O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Oraliq miyaning tuzilishi va funktsiyasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə124/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Oraliq miyaning tuzilishi va funktsiyasi.
Oraliq miya (diencep’alon) anatomiya nuqtai nazaridan miya o’zanining bir bo’limidir. Ammo o’rta miya bilan uzunchoq miyaga qarama-qarshi o’laroq, oraliq miya embriogenez jarayonida miyaning oldingi pufagidan katta yarim sharlar bilan birga shakllanadi.
Oraliq miyaning asosiy tuzilmalari ko’ruv dumboqlari-t’alami optici va do’mboq ostidagi soha-’ypotalamus-dan iborat. Uning funktsiyasi organizmdagi vegetativ jarayonlarni boshqarishdan iborat bo’lib, quyida ko’zdan kechiriladi.
Talamus funktsiyalari. Talamus katta yarim sharlarga boruvchi barcha (hidlov yo’llaridan tashqari) afferent (sensor) yo’llar kollektori hisoblanadi. Talamus katta yarim sharlar po’stlog’iga olib boruvchi yo’lda bamisoli bir darvoza bo’lib, tashqi muhitdan va organizmning ichki muhitidan ta’sirot qabul qiluvchi retseptorlardan keladigan butun axborot o’sha darvoza orqali o’tadi. Talamusdagi ba’zi yadrolar chekli shikastlanganda katta yarim sharlar po’stlog’i biron (ko’ruv, eshituv, ta’m biluv, taktil va hokazo) axborotdan maxrum bo’lishi mumkin.
Talamus oq modda qatlamlari bilan oldingi lateral va medial sohalar degan uch sohaga bo’linadi. Har bir soha bir qancha yadrolarning to’plamidan iborat. Xozir talamusning 140 taga yaqin yadrosi tafovut qilinadi.
R.Lorente de-No talamusning barcha yadrolarini funktsional jihatdan spetsifik (maxsus) va nospetsifik (g’ayri maxsus) yadrolar degan ikkita katta guruxga ajratishni taklif etdi. Bunda talamus yadrolaridan katta yarim sharlar po’stlog’iga boruvchi tolalar oxirlarining morfologik xarakteristikasi va shu yadrolar ta’sirlanganda yarim sharlar po’stlog’idagi elektr faolligi o’zgarishlarining elektrofiziologik xarakteristikasi asos qilib olindi. Spetsifik yadrolardan boshlanuvchi tolalar-talamusning spetsifik yo’llari katta yarim sharlar po’stlog’ining 3-4 qavatida tugab, sensor va assotsiativ zonalarning chekli miqdordagi hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Nospetsifik yadrolardan boshlanuvchi tolalar-talamusning nospetsifik yo’llar katta yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlarida bir talay tarmoqlar beradi va yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlarida bir talay neyronlarni qo’zg’alish jarayoniga tortadi. Talamusning spetsifik yadrolari katta yarim sharlar po’stlog’ining muayyan qismlariga bevosita bog’langan. Talamusning nospetsifik yadrolari esa signallarni ko’pincha po’stloq ostidagi yadrolarga o’tkazadi, bu yadrolardan esa impulslar yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlariga bir yo’la kiradi.
Morfologik ma’lumotlarga yarasha o’tkazilgan elektrofiziologik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, spetsifik yadrolar ta’sirlanganda katta yarim sharlar po’stlog’ining faqat cheklangan qismlaridagi elektr faolligi o’zgaradi, ya’ni birlamchi javoblar kelib chiqadi. (G.Jasper.) Nospetsifik yadrolarning ta’sirlanishi esa elektr faolligiga ta’sir etadi, ya’ni katta yarim sharlar po’stlog’ining keng sohalarida «faollashish reaktsiyasi» ni vujudga keltiradi.
Talamusning spetsifik yadrolari ta’sirlanganda katta yarim sharlar po’stlog’ida yuzaga chiqarilgan potentsialning maydonga keladigan latent davri atigi 1-6 m/sek, xolbuki talamusning nospetsifik yadrolari ta’sirlanganda yarim sharlar po’stlog’idagi elektr faolligi o’zgaradigan latent davr 10-50 m/sek. Bu holda latent davrning shunday uzoq davom etishi talamusning nospetsifik yadrolaridan katta yarim sharlar po’stlog’iga boradigan yo’lda ketma-ket ulangan neyronlar va sinapslar ko’pligidan guvoxlik beruvchi salmoqli dalil hisoblanadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin