O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti abdirashidov A., Babayarov A. I


 Amaliy masalalarni kompyuter yordamida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/69
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211260
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
AbdirashidovA.BabayarovA.I.Hisoblashusullari1-qism2018

 1.2. Amaliy masalalarni kompyuter yordamida
yechishning bosqichlari 
Biror amaliy masalani kompyuter yordamida yechish bu jiddiy masala bo‘lib, u 
uzoq vaqtli va murakkab jarayon. Bu jarayonni uning ma’lum darajadagi 
qiyinliklariga qarab shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: 
muammoning qo‘yilishi; matematik modelni tanlash yoki qurish; hisoblash 


16 
masalasining qo‘yilishi; hisoblash masalasi xossalarining dastlabki (kompyuter 
hisobiga qadar) tahlili; sonli usulni tanlash yoki qurish; algoritmlashtirish va 
dasturlash; dasturni sozlash; dastur bo‘yicha hisob; natijalarni qayta ishlash va 
ularning talqini (interpretatsiyasi); natijalarning qo‘llanilishi va matematik modelni 
to‘g‘rilash. 
Muammoning qo‘yilishi. 
Dastlab amaliy masala biror hodisani tadqiq qilish
berilgan xossalariga ko‘ra qurilmani loyihalash, ma’lum bir shartlarda biror 
obyektning holatini tahlil qilish va shu kabilar uchun umumiy holda tuzilishi 
mumkin. Bunday holatda tadqiqotning maqsadiga asosiy e’tiborni qaratgan holda 
masalaning qo‘yilishi yanada oydinlashtiriladi. Bunda tadqiqotchidan masalaning 
mohiyatini chuqur anglash va uni tuzish mahorati talab qilinadiki, topilgan yechim 
foydali va shu bilan birga u mavjud usullar yordamida belgilangan vaqtda olinishi 
lozim. Muvaffaqiyatsiz qo‘yilgan muammo masalani yechish jarayonini uzoq 
muddatli va judda qimmatli qilish bilan birga foydasiz va trivial natijaga yoki 
umuman yechim yo‘q holatga ham olib kelishi mumkin. Demak, aniq muammoni 
tuzishda berilgan fan sohasida qabul qilingan tilda muammoni tuzib olish eng 
muhim va mas’uliyatli bosqich. Kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini bilish 
esa muammoning optimal holatda qo‘yilishiga jiddiy ta’sir korsatishi mumkin. 
Matematik modelni tanlash yoki qurish.
Hodisa yoki obyektni tadqiq 
qilishning keyingi tahlil bosqichida uni matematik tilda ifodalash, ya’ni uning 
matematik modelini qurish lozim. Ba’zan o‘rganilayotgan jarayon uchun shu 
vaqtgacha ma’lum bo‘lgan va qabul qilingan modellar ichidan eng ma’qulini tanlab 
olish, ba’zan esa shu ma’lum modelning keskin o‘zgartirilgan modifikatsiyasiga 
murojaat qilish mumkin bo‘ladi yoki umuman yangi model tuzish zarurati tug‘iladi. 
Bu bosqich eng muhim va u juda ham murakkab. Muvaffaqiyatli tanlangan model 
maqsadga erishishning eng muhim qadami hisoblanadi. Bunda eng qiyin holat bu 
hodisani tavsiflashning to‘laroq modelini yaratish istagi (bu murakab modelni 
tuzishga olib keladi) va yetarlicha sodda modelga erishish zarurati (bu modeldan 
kompyuterda foydalanish imkoniyatining mavjudligi). Shuning uchun matematik 
modelning murakkabligi avvalambor qo‘yilgan muammoning murakkabligidan 
bog‘liq. Agar qo‘yilgan maqsadga yetarlicha sodda modellar yordamida erishish 
mumkin bo‘lsa, u holda bu nur ustiga a’lo nur. Odatda, qabul qilinayotgan 
modelning bir qancha soddalashtirilgan variantlariga ega bo‘lgan ma’qul. Modelni 
oqilona soddalashtirish bu sodda masala emas, ammo soddalashtirilgan model 
masalani yechishning butun jarayonida juda ham foydali. Bunday soddalashtirishlar 
ko‘pincha murakkabroq modellar holatlarining asosiy qonuniyatlarini tushunish va 
ko‘plab asosiy savollarga javob topish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin