134
yuqori mavqega ega bo‘lishi, nazorat etishi borasidagi urinishlari tushuniladi.
Masalan, bir bozorda tayinli tovar guruhi bo‘yicha raqobatlashayotgan A firmaning
tur raqobatchisi bo‘lgan V firmaning sotuvga qo‘yilgan ortiqcha quvvatlarini sotib
olishi va unga nisbatan o‘z mavqeini mustahkamlashi.
Diversifikasion o‘sish - tegishli firmani o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq
imkoniyatlariga nisbatan boshqa tarmoq yo‘nalishida rivojlanishi samarali yoki
maqsadga muvofiq bo‘lgan holda belgilanadi. Lekin, buning uchun tegishli firma
o‘zga tarmoqda rivojlanishi uchun to‘plagan tajribasi, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar
asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, dastlabki tarmoq bo‘yicha
ixtisoslashuvini o‘zgartirish yo‘llari va imkoniyatlarini baholagan bo‘lishi shart. O‘z
navbatida diversifikasion o‘sish quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:
a) konsentrik diversifikasiya - firmaning o‘z mahsulotlari ko‘lamini
marketing nuqtai nazaridan safdosh, to‘ldiruvchi mahsulolar bilan boyitishi
borasidagi urinishlarini anglatadi: masalan, faqat kitoblarni chop etish bilan
shug‘ullanuvchi kompaniyaning jurnallarini chop etishni ham yo‘lga qo‘yishdi;
b) gorizontal diversifikasiya - tegishli firma mahsulotlari assortimentini
iste’mol nuqtai nazaridan o‘xshash bo‘lmagan, ammo o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
mahsulotlar bilan boyitish borasidagi urinishlari tushuniladi; masalan: musiqa
asboblari ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bolalar uchun musiqa maktabini tashkil
etishi;
v) konglomerat diversifikasiya - firmaning mahsulot ko‘lamini texnologik,
iste’mol, jihatdan umuman bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarishga,
sotishiga
taalluqli
bo‘lgan urinishlar tushuniladi. Masalan, farmasevtik
kompaniyaning kompyuter dasturlari ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanish
xatti-harakatlari.
Firmalar o‘sish yo‘nalishlari aynan bir yo‘nalishda amaliyotda namoyon
bo‘lmaydi, ayrim SXZ uchun turlicha tarzda va ko‘lamda belgilanadi. Masalan,
Germaniyaning BASF kompaniyasi nafaqat kino va fotografiya uchun mahsulotlar
ishlab chiqaradi, balki qishloq xo‘jaligi uchun mineral moddalar ham ishlab
chiqaradi va ularning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha izlanishlarni tashkil etadi.
135
Bunga yana yorqin misol bo‘lib yirik yapon firmalarini keltirish mumkin. Jumladan,
Dostları ilə paylaş: