Talamusning assotsiativ yadrolari uning asosan oldingi qismida bo’lib, talamusning ko’chiruvchi yadrolaridan impulslar oladi va ularni miya po’stlog’ining assotsiativ sohalariga o’tkazadi. Assotsiativ yadrolarga lateral yadrolar, mediodorsal va yostiqsimon (pulvinar) yadrolar kiradi. Talamusning assotsiativ yadrolari, shuningdek (yanada ko’proq) katta yarim sharlar po’stlog’idagi assotsiativ sohalar filoginez jarayonida kattalashib boradi. Odam talamusidagi assotsiativ yadrolar ayniqsa yaxshi rivojlangan.
Talamusning lateral yadrolari impulslarni katta yarim sharlar po’stlog’ining tepa sohasiga o’tkazadi. Yostiqsimon yadroning lateral qismi ensa bo’lagidagi ko’ruv assotsiativ zonasiga, pulvinar-ning medial qismi esa katta yarim sharlar po’stlog’ining chakka bo’lagidagi eshituv assotsiativ zonasiga impuls o’tkazadi.
Mediodorsal yadro katta yarim sharlar peshona bo’lagining po’stlog’iga, limbik sistemaga, shuningdek gipotalamusga bog’liq.
Yarim sharlar po’stlog’ining assotsiativ zonaliri bilan talamus yadrolari o’rtasida, shuningdek katta yarim sharlar po’stlog’ining sensor zonalari bilan ko’chiruvchi yadrolar o’rtasida qaytar aloqalar bor, miya po’stlog’iga o’tkaziladigan va undan olinadigan impulslar shu qaytar aloqalar orqali doira bo’ylab o’zaro ta’sir etishi mumkin.
Talamusning nospetsifik yadrolari. Talamusning nospetsifik yadrolariga ba’zi fiziologlar retikulyar formatsiyaning dientsefalik qismi deb qarashadi. Ammo talamusning nospetsifik yadrolari morfologik strukturasi va funktsiyasiga ko’ra miya o’zanining retikulyar formatsiyasidan farq qiladi. G.Jasper elektrofiziologik eksperimentlarga asoslanib talamusning nospetsifik sistemasi yarim sharlar po’stlog’ining tez va qisqa muddatli faollashishida qatnashadi, degan xulosaga keldi. Miya o’zanining retikulyar formatsiyasi esa sust va uzoq faollashishni vujudga keltiradi.
O’rta miyaning retikulyar formatsiyasi butun miya po’stlog’ining tonusini saqlab turadi, miya po’stlog’ining qaysi strukturalari aniq reflektor reaktsiyalarning yuzaga chiqishida qatnashsa, faqat shu strukturalarni talamusning nospetsifik yadrolari faollashtiradi. Jumladan, talamusning nospetsifik yadrolari tiyrak organizm diqqat e’tibor jarayonlarini tashkil etishda qatnashadi.
Retikulyar formatsiya orqali miya po’stlog’iga kiradigan afferent impulslar odamda muayyan sezgilarni vujudga keltirmaydi, ammo ular spetsifik sensor yo’llar orqali keluvchi impulslarga javoban miya po’stlog’ining reaktsiyalarini kuchaytiradi. Talamusning nospetsifik yadrolari bilan ko’chiruvchi va assotsiativ yadrolar o’rtasida, shuningdek talamus bilan po’stloq ostidagi tuzilmalar o’rtasida o’zaro keng aloqalar bor. Talamusning nospetsifik yadrolaridan faqat ikkitasi-oldingi ventral yadro bilan retikulyar yadro bevosita katta yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlariga tola beradi.
Sezgilarning shakllanishida talamusning ishtiroki. Talamus sezgilarning kelib chiqishida qatnashadi, chunki u turli retseptorlar ta’sirlanganda kelib chiquvchi impulslarni katta yarim sharlar po’stlog’iga o’tkazishdan tashqari, olingan axborot talamus yadrolarida qayta ishlanadi, shuning natijasida sezgilar harakteri o’zgaradi.
Ko’pgina tadqiqotchilar (G.Ged va boshqalar) ning fikricha, talamusning og’riq sezuvchanlikning oliy markazidir. Bu fikr quyidagi dalillarga asoslanadi. Odamdagi neyroxirurgiya operatsiyarida bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlariga bevosita ta’sir etilsa, og’riq hissi juda kamdan-kam paydo bo’ladi. Ta’sir etuvchi elektrodlar talamusga qo’yilganda esa, ro’y-rost og’riq reaktsiyalari va noxush sezgilar ro’y beradi. SHunga ko’ra talamusning ba’zi bir kasalliklarida azobli og’riq sezgilari paydo bo’lishini nevropatolog-klinitsistlar qadimdayoq payqashgan. Salgina ta’sirot-teriga tegish, ignani salgina bosish, tovush yoki yorug’lik ta’siri bunday bemorlarda eng og’ir og’riq tutishiga sabab bo’ladi. Ba’zan esa talamus zararlanganda og’riq sezgilarini idrok etish buziladi, analgeziya holati ro’y beradi, bunda og’rituvchi ta’sirotlar og’riq sezgilarini yuzaga chiqarmaydi. Nihoyat organizmning odatda og’rik hissi bilan davom etadigan tipik reaktsiyalarini hayvonlar ustidagi tajribada katta yarim sharlar po’stlog’ini olib tashlagandan keyin (talamik hayvonlarda) yuzaga chiqarish mumkin.
Miya o’zanining retikulyar formatsiyasi og’riq reaktsiyalarining kelib chiqishida muhim ahamiyat kasb etishi so’nggi vaqtdagi tadqiqotlarda aniqlandi. Ba’zi narkotik moddalar, masalan: barbituratlarni kiritish yo’li bilan retikulyar formatsiya ishdan chiqarilganda va shu tariqa bosh miya yarim sharlar po’stlog’iga retikulyar formatsiyaning ko’tariluvchi, faollashtiruvchi ta’siri to’xtatib qo’yilganda og’riq reaktsiyalari susayadi. Ammo keltirilgan faktlarning hammasi og’riq sezgilarining shakllanishida katta yarim sharlar po’stlog’ining ishtirok etishini to’la inkor etolmaydi. Miya po’stlog’ining ahamiyati shu bilan isbot etiladiki, og’rituvchi ta’sirotlarda sensor sohalarda yuzaga chiqarilgan potentsiallar qayd qilinadi, binobarin og’riq retseptorlaridan miya po’stlog’iga impulslar yetib boradi. Og’riq sezgilari ishontirish yo’li bilan susaytirilishi mumkin (tug’ruqni og’riqsizlantirishda shu faktdan foydalaniladi). Miya po’stlog’inig sensor zonalari zararlanganda og’rituvchi ta’sir berilgan joyni aniq bilib bo’lmaydi.
Gipotalamus. Oraliq miya tuzilmasi xisoblanadi, limbik tizim tarkibiga kiradi. Gipotalamus organizmda emotsianal, xulq-atvor gomeostatik reaktsiyalarini tashkil etadi. Gipotalamus yadrolarini xususiy funktsiyalariga ko’ra 5 guruxga ajratish mumkin.
1) preoptik gurux yadrolar oxirgi miya bilan bog’lari mavjud;
2) oldi gurux yadrolari;
3) O’rta gurux yadrolari;
4) tashqi gurux yadrolari;
5) orqa gurux yadrolari.
Gipotalamus yadrolari qon bilan kuchli ta’minlangan, 1mm kv. joyda 2600 tagacha kapillyar tomirlar bo’ladi, postloqda 440, gippokampda 350, ochqimtir sharda 550. Gipotalamus organizmni vegetativ funktsiyalarga parasimpatik va simpatik ta’sir ko’rsatadi. Oldingi gurux yadrolariga ta’sir etilsa parasimpatik, orqa guruxlariga ta’sir etilsa simpatik samara kuzatiladi.
Gipotalamus tuzilmalari polifunktsional bo’lganligi sababli funktsiyalarni vegetativ, somatik va endokrin boshqarishni inte –grattsiyalaydi. Uning yadrolari bir qator aniq funktsiyalarni tashkillaydi. Gipotalamusda termoregulyatsiya, ochlik va to’yish, chanqoqlik va uni qondirish, qo’rqish va jaxl chiqish, jinsiy xulq-atvor, uyg’oqlik va uyqu markazlari bor.
Bazal yadrolar. BMbazal (postloq osti) yadrolari oldingi miyani oq moddasini ostida ko’proq peshona qismida joylashgan bo’ladi. Ularga dumsimon yadro, po’choq, to’siq va ochqimtir shar kiradi. BM tuzilmalariningfunktsiyalari eng avvalo bazal yadrolar bilan aloqasiga bog’liq. Dumsimon yadro va po’choqni miyaing boshqa qismlari bilan aloqasini ko’pligi, ularni integrativ jaroyonlarda, xarakatlarni tashkil qilish va boshqarish xamda vegetativ organlar ishini boshqarishda ishtirok etishini ko’rsatadi. Dumsimon yadroga ta’sir etilganda katta miya postlog’i, postloq osti tuzilmalari, shartsiz va shartli refleksli xulq-atvorni tormozla -nishi kuzatiladi. Dumsimon yadroni faoliyatini yo’qotish ixtiyorsiz mi -mika reaktsiyalarini, tremorni, xoreyani kuchaytiradi, bir joydan ikkinchi joyga maqsadsiz xarakat –lanishni tezlatadi. Dumsimon yadro shikastlanganda oliy nerv faoliyatida (fazoda mo’jjalga olish, xotirani buzi -lishi) sezilarli buzilishlar kuza -tiladi. Bundan tashqari xarakat -larni buzilishi xam kuzatiladi. Ko’pchilik olimlarni aytishicha ikki tomonlama shikastlanganda xayvonda oldinga shiddat bilan xarakatlanish, bir tomonlama buzilganda manej xarakatlari yuzaga keladi.
Limbik tizim. Limbik tizim miya tuzilmalarini funktsional birlashmasi hisoblanadi. U ximoyalanuvchi, jinsiy, ovqatlanuvchi emotsional-motvatsion xulq-atvorni va uyqu-uyg’oqlik siklini tashkil qilishda ishtirok etadi. Limbik tizim katta miya postlog’i va postloq osti tuzilmalariga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatib, ularni faolligini talab darajasida bo’lishini belgilaydi.
Limbik tizim tuzilmalari 3 kompleksdan iborat bo’ladi.
1-chi kompleksga qadimgi postloq, hidlov piyozchasi, xidlov do’mboqchasi, shaffof to’siq kiradi.
2-chi kompleks qari postloq xisobiga uning tarkibi gippokamp, tishsimon fastsiya, kamar egri-bugriligi kiradi.
3-chi kompleks orolcha postloqni tuzilmalari, paragippokamp egri-bugriligi kiradi.
Bulardan tashqari limbik tizimga bodomsimon tanani, shaffof to’siq yadrosini, oldingi talamik yadroni, so’rg’ichsimon tanani kiritishadi. Limbik tizimning tuzilmalari orasida oddiy ikki tomonlama aloqalar va yopiq doiralardan iborat murakkab yo’llar mavjud. Bunday doiralarni mavjudligi ularda bir xil qo’zg’alishni tizimda uzoq aylanishini ta’minlanib, bitta xolatni saqlanishi miyani boshqa tizimlariga shu xolatni majburlaydi.
Miya tarkibiga kiruvchi limbik tizim tuzilmalari bir birlari bilan doiralar xosil qilib birikadilar. Bunday doiralarga Peypes doirasini ko’rsatish mumkin (gippokamp - so’rg’ichsimon tana - talamusni oldingi yadrosi – kamar egri bugriligini postlog’i – para gippokamp egri bugrilik -gippokamp). Bu doira xotira va o’qitish jaroyoniga aloqador.