O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti abdirashidov A., Babayarov A. I



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/69
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211260
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
AbdirashidovA.BabayarovA.I.Hisoblashusullari1-qism2018

Dastur bo‘yicha hisob.
Bu bosqichda masalani kompyuterda yechish 
avtomatik tarzda tuzilgan dastur yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayonda kiruvchi 
ma’lumotlar kompyuter yordamida kerakli natijalarga aylantiriladi va u 
hisoblash 
jarayoni
deb ataladi. Bunda hisoblashlar har xil ma’lumotlarda qayta-qayta 
bajarilishi mumkin, bu esa yakuniy natijani to‘la ifodalashga xizmat qiladi. Bu 
olingan natijalarning to‘g‘riligi dasturning to‘g‘ri tuzilganligini va hisoblash 
usulining to‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatadi. Bu yerda mashina vaqtidan samarali 
foydalanishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. 
Natijalarni qayta ishlash va ularning talqini (interpretatsiyasi).
Kompyuter 
hisobi natijalari bu katta hajmdagi sonlar massivi. Albatta, bu chop etilgan minglab 
sonlarni tahlil qilish insonning imkoniyati chegarasida bo‘lmasligi mumkin. Shuning 
uchun bu natijalarni qanday ko‘rinishda (masalan jadval, grafik va boshqa) chop 
etishni kompyuterga yuklash tadqiqotchiga natijalarni tezkor tahlil qilish imkonini 
beradi. Olingan hisob natijalarini to‘g‘ri talqin qilish tadqiqotchidan yechilayotgan 
masala mazmuni, foydalanilayotgan matematik model va qo‘llanilayotgan hisoblash 
usuli haqida chuqur bilimni talab qiladi. Hisoblash natijalarini qayta ishlash va talqin 
qilish hisoblash usulini o‘rganishda va unga doir aniq amaliy masalalarni ychishda 
namoyon bo‘ladi.
Natijalarning qo‘llanilishi va matematik modelni to‘g‘rilash.
Yakuniy 
bosqich bu hisoblash natijalarni amaliyotga tadbiq qilish. Bunda olingan natijalar 
ahamiyatlimi, degan savol tug‘iladi. Bu esa foydalanilgan matematik modelni 
to‘g‘rilash, takomillashtirish, modifikatsiyalash (masalan, murakkablashtirish), 
masalani yechishning yangi siklini yaratish zaruratini tug‘diradi. 
1.3. Hisoblash eksperimenti
Matematik modelni yaratish va kompyuter yordamida amaliy masalani yechish 
katta hajmdagi ishlarni bajarishni talab qiladi. Ta’kidlash mumkinki, tabiiy 
eksperimentni amalga oshirishda: eksperiment dasturi tuziladi; eksperimental 
qurilmalar yaratiladi; nazorat eksperimentlari bajariladi; bir qator tajriba-sinovlar 
o‘tkaziladi; eksperiment ma’lumotlari qayta ishlanadi; ular talqin qilinadi va hokazo. 
Hisoblash eksperimentida esa haqiqiy obyekt ustida emas, balki uning matematik 
modeli ustida amalga oshiriladi, eksperimental uskuna sifatida esa maxsus yaratilgan 
amaliy paketlar dasturi bilan jihozlangan kompyuterdan foydalaniladi. Shuning 


19 
uchun amaliy va ilmiy masalalarni yechishda kompleks hisoblarni o‘tkazish 
hisoblash eksperimenti
deb qaralganda yuqorida sanab o‘tilgan masalani yechish 
bosqichlari uning bir sikli bo‘ladi. 
Matematik modellashtirishda kompyuterlardan keng foydalanilishni, ishlab 
chiqarilgan nazariya va amaliy natijalar hisoblash eksperimentini ilmiy va amaliy 
tadqiqotlarning yangi texnologiyasi va metodologiyasi deb qarash mumkin bo‘ladi. 
Hozirgi kunda hisoblash eksperimentining amaliy tadqiqotlarga tadbiqi endi 
kengaymoqda, masalan, halokatli va fojeali hodisalar (AES yadro reaktorining 
nosozligi; iqlimning global isishi; yer silkinishlari)ning kutilayotgan natijalarini 
oldindan aniqlash; aviatsiya va kosmos sanoati, suv usti va suv ostida suzuvchi 
obyektlarning harakatlari muammolarini o‘rganish va hokazo. 
Hisoblash 
eksperimentining asl eksperimentga qaraganda ustunliklari
: moddiy jihatdan arzon; 
bu eksperimentni o‘tkazish oson va xavfsiz, unda aralashuv ham xavfsiz; uni qayta-
qayta o‘kazish mumkin va ixtiyoriy vaqt momentida to‘xtatib qo‘yish mumkin; 
laboratoriya sharoitida mavjud bo‘lmagan shartlarda uni modellashtirish mumkin
tezkor jarayonlarni, borish qiyin va ba’zan bu mumkin bo‘lmagan obyektlarni tadqiq 
qilish mumkin; hali yaratilmagan qurilma, inshoot va materiallarning yangi 
xossalarini va qirralarini ochib berish mumkin. 
Asl eksperimentning kamchiliklari

uni o‘tkazish murakkab, ba’zan bu umuman mumkin emas; juda qimmatga tushadi; 
o‘ta xavfli; uni o‘tkazish jarayonida kutilmagan xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi 
mumkin yoki insonlarning hayotiga va salomatligiga xavf solishi mumkin. 
Hisoblash eksperimentining kamchiliklari
: qabul qilingan matematik model 
doirasidagina o‘rinli; natijalarining qo‘llanilichi cheklangan; asl eksperimentni to‘la 
almashtira olmaydi. Hisoblash eksperimentining dasturiy ta’minoti yirik dasturiy 
kompleksni yaratishga olib keladi. Bu o‘zaro bog‘langan amaliy dasturlar, tizimli va 
uni boshqaruvchi vositalar. Bunday dasturiy kompleks ba’zan 
muammoga 
yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketi
deb ham ataladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin