1.4.2. D3 vitamining biologik axamiyati. Vitamin D(kalsiferol). Organizmda mineral moddalar almashinuvini nazorat qiladi. Ushbu vitamin yetishmasligi yosh qishloq xo’jalik hayvonlarida raxit kasalligini keltirib chiqaradi, oyoqlari qiyshayib, bo’g'inlar shishadi; voyaga yetgan hayvonlarda esa osteomolyatsiya va osteoroz kasalliklari ro’y beradi, qonda kalsiy va fosfor miqdori keskin kamayib ketadi. Hayvonlarning ishtahasi pasayadi, mahsuldorligi kamayadi, yurishi qiyinlashadi, jinsiy faoliyat buziladi, qisir qoladi, tug'ishdan keyingi asoratlar, tuyoqning buzilishi, tishlar qimirlashi, qiyin kechganda naysimon suyaklarning sinishi kuzatiladi. Parrandalarga D vitamini yetishmasligi raxitga sabab bo’lib, to’sh suyagi qiyshayadi, bo’g'inlari shishib ketadi; tuxum po’chog'i yuqalashadi, uning sarig'ida D vitamini kamayib, inkubatsiya sifatiga salbiy ta'sir ko’rsatadi; bunday tuxumdan chiqqan jo’jalar hayotchanligi past bo’lib, turli xil kasalliklarga chalinuvchan bo’ladi. Oziqalarda vitamini uchramay u ergosterin-provitamini (o’simlik moylari, achitqilar) bo„lib va 7-degidroxolesterin (hayvonlar terisining ostki qatlamlari va hayvon yog'larida) tabiiy yoki suniy ultrabinafsha nurlatish natijasida biologik aktiv D2 va D3 vitaminlariga aylanadi. Sut emizuvchilarga vitamin D2 va D3 bir xil qiymatga ega, parrandalar uchun esa D3, D2 vitaminiga nisbatan 30 barobar faol hisoblanadi. Shu bois parrandalar uchun sun‟iy ravishda hayvon mahsulotlari sterinlaridan 7-degidroxolesterin ishlab chiqariladi. Halqaro birlik qilib 0,025 mkg D2- kalsiferol vitamini qabul qilingan. Yoz paytida barcha qishloq xo„jalik hayvonlarining D vitaminiga bo„lgan talabi ular yaylovlarda yoki ochiq maydonchalarda saqlanganda to’liq qondiriladi. Ba'zan ushbu hayvonlarda uning zaxiralari paydo bo’lib jigarda to’planadi. Agarda hayvon yoki parrandalar yil bo’yi yopiq binolarda saqlansa, ular oziqalar bilan kerakli D vitaminini qabul qilishi yoki suniy ravishda ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirishi kerak. D vitamini quyosh nurida quritilgan pichanda, senajda ko’p bo„lib, suniy quritilgan pichanda, silosda, sutga nisbatan o’giz sutida kamroq bo’ladi. Qoramollar va cho’chqalarda D2 vitaminiga bo’lgan talabni nurlatilgan achitqilar berish bilan qondirish mumkin; 1g nurlatilgan achitqida 4000 XB D2 vitamin bor; 1 kg achitqi 3-4 tonna qoramol yoki cho’chqa omixta yemiga qo’shish uchun yetadi. Parrandalarga esa kazein konsentrati shaklidagi D3 vitamini preparati qo’llash yaxshi natijalar beradi. Gipervitaminoz D ham gipovitaminoz D ham hayvonlar uchun zararli; uning me'yordan ko’p bo’lishi kalsiyning ajralishini kuchaytirib, u buyrak va qon tomirlariga o’tirib qoladi; gipervitaminoz ko’pincha ovqat hazm qilishni buzilishda namoyon bo’ladi.
Tadqiqot lar shuni koʻrsatdiki xar xil yoshdagi tuxumdor tovuqlarning omuxta ozuqasi tarkibiga ( 1000 kg suvga 100 ml vitamin D3) vitamin D3 qoʻshib oziqlantirish ularning mahsuldorligini oshiribgina qolmay balki ularning suyaklarini mineralizatsiyasini , tuxum poʻchogʻini yaxshilanishi nobud boʻlishini kamaytirishga sababchi boʻladi.
D vitamini kalsiy va fosforning almashinuvi juda murakkab tizim boʻlib , jigar va buyraklar ishtirokida yuz beradi chunki , ozuqa tarkibidagi D vitamini bu organlarda faol 1-25 dioksi D vitaminiga aylantiradi lekin bu xildagi oʻzgarishlar xoʻjalikdagi sharoitlarga mos holda ( masalan tuxum yoʻnalishidagi tovuqlarning 50 haftadan muddatligda haroratning oshishi , pasayishi va boshqa xil oʻzgarishlar paydo boʻlishida ) chekina boshlaydi. Jigar faoliyati stress holatlarda susayadi va uning funksional holatining shikastlanishiga sababchi boʻladi. Bu holatda ozuqa tarkibidagi vitamin D almashinuvi oʻzlashtirishining samaradorligi izdan chiqadi. Bu esa kalsiy va fosforning tuxum poʻchogʻi tarkibiga yigʻilishi pasayadi. Shunday qilib malum miqdor chegarasida ratsionga faol D vitamini qoʻshib berish parrandaning stress holatini yoki yoshini oʻtgandan kiyingi mahsuldorligini kamayishi bilan bogʻliq boʻlgan bu vitaminga nisbatan paydo boʻladigan tankisligini oldini olish mumkin. D vitamining kalsiy va fosfor metabolizmin iboshqaruvidagi ishtiroki neyrogumoral ul bilan amalga oshadi va bu jarayon nerv tizimi bilan birgalikda qalqonsimon oldi bezi farmonlari ishtirokida sodir boʻldi. Shu asnoda parrandalarda kalsiy va fosfor suyak toʻqimasini mineralizatsiyasini va ularning tuxum poʻchogʻini shakillanishi uchun xizmat qiladi. Bu xildagi ilmiy manbalarga tayangan holda bizning izlanishlarimizda tuxumdor tovuqlar ratsioniga D3 vitamini va U bilan birgalikda kalsiyning gidrofosfat va oʻrta fosfat tuzlarini qoʻshib berishga oid tadqiqotlar amalga oshirildi. Bu izlanishlarimiz tuxum yoʻnalishidagi tovuqlar yoshiga stress holatlariga bogʻliq holdagi tuxum mahsulotdorliglarini pasayishiga taʼsir ni oʻrganishga karatilgan.