O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə95/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Mitsubisi, Toyota, Nissan firmalari bir-biriga texnologik va iste’mol jihatidan ham
umuman bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotish va ilmiy izlanish
ishlarini amalga oshiradilar. Bunga asosiy sabablardan biri ushbu firmalarning
tegishli sohalar va yo‘nalishlar bo‘yicha etarli tajriba to‘plaganligi, firma
salohiyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuksak ahamiyat berganidir. Demak,
istiqbolni yanada keng imkoniyatli faoliyat masshtabiga aylantirish uchun mumkin
qadar diversifikasiya yo‘nalishida rivojlanishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb
etadi.

6.4. Raqobatchilik strategiyasi 

F. Kotler firmaning bozordpgi ulushidan kelib chiqqan holda raqobatchilik


strategiyasini 4 ta turga ajratib ko‘rsatadi:
1. Lider strategiyasi.
2. “Kurashga chaqiruvchi” strategiya.
3. “Lider orqasidan boruvchi” strategiya.
4. Mutaxassis strategiyasi.
Odatda lider bu asosiy bozorni rivojlantirishga katta hissa qo‘shuvchi firmadir.
Liderning
javobgarligini
aniqlovchi
eng
tabiiy
strategiya
bo‘lib, yangi
iste’molchilarni egallashga, mavjud tovarlarni qo‘llashda yangi tashviqotga yoki
tovarlarni bir marta iste’molini o‘stirishga yo‘naltirilgan global talabni kengaytirish
strategiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Hujum strategiyasi raqobat strategiyasi bo‘lib, u bozor da’vogari tomonidan
sotuv bozorlarini egallash kurashida qo‘llaniladi.
Mudofaa strategiyasi bozor liderining strategiyasi bo‘lib, u orqali korxona
bozorda raqobat kurashida qo‘lga kiritgan yutuqlarini, pozitsiyalarini (masalan,
bozorda katta ulushni saqlab qolish, mahsulot markasini obro‘sini ko‘tarish, tovar
harakati kanallarini ustidan nazoratni saqlab qolish)ga intiladi. Mudofaa strategiyasi
bozor sardori tomonidan o‘zining biznesini raqobatchilar tajovuzidan doimo himoya
qilish maqsadida tanlanadigan strategiyadir. Mudofaa strategiyasining quyidagi




136

turlari mavjuddir: pozitsiyali mudofaa, qanot mudofaasi, mudofaa qayta hujumga
o‘tish yo‘li bilan, mobil mudofaa va qisilib qolayotgan mudofaa. Hujum
strategiyasini qo‘llash natijasida firma bozorda o‘z ulushini oshirishga harakat qiladi.
Bundan maqsad tajriba samarasini keng ishlatish hisobiga rentabellikni oshirishdan
iboratdir. Demarketing strategiyasi esa bozor liderining to‘rtinchi strategiyasi bo‘lib,
lider firma monopolizmda ayblanishdan qochish uchun bozordagi o‘z ulushini
qisqartirishni ko‘rib chiqishi mumkin. Unga erishish yo‘llarini bittasi ko‘rsatilayotgan
xizmatlarni, reklama va talabni rag‘batlantirish maqsadida qisqartirish, ayrim
segmentlarda narxni oshirish hisobiga talab darajasini pasaytirish maqsadida
demarketing tamoyillarini qo‘llash hisoblanadi.
Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o‘rnini
egallashdir. Bu erda 2 ta muammo muhim hisoblanadi:
1. Liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash.
2. Uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash.
Vaziyatni tanlashda front bo‘yicha hujum yoki qanot hujumi muqobillari
hisobga olinadi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin