O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


-jadval  Firmaning asosiy o‘sish yo‘nalishlari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə92/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

6.2-jadval 
Firmaning asosiy o‘sish yo‘nalishlari 
Intensiv o‘sish 
Integratsion o‘sish 
Diversifikatsion o‘sish 
Bozorga chuqurroq kirish
Regressiv
integratsiya
Konsentrik diversifikatsiya
Bozor chegaralarini
kengaytirish
Progressiv integratsiya
Gorizontal diversifikatsiya
Mahsulotni takomillashtirish
Gorizontal integratsiya
Konglomerat diversifikatsiya

Intensiv o‘sish strategiyasi firma o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlardagi
tovarlari bilan bog‘liq barcha imkoniyatlardan foydalanib bo‘lmaguncha dolzarb
bo‘lib qolaveradi. Bunday holatda quyidagi muqobil variantlar bor.
a) bozorga chuqurroq kirib borish strategiyalari. Kirib borish strategiyalari
doirasida mavjud bozorlarda tovarlar savdosining hajmini oshirishga urinib ko‘rish
lozim. Bunga bir necha xil yo‘l bilan erishish mumkin.




132



Birlamchi talabni rivojlantirish: global talabning tarkibiy qismlari ta’sir
ko‘rsatib, quyidagi usullar bilan bozorning hajmini oshirish:
-tovar yordamida yangi foydalanuvchilarni jalb qilish;
-xaridorlarni tovardan tez-tez foydalanishga undash;
-xaridorlarni kattaroq miqdorda bir martalik iste’mol qilishga undash;
-yangi foydalanish imkoniyatlarini topish.
Bunday strategiya bozorning kengayishidan hammadan ko‘proq manfaatdor
bo‘lgan peshqadam firmaga xosdir.
Bozordagi o‘z ulushini oshirish: tovarlarni o‘tkazish bo‘yicha faol xatti-
harakatlar orqali raqobatchi firmalarning sobiq mijozlarini jalb qilish, masalan:
sotilayotgan tovar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash; marketing
pozitsiyasini o‘zgartirish; narxni sezilarli kamaytirishga jur’at etish; sotish tarmog‘ini
mustahkamlash; sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunday xatti-harakatlar birlamchi talab kengaymadigan bo‘lib qolgan, ya’ni
tovar hayot siklining etuklik bosqichida bo‘lgan bozorlarga xosdir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin