O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


-rasm. Zararsizlikni tahlil qilish uslubining grafik yordamida aks



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə102/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

7.2-rasm. Zararsizlikni tahlil qilish uslubining grafik yordamida aks 
ettirilishi

Zararsizlik nuqtasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:


X
doim

Z = ---------------- 
N - X
o‘zg

bu erda :


X
doim
— jami ishlab chiqarish hajmiga sarflanuvchi doimiy xarajatlar;
X
o‘zg
— jami o‘zgaruvchan xarajatlar;
N — yangi tovar birligi narxi.
Bu munosabatlar shuningdek, belgilangan zararsizlik nuqtasiga ega bo‘lgan
holda tovarni sotishning minimal narxi va maksimal xarajatlar summasini aniqlashga
imkon beradi.
Yangi tovarni sotish ma’qul keluvchi foyda keltirishi to‘g‘risidagi qaror qabul
qilingach, yangi tovar modeli yoki prototipini tayyorlashga kirishiladi. YAngi tovar
iste’molchining texnik talablarini ta’minlashi va bozor talablariga javob berishi zarur.




147

Marketolog
uchun
birinchi
navbatdagi
vazifa
tovarning
bozorda
muvaffaqiyatga erishishini ta’minlash, ya’ni uning vazifalarini aks ettirishdan
tashqari uni raqobatchilar tovaridan jozibadorligi yuqori bo‘lishini aks ettiruvchi
xususiyatlarini yaratish hisoblanadi. SHu munosabat bilan yangi tovarni ishlab
chiqish jarayonini ikki bosqich - texnik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va bozor
ko‘satkichlarini shakllantirish bosqichlari majmuasi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiq.
Tovarni ishlab chiqish uchun aksari hollarda funksiyalararo guruhlar (firma
izidan
boruvchilar,
dizaynerlar,
marketologlar)
tashkil
qilinadi.
Bu
esa
mutaxassislarning birgalikda ochiq faoliyat yuritishini va vazifalar echimining
tezlashishini ta’minlaydi.
Texnik ko‘rsatkichlarning shakllanishi yangi tovarni xaridorlarning aniqlangan
istaklarini (ehtiyojlarini) qondiruvchi funksional xususiyatlar bilan ta’minlash bilan
bog‘liq. Texnik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish bilan ilmiy-tadqiqot tajriba-
konstruktorlik ishlari va marketologlar guruhi shug‘ullanadi. Tovar g‘oyasini texnik
nuqtai nazardan rentabelli mahsulotga joriy qilar ekan, ishlab chiquvchilar bu
mahsulotga bo‘lajak tovar tavsifnomalarini ham kiritishi lozim. Bu holda
marketologlarning vazifasi loyihalarni tovarning zarur xususiyatlari va xaridorlar
mazkur tovar xususiyatlarini muhokama qilishiga yordam beruvchi xislatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Bozor ko‘rsatkichlarini shakllantirish tovar dizayni, uning shakli, rangi,
og‘irligi, o‘rovi, nomi va markasini ishlab chiqish tufayli amalga oshiriladi.
Shakl, rang va sifat tovarni xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar hisoblanadi. Tovar to‘g‘risidagi birinchi taasurot
uning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning sifati va funksional xususiyatlari
baholanishidan ilgari yuzaga keladi. Tashqi ko‘rinish tovarni sotib olishga undovchi
motiv, muayyan bir tovarning potensial xaridorlari doirasini shakllantiruvchi kuch
vazifasini bajaradi. Bu esa iste’mol tovarlaridan tashqari ishlab chiqarish-texnika
tovarlari uchun ham xosdir.
Tovar dizayni shunday vositaki, uning yordamida potensial xaridorlarga ta’sir




148

ko‘rsatish, ularni tovarni sotib olishga undash va harakatlarini tezlashtirish mumkin.
Shu bilan birga tovarni sotishda uning sifati ham katta rol o‘ynaydi. Tovarning
sifati bu - uning mazkur tovarga xos bo‘lgan (masalan, xizmat qilish muddati,
iste’mol qilinish, saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig‘indisidir.
Tovar tayyorlangan material turi va rangi ham u yoki bu tovarning o‘ziga xos
xususiyatlari, ularning bir-biridan farq qiluvchi variantlari va imkoniyatlarini
aniqlashga xizmat qiladi.
Tovar shakli tovarni tanib olishga va xaridorda u to‘g‘risida ma’lum bir
tasavvur uyg‘otishga ko‘maklashadi.
Texnik tovarlarning shaklini ishlab chiqish imkoniyatlari iste’mol tovarlari
shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina cheklangandir.
Tovarning individualligini, uning boshka tovarlar orasida ajralib turishi, o‘ziga
xos va takrorlanmasligini ta’minlash uchun tovarga nom beriladi. Tovarning nomi
ishlab
chiqaruvchi
va
iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va
kommunikatsiyalarni osonlashtiradi. Ko‘pincha, ayniqsa tovar nomi oson aytiladigan,
tez esda qoladigan, ijobiy hislarni uyg‘otadigan va o‘ziga jalb qiladigan bo‘lsa, u
bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga erishisha garovi bo‘ladi.
Tovar uchun yangi nom izlab topish va tayyorlash jiddiy muammo, chunki
tovar nomi faqat uni boshqa tovarlardan ajratish uchungina qo‘llanilmaydi. Tovar
nomi tovarning turini tavsiflashi, xaridorda unga nisbatan ijobiy his-tuyg‘ular
uyg‘otishi, reklama ta’siriga ega bo‘lishi va o‘ziga xos bo‘lishi lozim.
Tovar uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:
• izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish;
• biron-bir ma’lum nomni yangi nomga nisbatan huquqiy e’tirozlar
qolmaguncha transformatsiya qilish(o‘zgartirish);
• yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakllantirish;
• biron-bir mashhur nomdan uni yangi tovar nomiga qo‘shib qo‘yish uchun
foydalanish.
Har bir muayyan holda, ayniqsa iste’mol tovarlari nomini tanlashda quyidagi
savollarga javob topish lozim: tovar nomi nimani ifodalashi lozim? qaysi nomlarni




149

tanlovga qo‘yish mumkin? ulardan qaysi biri yaxshi? raqobatchilarning xuddi
shunday o‘xshash tovarining nomi qanday? tovaringiz nomi raqobotchi tovar
nomidan nimasi bilan farq qiladi? yangi nomni iste’molchi faqat bitta tovar uchun
qo‘llaydimi yoki barcha tovarlar assortimentiga biriktirib qo‘yadimi? tovarni
oldindan attestatsiya qilish kerakmi?
Tovarning nomi uning bozordagi “yuzini” shakllantirish, tovarning bozor
atributikasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lum bir nomdagi tovarni doimiy
ravishda iste’mol qilish jarayonida xaridor bozorda mavjud bo‘lgan ko‘p sonli
tovarlar ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam foydalanish
xaridor ongida ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otishga xizmat qiladi. Bu reaksiya tovar
ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi aloqa orqali etkaziladi. Tovar nomini korxonaga
biriktirib qo‘yish va uning boshqa firmalar tomonidan foydalanishidan himoya qilish
maqsadida korxona rahbariyati bu nomni huquqiy ro‘yxatdan o‘tkazishi zarur. SHu
tariqa tovar nomi markirovka qilinadi va tovar markasi vazifasini bajaradi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin