72
aksincha, tovarlarni hech qanday «bezaklarsiz» taklif qilishga qaratilgan bo‘lib,
bunda arzon narxlarda sotiladigan qo‘shimcha variantlar soni eng kam bo‘ladi.
Firmalar gullab-yashnagan paytlarida tobora mayda segmentlarga ajratish
strategiyalarini qo‘llar edilar. Bu strategiyalar esa markalar sonining ko‘payishiga
olib kelar, natijada ishlab chiqarish va savdo xarajatlari hamda sotuv narxlari ortib
ketar edi.
YUqorida aytib o‘tilganidek, iqtisodiyotning va ijtimoiy muhitning
turbulentligi tufayli yuz bergan o‘zgarishlar iste’molchilarni
«narx/ qoniqish»
nisbatiga
ko‘proq e’tibor beradigan qilib qo‘ydi. Endilikda iste’molchilar tovarning
narxlari bilan uning tavsifnomalarini solishtirib ko‘rishga yaxshiroq tayyorlanganlar,
ularning tovarning narxi maxsus talablarga kamroq darajada moslashtirilganligi
tufayli arzonlashtirilgan deb qabul qilishga ko‘proq moyildir. Ko‘pgina g‘arb
mamlakatlarida
“markasiz” tovarlarning muvaffaqiyat qozonganligi ushbu
evolyusiyani yana bir bor tasdiqlaydi.
Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va avvalo ommaviy iste’mol tovarlari
sektorida tovarlarni ataylab soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni
cheklangan funksiyalarga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar
standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq
daromad keltirmoqda. SHunday qilib, «kontrsegmentlash» -
Dostları ilə paylaş: