O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk: 598,617 Ergashev Dilshod Umurzoq o’g’li Tuxum yo’nalishli tovuqlar ratsionini D


Vitaminlarning tasniflanishi va nomlanishi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə6/25
tarix15.06.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#130695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
dilshod diplom

1.2. Vitaminlarning tasniflanishi va nomlanishi.
Vitamin tavsifiga ega bo’lgan barcha faol moddalarni ikki guruhga: vitaminlar va vitaminsimon moddalarga ajratish mumkin. Vitaminlarning o’zi esa, erish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, yog‘da eruvchi va suvda eruvchi xillarga ajratiladi. Yog’da eruvchi vitaminlar (A, D, E, K) suvda eruvchi vitaminlarga (B1, B2, B3, B6, B8, B12, B15, C, PP,)
Vitaminlarning nomlanishi an’anaviy yo’l bilan dastlab qabul qilingan lotin alifbosi harflari (A, D, E, K, B1, B2, B3, B6, B8, B12, B15, C, PP, va x.k.z vitaminlari) orqali, shuningdek ajratib olingan manbalari, kimyoviy tuzilishiga oid jihatlari (retinol, retinal, retinonkislota, kalsiferol, tokoferol, naftoxinon, tiamin, riboflavin, pirodoksin, piridoksal, piridoksamin, piridoksal fosfat, nikotin kislota, niatsin, fol kislota, pantoten kislota, askorbin kislota, bioflavinoid, xolin, lipoy kislota, pangam kislota, orot kislota, inozit, linol kislota, linolein kislota, araxidon kislota, karnitin),bajaradigan funksiyalari (antikseroftalmik vitamin, antiraxitik vitamin, antigemorragik vitamin, tokoferol, antisteril vitamin, antinevretik vitamin, o’sish vitamini, antidermatik vitamin, antianemik vitamin, antipellagrik vitamin, antiseberiy vitamin, biotin va boshqalarni inobatga olingan tavsifda kelib chiqqan trivial nomlar asosida nomlanadi. Shu bilan birgalikda vitaminlarni so’ngi paytda shakllanib kelayotgan ilmiy asosda hamma uchun umumiy sanalgan nomlash ilmiy adabiyotda o’z o’rnini olmoqda. Vitaminlarni bu xilda nomlaganda yuqorida keltirilgan nomlardan ham foydalangan xolda umumiy tarzda quyidagicha nomlanadi: retinol, degidroretinol, ergokalsiferol, xolekalsiferol, α-, β- va γ-tokoferollar, filloxinon, farnoxinon, vikasol, askorbin kislota, bioflavinoid, tiamin, lipoy kislota, nikotinamid, riboflavin, piridoksin, pantoten kislota, folkislota, siankobalamin, p-aminobenzoy kislota, biotin, mezoninozit, xolin-xlorid, orot kislota, pangam kislota, S-metil metionin sulfonil kislota.

1. Haqiqiy vitaminlar.




2. Vitaminsimon moddalar.

A. Yogʻda eruvchi vitaminlar.

B. Suvda eruvchi vitaminlar

Xolin

Vitamin A (antikseroftalmik vitamin, retinol).

Vitamin B1 (antinefritik vitamin, tiamin.)

B15 vitamin (pangam kislota)

Vitamin D (antiraxitik vitamin, kalsiferol).

Vitamin B2 (oʻsish vitamini, riboflavin).

Lipoy kislota

Vitamin E (antisteril vitamin, tokoferol).

Vitamin B6 (antidermatik vitamin, piridoksin).

Orat kislota

Vitamin K (antigemorragik vitamin, naftoxinon).

Vitamin B12(antianemik vitamin, kobalamin).

Inozit




Vitamin PP (antipellagrik vitamin, niatsin).

Ubixinon (KoQ)




Vitamin BC (antianemik vitamin, fol kislota).

Paraaminobenzoy kislota




Vitamin B3(antidermatik vitamin, pantotetan kislota).

Karnitin




Vitamin H (antiseberiy vitamin, Biotin).

Linol kislota




Vitamin C (antiskorbunt vitamin, askorbin kislota).

Linolen kislota




Vitamin P(bioflavinoid).

Vitamin U



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin