O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi


G’ARBIY YEVROPA DAVLATLARI XVII - XIX ASRLAR



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/38
tarix07.01.2024
ölçüsü0,8 Mb.
#210729
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s

G’ARBIY YEVROPA DAVLATLARI XVII - XIX ASRLAR 
ARXITEKTURASI 
 
XVII - XIX asrlarda Yevropa davlatlarida feodalizm o‘zining so‘nggi bosqichini 
bosib o‘tadi. Bu davrda kapitalistik munosabatlar shakllanadi. Ammo kapitalistik tuzum 
jamiyatda hukmron vaziyatni egallashi uchun qariyb 200 yil va uch burjua-demokratik 
revoloyutsiyalari amalga oshirildi: Niderlandiyadagi 1566-yil revolyutsiyasi, 1642-yildagi 
Angliya va 1789-yildagi Fransiya revolyutsiyalari. 


53 
Bu davr arxitekturasida 2 asosiy uslub - barokko va klassitsizm uslublari shakllanib 
rivojlandi. Barokko uslubi Italiyada shakllandi va rivojlandi. Klassitsizm uslubi esa 
Angliya, Niderlandiya va Fransiyada shakllandi va rivojlandi. 
Bu davrda arxitektura rivojlanishi uchun qurilish muhandisligi fanining shakllanishi 
katta ta‘sir ko‘rsatdi va bino-irishootlarning muhandislik hisob-kitoblarining zamonaviy 
nazariyasiga asos solinadi. Belidor nomli olimning 1729- yilda chop etilgan «Muhandislik 
fani» nomli asari qurilishning nazariy usiublari to‘g‘risidagi ilk kitoblardan edi. Injener 
Rondole • panteon gumbazining qurilish tarixi» va «Qurilish san‘ati» nomli kitoblarida 
arxitektura va qurilishning turli sohalarini yoritgan. 
Ammo ilmiy-texnik filer rivojlanishi XVII—XIX asrlar arxitekturasida keskin 
burilish yasagani yo‘q. Hattoki XVIII asrdan boshlab metall konstruksiyalarining 
ishlatilishi ham arxitekturaviy shakl hosil bo‘lishiga katta ta‘sir ko‘rsatgani yo‘q. Yangi 
konstruktiv yutuqlar arxitektura imkoniyatlarini kengaytiradi, ammo bu ta‘sir 
kompozitsion jihatdan an‘anaviy shakllarning o‘zgarishiga olib kelgani yo‘q. 
G’ARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA BAROKKO USLUBI 
Barokko arxitekturaviy uslubi Uyg‘onish davri arxitekturasi rivojlanishidan kelib 
chiqadi. Barokko uslubi XVI asr oxirlaridan boshlab rivojlanadi va XVII-XVIII asrlarda 
barcha Yevropa davlatlarida tarqaladi. 
Barokko uslubining vatani Italiya bo‘lib, Mikelanjelo bu uslub asoschilaridan 
sanaladi. Barokko uslubining asosiy xususiyatlari bino va inshootiarning mahobatli 
shakllarda yechilishi va buning uchun ichki va tashqi ko‘rinishlarining plastik jihatdan boy 
qilib ishlatilishi, shakllarning dinamik shiddatliligi, murakkab va egri chiziqli shakllardan 
hamda arxitekturaviy dekorativ va haykaltaroshlik asarlaridan keng ko‘lamda 
foydalanishdan iborat. 
Barokko arxitekturasida plastik jihatlar bino va inshootlar tektonikjihatlaridan yuqori 
qo‘yiladi. Bino va inshootlar arxitekturaviy ko‘rinishlariyuqori emotsional hissiyot hosil 
qilishi uchun ularning ichki strukturaviy tuzilishi tashqi hajmlarga mos tushmaydi. 
Barokko uslubida bino va inshootlarning konstruktiv tuzilishi dekorativ qismlar yordamida 


54 
tuzilib, bino va inshootlarda badiiy ifodalanish vositalari yasama xarakterga ega.Barokko 
arxitekturaviy uslubida turli san‘atlar, ya‘ni haykaltaroshlik va rassomchilikni arxitekturaga 
uyg‘unlashtirish o‘rniga, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish keng tarqaladi. 
Italiyada barokko uslubining eng yaxshi namunalari XVII asr arxitektorlari- Lorenso 
Bernini, Gvarino Gvarinj, Franchesko Barromini, Karlo Reynaldi, Valdasarre Longena va 
boshqalar tomonidan yaratilgan. Karlo Maderna nomli arxitektor barokko uslubida 
Rimdagi Avliyo Pyotr sobori qurilishini tugatadi. Mikelanjelo loyihasi bo‘yicha qurilgan 
markaziy kompozitsiyali ibodatxonaga asosiy fasad qismi tomonidan Narteks quriladi. 
Madernadan keyin bu ibodatxona qurilishi arxitektor Lorenso Bernini qo‘liga o‘tadi. 
Bernini ibodatxona oldida ulkan maydon hosil qilib, doriy orderi asosida kolonnada 
qurdiradi. Balandligi 20 metrli kolonnada simmetrik kompozitsiya asosida tashkil qilinib, 
maydonda asosiy o‘q bo‘yicha ulkan ibodatxona joylashgan. Bu maydon o‘sha paytdagi 
Italiyaning eng yirik ansambli edi. 
Franchesko Barromini loyihasi bo‘yicha qurilgan Rim shahridagi San-Andrea 
cherkovi (1658) tarh tuzilishida ellips shaklli asosiy bino va uning oldida yarim ellipsshakl 
peshtoqdan tashkil topgan. 
Pallasso qurilishiga Turin shahrida Gvarini loyihasi bo‘yicha qurilgan Karanyano 
pallassosi misol bo‘la oladi. Pallasso markaziy qismi egri shakl bino bo‘lib, zinapoyalar 
ham egri elliptik shaklda bajarilgan. Binoning tashqi ko‘rinishi pilyastra va boshqa 
dekorativ qismlar bilan bezatilgan. 
Arxitektor B.Longena loyihasi bo‘yicha Venetsiya shahrida qurilgan Pezaro 
pallassosi tashqi ko‘rinishi haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilganligi bilan ajralib turadi. 
Bu davrdagi Italiya villalari kompozitsion tuzilishi bo‘yicha o‘ziga xos san‘at 
namunalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Villa asosiy binosi balandlikda joylashtirilib, 
uning bog‘ tarzi tomonidan haykallar bilan bezatilgan suv havzasi va grot (g‘or shakl) 
galereyalari joylashtirilgan. Aldobrandini villasi yuqoridagi tuzilishi bo‘yicha qurilgan 
binolarga misol bo‘la oladi. Binoning old tomonida zinali pandus joylashtirilib, o‘ng va 
chap qanotlari bo‘yicha kirish qismga ko‘tarilish mumkin. Binoning orqa, bog‘ tomonida 
yarim aylana maydoncha va uning atrofida galereya joylashtirilgan. 


55 
Aldobrandini villasi yuqoridagi tuzilishi bo‘yicha qurilgan binolarga misol bo‘la 
oladi. Binoning old tomonida zinali pandus joylashtirilib, o‘ng va chap qanotlari bo‘yicha 
kirish qismga ko‘tarilish mumkin. Binoning orqa, bog‘ tomonida yarim aylana maydoncha 
va uning atrofida galereya joylashtirilgan. Suv havzalari kaskad qilib joylashtirilgan va 
haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan. 
Fransiyada barokko uslubi XVII asr boshlarida, qirol Lyudovik Xlit hukmdorligi 
davrida boshlanadi. Arxitektorlar Jak Lemerse va Fransua Mansar qirol buyurtmasiga 
binoan ish olib borishgan. Jak Lemarse Luvr qasrini kengaytirish loyihasini bajardi va 
amalga oshirdL Bu loyiha bo‘yicha qasr g‘arbiy qismi ikki martaga uzaytirildi va shimoliy 
korpuslar qurilishi amalga oshirildi. 
Jak Lomarsening yana bir katta loyihasi qirolning Parij yaqinidagi Versal bog‘-saroy 
kompleksi qurilishi boshlanishi bilan bog‘liq edi. Versalda 1620—1630-yillarda uncha 
katta bo‘lmagan va tarixda 11-shakl tuzilishga ega saroy qurildi. 
Fransua Mansar loyihasi bo‘yicha XVII asr o‘rtalarida Mezon-Lafott kyoshki qirol 
buyurtmasiga binoan quriladi. Bu kyoshk ichki ko‘rinishlari barokko uslubida ishlangan 
eng birinchi binolardansanaladi. 
XVII asr o‘rtalarida arxitektor Lui Levo Luvr qasr qurilishini davom ettirdi. Levo 
arxitektor Lenotr va rassom Lebren bilan birgalikda Veo-le Vikont bog‘-saroy kompleksi 
qurilishini amalga oshiradi. Bu yerda davlat arboblari uchun rasmiy rezidensiya va 
muntazam bog‘ ansambli yaratildi. Bu ansambl fransuz bog‘-saroy ansambli yuksak 
namunalaridan hisoblanib, keyingi davr bog‘-saroy qurilishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. 
Versal bog‘-saroy ansamblini qayta qurish va kengaytirish loyihasi XVI asrdagi eng 
ulug‘vor ishlardan sanaladi. Qirol Lyudovik XIV buyurtmasiga binoan arxitektorlar Levo, 
Lebren va Lenotrlar ulkan tantanali marosimlar saroyi va muntazam bog‘ ansambli 
yaratdilair. 
XVII asr oxirlarida barokko uslubining oxirgi davri «Rokoko» nomini olgan davri 
Fransiyada keng tarqaladi.Rokoko uslubi asosan bino va inshootlar interyerlarining 
bezatilishida keng ishlatilgan. Arxitektor Kurton loyihasi bo‘yicha qurilgan Parijdagi 
Matinon oteli interyer bezaklari rokoko uslubida bajarilgan. Bu uslubda interyerlar juda 


56 
katta mahorat bilan o‘simlik shaklli girihlar bilan bezatilgan va aksariyat hollarda oltin va 
kumush bilan qoplangan. 
Ispaniyada barokko uslubi asosan XVII asrda keng tarqaladi. ArxitektorXose 
Churriger va uning shogirdlari bino va inshootlar loyihalarini bajarish bilan bir qatorda 
barokko uslubiga xos bezatuvchilik amaliy ishlarini ham bajarishadi. Salamanka 
shahridagi Iyeziuitlar kollegiyasi binosi, Granadadagi Chertoza monastiri va Toledo 
shahridagi El Transporento sobori barokko uslubida bajarilgan. Valensiyada 1740-yili 
qurilgan Markiz Dos Aguas saroyi interyerlari bezatilishi rokoko uslubida bajarilgan. 
Gollandiya va Belgiyada barokko uslubi rivojlanishida mashhur rassom P.Rubensning 
xizmatlari kattadir. Italiyada o‘z mahorati vamalakasini oshirgan P.Rubens vataniga 
qaytishi bilan barokko uslubiga xos xususiyatlarning arxitektura sohasida keng tarqalishi 
uchun katta xizmat qiladi. Birinchi navbatda P.Rubens o‘zi uchun qurdirgan Antverpen 
shahridagi uy barokko uslubining namunalaridan hisoblanadi. Rubensshogirdi arxitektor 
Luka Faydberg Luven shahridagi Mixail cherkovini barokko uslubida loyihalaydi va 
qurdiradi. 
Germaniyada barokko uslubining keng tarqalishi shu yerga kelib ishlagan fransiyalik 
va italiyalik arxitektorlar faoliyati bilan bog‘liq. XVIII asr birinchi yarmida qurilgan 
Vyurtburg bog‘-saroy ansambli shakllariga Versal ansambli ta‘siri seziladi. Saksoniya 
viloyati markazi Drezden shahri XVII va XVIII asrlarda arxitektura va san‘at markaziga 
aylandi. Drezden shahrida 1711—1722-yillarda arxitektor Metteus Pappelman loyihasi 
bo‘yicha Svinger saroyi barokko uslubida quriladi. Ikki qavatli Svinger saroyining tashqi 
ko‘rinishi va interyerlari plastik jihatdan katta ustalik va mahorat bilan bezatilgan.Berlin 
shahrida barokko uslubida ishlagan arxitektor Andreas Shlyuger 1698-yilda qirol saroyini 
qayta qurish va kengaytirish loyihasini tayyorladi va amalga oshirdi. 
Avstriyada barokko uslubida qurilgan imoratlar ichida Vena shahridagi Belveder 
qasri ajralib turadi. Bu bino arxitektor logann Gildebrandt loyihasi bo‘yicha 1721-1723- 
yillarda qurilgan bo‘lib, ichki va tashqi ko‘rinishlari boy bezatilishi bilan xarakterlanadi. 


57 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin