibodatxonasi edi.
Bazilika turidagi bu binoning loyiha asosidagi diametri 42 metrni tashkil qiluvchi gumbaz
bilan yopilishi kerak edi. Gumbaz qurilishi 1471 -yilda arxitektor Bruanaleski rahbarligida
tugatildi. Gumbaz bilan birga binoning umumiy balandligi 114,7 metrni tashkil qiladi.
Kompozitsion jihatdan gumbaz binoning asosiy elementiga aylanadi.
Italiya shaharlarida gotika uslubida shakllangan asosiy maydonlar ansambllari
alohida e‘tiborga molik. Masalan, Florensiyadagi Sinoriya maydoni, Venetsiyadagi San-
Marko maydoni ansambllari. Maydon ansambllari kompozitsion
jihatdan turli imoratlar,
haykallar va ochiq favvorali hovuzlardan tashkil topgan.
45
Ayniqsa, Venetsiyadagi San-Marko ansambli uyg‘unlashgan kompozitsiyasi va
gotika uslubining yorqin namunasi bo‘lgan Dojlar saroyi tuzilishi bilan ajralib turadi. Bu
binoning tashqi tuzilishida Vizantiya arxitekturasi va Sharq arxitekturasi
elementlaridan
keng foydalanilgan. Binoning tashqi ko‘rinishi bezatilishida turli rangdagi marmar toshlari
va rangli koshinlardan keng foydalanilgan.
Boltiqbo‘yi davlatlarida ham gotika uslubi keng tarqaladi va rivojlanadi. ‗Bu
davlatlarda gotika uslubi asosan binolarning kompozitsion tuzilishida vertikal
yo‘naltirilgan uchlik minoralar qo‘llanilishi va
Gotika karkas elementlaridan ustalik bilan
foydalanishda namoyon bo‘ladi. Masalan, Riga shahrida
XIV - XVI asrlarda qurilgan
Avliyo Ioann cherkovi, XIII - XV asrlarda qurilgan Avliyo Yakov cherkovi va ХШ - XVI
asrlarda qurilgan Domskiy sobori. Vilnyus shahrida qurilishi 1584-yilda tugallangan
Avliyo Anna kosteli o‘zining nafis qilib ishlangan bosh fasadidagi minoralari bilan ajralib
turadi. Tallin shahrida XIII - XV asrlarda qurilgan Avliyo Olay ibodatxonasi Boltiq bo‘yi
davlatlarida gotika uslubidagi eng baland bino bo‘lib, uning balandligi 123,7 metrni tashkil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: