O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


-rasm. Marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə136/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

11.3-rasm. Marketing strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi. 

Strategik rejalashtirishning ahamiyatini yuqori qo‘shimcha jihatlar belgilab


beradi:
-reja qiymatlar tizimini, firma oliy rahbariyatining qarashlarini, uning
kelgusidagi mo‘ljallarini ifodalaydi, bu esa firma xodimlarini kerakli tomonga
yo‘naltirishga yordam beradi;
-reja dastlabki vaziyatni va muhitdan kelib chiquvchi cheklashlarni hamda
uning evolyusiyasini izohlab beradi. Bu rejalashtirilayotgan natijalarning firma
rahbariyati uchun yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi;
-reja muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, u maqsadlarning bir-biriga muvofiq
bo‘lishini ta’minlaydi va ziddiyat yoki qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan paytda
ob’ektiv mezonlar asosida kelishuvga erishishni osonlashtiradi;
-reja firma faoliyatini kuzatib borishni osonlashtiradi va maqsadlar va natijalar
o‘rtasidagi tafovutlarni ob’ektiv talqin etishga imkon beradi;
-reja firmaning kutilmagan o‘zgarishlarga tayyorlik darajasini oshiradi, ammo
buning uchun mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar rejalashtirish bosqichida tahlil qilingan
bo‘lishi kerak;




198

-reja firmani me’yorlar, budjet va grafiklarga asoslagan holda qat’iy
boshqarishga imkon beradi.
Ko‘pincha strategik rejaga firma uchun hayotiy muhim bo‘lgan omillarga
qaratilgan «favqulodda vaziyatlar rejasi» qo‘shimcha qilinadi.

11.2. Marketingni strategik rejalashtirish jarayonining mazmuni 

Bu bo‘limda biz strategik rejalashtirishning har bir bosqichini hamda strategik


tavsiyalarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz.
Strategik missiyaning bayoni. Bu erda gap eng asosiy hujjat haqida
bormoqda. Bu hujjatda firma o‘z faoliyat sohasini, o‘z asosiy bozorini, o‘zining
iqtisodiy va noiqtisodiy ko‘rsatkichlarga nisbatan tamoyillarini belgilaydi va o‘zining
qadriyatlar tizimini e’lon qiladi. Bu hujjat firma faoliyatining ham ichki, ham tashqi
tomonlari uchun teng darajada muhimdir. Firmaning o‘zida ushbu hujjat xodimlarga
firmaning maqsadlarini tushunishga va firma madaniyatini mustahkamlovchi yagona
pozitsiyani ishlab chiqishga yordam beradi. Tashqi sohada u firmaning yaxlit
qiyofasini yaratishga imkon beradi hamda firmaning jamiyatda qanday iqtisodiy va
ijtimoiy rol o‘ynashga intilayotganligini va o‘zining mijozlar, sotuvchilar,
xizmatchilar, akssionerlar va umuman jamiyat tomonidan qanday kutib olinishini
istayotganligini izohlaydi.
Firma missiyasining ta’rifi quyidagi to‘rtta majburiy elementni o‘z ichiga olishi
shart:
1. Firma tarixi;
2. Faoliyat sohasini aniqlash;
3. Ustuvor maqsadlari va cheklanishlari;
4. Asosiy strategik variantlari.
Strategik missiyani shakillantirish jarayonida e’tiborga olinadigan omillar
quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.




199

Mijozlar
Firmaning mijozlari kimlar?
Tovarlar / xizmatlar
Qanday tovarlar taklif qilinmoqda?
Joylashish

Firma raqobatli kurashni qaerda olib bormoqda?

Texnologiya
Firmaning asosiy texnologiyasi qanday?
YAshash uchun kurash
muammolari
Firma qanday iqtisodiy maqsadni ko‘zlamoqda?
Falsafa

Qanday asosiy g‘oyalar, qadriyatlar va ustuvor maqsadlar bor?


O‘zi haqidagi tasavvur Qanday farq qiluvchi sifatlar, raqobatli ustunliklar bor?
Kerakli imidj

Firma qanday imidjga erishishga intilmoqda va u jamiyat oldida


o‘z zimmasiga qanday mas’uliyatni olmoqda?
Ijtimoiy mas’uliyat
Firmaning o‘z xodimlariga nisbatan pozitsiyasi qanday?


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin