O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə102/167
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162030
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   167
Strategik marketing-www.hozir.org

Front bo‘yicha hujum
raqobatchi korxonaning kuchsiz tomonlaridan kura
kuchli tomonlaridan ustun kelish bo‘yicha faol harakatlar orqali uning pozitsiyasiga (
mahsulotlar, reklama, narxlar va boshqalar bo‘yicha) hujum qilish tushuniladi. Uni
amalga oshirish uchun korxona raqobatchiga nisbatan ko‘p resurslarga ega bo‘lishi
hamda uzoq muddatli “jang harakatlari”ni olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Qanot hujumi
raqobatchilar faoliyatini kuchsiz joylariga yo‘naltirilgan bo‘lib,
bu joylarda ustunlikka erishish uchun asosiy kuchlar tashlanadi; u shunga
asoslanganki raqobatchi ko‘pincha o‘z resurslarining eng kuchli pozitsiyalarini saqlab
qolish uchun yo‘naltiradi, masalan sifati bo‘yicha sardorlik (liderlik) pozitsiyasini
saqlab turishi mumkin, ayni vaqtda esa o‘z faoliyatida kuchsiz joylarga ega bo‘lishi
mumkin, masalan vositachilar bilan ishlashga uncha ahamiyat berishmaydi. Ushbu
strategiya bozor da’vogari raqobatchiga nisbatan kam resurslarga ega bo‘lsa yaxshi
natija berishi mumkin. U ko‘pincha raqobatchilarga qarshi kutilmaganda ishlatiladi.
O‘rab olish orqali hujum -
bu raqobatchini barcha pozitsiyalarga birdaniga




137

hujum qilinib, uni bir vaqtning o‘zida hamma yo‘nalishdar bo‘yicha mudofaa olib
borishga majbur etadi; bu esa bozor da’vogari juda katta resurslarga ega bo‘lganda
qo‘llaniladi hamda qisqa vaqt ichida raqobatchini bozordagi pozitsiyasini emirilishiga
imkoniyat yaratadi. U quyidagi variantlarida amalga oshirishi mumkin, ya’ni
mahsulot modifikasiyasi (turlari) sonini ancha ko‘paytirib, raqobatchi harakat
qilayotgan barcha bozorlarda o‘z mahsulotini sotishi. CHetlab o‘tish hujumi
tug‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan hujum turi bo‘lib, ko‘pincha quyidagi yo‘nalishlardan
birida amalga oshiriladi: ushbu korxona uchun mutlaqo yangi bo‘lgan mahsulot turini
ishlab
chiqarishni
o‘zlashtirish, yangi geografik bozorlarni o‘zlashtirish,
texnologiyada yangi bosqichni o‘zlashtirish, bozor da’vogari uchun dastlab eng
“engil” bozorlarda amalga oshirilib, u erlarda ustunlikka erishilgandan so‘ng esa,
raqobatchining asosiy faoliyati sohalarida hujum uyushtiriladi.
Partizan hujumi
raqobatchni tushkunlikka tushurish maqsadida, har zamonda
uncha katta bo‘lmagan hujumlarni uyushtirib, unda o‘ziga nisbatan ishonchsizlik
tuyg‘usini rivojlantirishdir (narxlarni har zamonda pasaytirish va mahsulotni jadal
sur’atlar bilan siljitish, oqibatda esa raqobatchini o‘zi uchun zararli bo‘lgan qarshi
harakatlarni qilishga majbur etish va x.k.lar). Bunday strategiyani ko‘pincha uncha
katta bo‘lmagan cheklangan resurslarga ega firmalar, ancha yirik bo‘lgan
raqobatchilarga nisbatan qo‘llaydilar. Biroq tez-tez amalga oshiriladigan partizan
hujumlari- bu katta xarajatlarga olib keladigan tadbirlar, uning ustiga raqobatchilar
ustidan g‘alaba qozonish uchun, unga boshqa turdagi hujum harakatlari bilan
qo‘llab-quvvatlab turish kerak.
Lider orqasidan boruvchi”
- bu bozorda ulushi uncha katta bo‘lmagan
raqobatchidir. Ushbu xulq-atvor ko‘proq oligopoliya holatidagi o‘rinlarga ega bo‘lib,
unda differensiasiya imkoniyatlari kam, har bir raqobatchi barcha firmalarga zarar
keltirishi mumkin bo‘lgan kurashdan qochadi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin