Vitaminlarni aniqlash fizik-kimyoviy va biologik uslublarda amalga oshiriladi. Vitaminlarning qator kimyoviy moddalar bilan o’zaro ta’sirlanishi tufayli xilma-xil rangli reaksiyalar yuz beradi. Bunda rang jadalligi vitaminlarning konsentratsiyasiga bog‘liq bo’ladi. Shuning uchun vitaminlarni fotoelektrokolometrik (FEK) uslubda aniqlash mumkin. Vitaminlarni biologik aniqlash uslublari sun’iy tuzilgan ratsionga muayyan vitaminning aniq miqdorini kiritish yo’li bilan gipo- va avitaminozning oldini olishga oid kattalikni aniqlashga asoslangan. Bu miqdor shartli ravishda adabiyotlarda «Kaftar birligi», «Sichqon birligi», «Kalamush birligi» ko’rinishida ifodalanadi. Bundan tashqari ilmiy adabiyotlarda vitaminlarning me’yoriy miqdorini milligrammlar, mikrogrammlar va xalqaro birlik (XB) lar tarzida ifodalash ham uchraydi. Биоматериал таркибидаги Д витамин ми=дорини ани=лашни унинг сурма хлорид тузи билан реаксиясига асосланган услубда амалга оширилди.
Bu ishni amalga oshirishda kerakli jihozlar:
- Fotoelektrokolorimetr;
-bo’luvchi voronka;
-konussimon kolba;
-pipetkalar: 1,5 va 10 ml li.
Reaktivlar:
-etil spirti (96%);
-dietilefir;
- natriy sulfatning yangidan qizdirib suvi qochirilgan kukuni;
-xloroform( eksikatorda natriy sulfat ustida vakuumda suvi qochirilgan);
-surma(III) xlorid( 21-23 % li)
-atsetil xlorid;
-kalsiyferolning asosli eritmasi (100 ml spirtda 10 mg kalsiyferol eritilgan bo’ladi va u sovutkichda saqlanadi).
Aniqlash uslubi.
Uzunligi 80 sm bo’lgan teskari havo sovutkichi o’rnatilgan konussimon kolbaga 10 g tadqiq qilinishi lozim bo’lgan biomaterial solib, unga 40 ml 96 % li etil spirit va 8 ml 50% li kaliy ishqori eritmasi qo’shiladi. Kolbani 85-900C gacha qizdirilgan suv hammomiga o’tkazib 40-50 daqiqa ushlab turiladi. Bu muddat oralig‘ida kolbadagi aralashma to’liq gidrolizlanadi. Gidroliz jarayoni nihoyasiga yetgandan keyin aralashmaga bo’lak-bo’lak qilib uch karra dietil efir qo’shib ( 50,25 va 25 ml) ekstraksiyalanadi va uni keyin to’lig‘icha bo’luvchi voronkaga o’tkaziladi. Voronkadagi aralashmani efir qatlamini boshqa bo’luvchi voronkaga o’tkaziladi va distillangan suv qo’shib chayqatib ishqoriy muhitning yo’qolishigacha olib kelinadi (jarayon fenolftalein bo’yog‘i yordamida nazorat qilinadi).
Buning uchun chayqatish jarayonini bir necha (5-6) marta takrorlashga to’g‘ri keladi. Gidrolizatdan ajratib olingan efirli ekstraktga 7 gramm endigina qizdirib suvi qochirilgan natriy sulfat tuzini kukunidan solinadi va tiniq xolatga kelgunga qadar kutib turiladi (15-20 daqiqa). So’ng aralashmani filtrlanadi. Efirli aralashma oldindan tayyorlab qo’yilgan suv hammomida qizdirib quritiladi va bu jarayon quruq qoldiq hosil bo’lguniga qadar davom ettiriladi. Hosil bo’lgan quruq qoldiqni 5 ml xloroformda eritiladi.
Miqdoriy tahlilni olib borish uchun hosil bo’lgan aralashmadan 1 ml ajratib olib, ustiga 3 tomchi atsetilxlorid va 6 ml surma xlorid (III) eritmasidan qo’shiladi.
Oradan 4 daqiqa o’tgandan keyin rang jadalligi fotoelektrokolorimetr yordamida 500 nm to’lqin uzunligida o’lchanadi. Fotometrlashni nazorat kyuvetasiga 1 ml xloroform, 6 ml surma xlorid va 3 tomchi atsetilxlorid solgan xolda hosil qilingan aralashmaga qarshi olib boriladi.
Namuna tarkibidagi D vitaminini miqdorini kalibrlangan egri chiziqdan foydalangan xolda amalga oshiriladi.
Namuna tarkibidagi D vitaminini miqdoriy ko’rsatkichini aniqlashda foydalaniladigan kalibrlangan egri chiziqni tuzishda andozaviy modda sifatida dorixonalarda sotuvda bo’lgan kalsiyferoldan foydalaniladi. Kalsiyferolni xloroformdagi eritmasini tayyorlashda, 1 ml da 200 dan 1000 x.b.gacha konsentratsiyada bo’lgan har xil eritmalari tayyorlanadi.
Bundan keyin bu eritmalarning har biri bilan yuqorida keltirilgan tartibdagi rangli reaksiya o’tkazilib, har gal rang jadalligi 500 nm to’lqin uzunligida fotoelektrokolorimetrlanadi. Kolorometrik ko’rsatkichlar ordinata o’qiga, kalsiyferolning konsentratsiyasi absissa o’qiga joylashtirilish asosida kalibrlangan egri chiziq tuziladi (Rasm 2.1.).
Rasm.2.1. Kontsentratsiyasi ma'lum bo’lgan dorixonalarda sotuvda bo’lgan kalsiyferoldan tayyorlangan eritmalar asosida olingan ma'lumotlarga binoan tuzilgan kalibrlangan egri chiziq.
Ordinata o’qida FEK ko’rsatkichi, absissa o’qida kalsiyferol konsentratsiyasi. Tadqiq qilingan namuna tarkibidagi D vitaminini miqdori kalibrlangan egri chiziqqa asoslangan xolatda quyidagi formulaga muvofiq keltirib chiqariladi:
x.V.d
S---------------;
a
Bu yerda: S–tadqiq qilinuvchi moddaning 1 g dagi D vitamin miqdori (xalqaro birlik hisobida); x–kalibrlangan egri chiziqdan topilgan 1 ml eritma tarkibidagi miqdor (xalqaro birlik hisobida); V–suyultirish ko’rsatkichi (ml hisobida); a-tadqiq qilinuvchi moddani og‘irligi (g hisobida); d–tadqiq qilinuvchi moddani zichligi.