O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


 Innovatsiya tavakkalchiligini baholash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə98/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

7.1 Innovatsiya tavakkalchiligini baholash 

Barcha yangi tovarlarning faqat 10 foizigina haqiqatdan ham yangi, original


hisoblanadi va jahon miqyosida yangi tovarlar deb ataladi. Bunday yangi tovarlarni
tayyorlash, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish va bozorga olib chiqish katta
xarajatlar sarflashni talab qiladi hamda tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘ladi. Bu esa
kompaniyalar yangi tovarlar ishlab chiqishni aksari hollarda mavjud tovarlarni
takomillashtirish va modifikatsiyalash bilan bog‘lashlariga asosiy sabab bo‘ladi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va bozorga kiritish innovatsion siyosat asosida,
xususan, tovar innovatsiyasi jarayonining tamoyillari va usullari asosida amalga
oshiriladi.
Innovatsiya jarayoni o‘z ichiga quyidagi oltita bosqichni kiritadi:
1) yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni izlab topish;
2) g‘oyalarni tanlash;
3) yangi tovar g‘oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy tahlil qilish;
4) tovarni ishlab chiqish;
5) tovarni bozor sharoitlarda test va sinovdan o‘tkazish;
6) tovarni yangi bozorga kiritish.
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni izlab
topishdan boshlanadi. Korxonaning ichki va tashqi g‘oya manbalari tovarlar haqidagi
g‘oyalar uchun baza vazifasini bajaradi.
Tashqi g‘oyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: savdo korxonalari;
xaridor va iste’molchilar; raqobatchilar; ko‘rgazma va yarmarkalar; turli xil nashrlar;
ilmiy tadqiqot institutlari; ta’minotchilar; ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida
ishlab chiqarilgan tovarlar; reklama agentliklari; xo‘jalik birlashmalari, vazirliklar va
boshqa davlat organlari.




140



Ichki g‘oyalar qatoriga esa quyidagilar mansub: marketing tadqiqotlari
bo‘limlari; texnik va istiqbolli rivojlanish bo‘limlari; patent bo‘limlari; ishlab
chiqarish bo‘limi; marketing bo‘limining barcha bo‘linmalari; xalqaro iqtisodiy
hamkorlik bo‘limi; tovarni tayyorlash bo‘limi; g‘oyalarni izlab topish va rivojlantirish
bo‘yicha doimiy yoki muvaqqat xodimlar guruhlari.
Yangi tovarni rejalashtirish vazifasi tovar siyosatining muqobil variantlarini
qidirib topish va ishlab chiqish, ularning imkoniyatlari va xatarlarini asoslab
berishdan iboratdir. Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini oshirish
maqsadida tovar innovatsiyasining g‘oyalarni izlab topish yoki g‘oyalar olish
bosqichi, g‘oyalarni baholash bosqichi va g‘oyalarni amalga oshirish bosqichi kabi
asosiy muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli xil usullar qo‘llaniladi (7.1-jadval).
YAngi tovar haqidagi g‘oyalarni izlab topish va ularni rivojlantirish uchun bozorni
tadqiq etish ijodiy izlanish texnikasidan foydalaniladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin