O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk: 598,617 Ergashev Dilshod Umurzoq o’g’li Tuxum yo’nalishli tovuqlar ratsionini D



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə8/25
tarix15.06.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#130695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
dilshod diplom

E vitamini (tokoferol)

Bu eng muhim tabiiy antioksidant bo’lib, tovuqlarning ko’payishida asosiy rol o’ynaydi. E vitamini organizmdagi oksidlanish jarayonlarini sekinlashtiradi, kerakli miqdordagi mushak ichiga yog'larni saqlaydi va qushlarning stressga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari, tokoferol A va D vitaminlarini to’liqroq so’rilishini ta'minlaydi. Uning yetishmovchiligi reproduktiv tizimning jiddiy morfologik va funktsional buzilishlariga olib keladi, buning natijasida tovuqlarda bepushtlik rivojlanishi mumkin.

Vitamin K (filloxinon, menaxinon).




K 3 vitamin
Vikazol
Vikazol antigemorragik komponent. Oddiy qon ivishi uchun javobgardir. Menadion yetishmovchiligi bilan protrombin hosil bo’lishi buziladi va uning qondagi konsentratsiyasi pasayadi. Koagulyatsiya jarayoni sekinlashadi, qon ketish chastotasi, ayniqsa bo’yin, ko’krak, oyoq, qanotlarda kuchayadi. Tovuqlarda terining rangsizligi va mushak oshqozoni kesikulasining orqada qolishi kuzatiladi. Ko’pgina embrionlar tuxumdan chiqmasdan oldin qon ketishi tufayli nobud bo’ladi. Qafasdagi tuxum qo’yuvchi tovuqlar K vitamini yetishmasligi koʻproq kuzatiladi. Yirik parrandachilik fermalari va fermer xo’jaliklari egalari tovuqlarni etarli miqdorda menadion bilan ta'minlashga alohida e'tibor berishlari kerak.

1.4. D3 vitamining tuzilishi, xossalari, manbalari va biologik ahamiyati.
D vitaminning kashf etilishi odam va hayvonlarda ikki xil kasallik– raxit va osteomolasiyaning o’rganilishi tufayli amalgam oshadi. Raxit kasali XVII asrda Angliyada birinchi bor qayd qilindi. 1924-yilda A. Gess va M. Veynshtoklar va ulardan bexabar holda G. Stinbok o’simlik moylari va boshqa oziqa mahsulotlariga ultrabinafsha nurlar bilan ta’sir etib, yosh bolalarda raxitning oldini oladigan modda ajratib oldilar.
Bu xil faollikni yuzaga chiqaradigan modda sterin bo’lib chiqdi va uning ergosteringa o’xshashligi aniqlandi, hamda keyinchalik vitamin D deb yuritila boshlandi. 1932-yil V.Vindaus xamirturushdan ergosterol ajratib oldi va haqiqiy vitamin D ergosterin emas, balki, uning ultra-binafsha nur ta’sirida nurlantirilishidan hosil bo’ladigan almashinuv mahsulotlaridan biri ekanligini isbotladi. U keyinchalik D2 vitamin yoki kaltsiferol deb yuritila boshlandi. Kimyoviy nuqtayi nazardan ergosterin bir atomli to’yinmagan siklik spirt bo’lib, uning tuzilmasida siklopentanopergidrofenantrenning kondensirlangan halqasi mavjud. U ultra-binafsha nur ta’sirida qator oraliq mahsulotlar hosil bo’lishi yo’li bilan vitamin D2 ga aylanadi. Reaksiya tenglamasi quyidagicha:


Bundan keying yillarda olib borilgan tadqiqotlarda odam terisida xolesterin va 7-degidroxolesterinning bo’lishi quyosh nuri yoki ultrabinafsha nur chiqaradigan elektro-lampa yordamida nurlantirib D3 vitamin hosil qilish mumkinligi to’liq isbotlandi. Bolalar raxitini davolashda shu uslubdan foydalaniladi. D2 va D3 vitaminlar rangsiz Kristal moddalar bo’lib, ularni 115-1170 C da qizdirganda suyuqlikka aylanadi. Bu vitaminlar suvda erimaydi, ular yog‘da va yog‘ni erituvchi organik moddalarda yaxshi eriydi.




Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin