O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə146/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Hid biluv sensor tizimi. Yuqori burun yo’llarida hid biluv retseptorlari joylashadi. Hid biluv epiteliysi bosh nafas yo’llarida joylashib 100-150 mkm qalinlikda bo’lib, diametri 5-10 mkm bo’lgan retseptor hujayralarni ushlaydi. Odamlarda hid biluv retseptorlarining umumiy soni 10 mln ga yaqin bo’ladi. Har bir hid biluv hujayrada sferik kengaygan qismi bo’lib, unda esa 10 mkm uzunlikdagi 6-12 tagacha kiprikchalari bo’ladi. Kiprikchalar hid biluv bezlari hosil qilgan suyuq muhitda tebranib turadi. Bunday kiprikchalarning bo’lishi ularni hid taratuvchi moddalar molekulasi bilan aloqada bo’luvchi yuzasini o’n marotabaga oshiradi. Hid biluv hujayrasining sferik kengaygan qismi uning muhim tsitokimyoviy markazi bo’lib hisoblanadi.
Hid biluv retseptor hujayrasi-bipolyar hujayra bo’lib, kiprikchalar hujayraning apikal qutbida joylashgan bo’lsa, uning bazal qismidan esa mielinsiz akson boshlanadi. Retseptorlar aksonning hid biluv nervini hosil qiladi, so’ngra bu nerv miya suyagi asosiga kirib, hid biluv piyozchasini hosil qiladi. Ta’m biluv hujayralari kabi hid biluv hujayralari ham doimo yangilanib turadi. Hid biluv hujayralari 2 oyga yaqin hayot kechiradi.
Hid taratuvchi moddalarning molekulasi havo oqimi bilan yoki ovqat iste’mol qilayotganda og’iz bo’shlig’idan hid biluv bezlar ishlab chiqargan shilliq moddaga tushadi. Tez-tez nafas olish molekulalarni shilliq moddaga kelishini tezlashtiradi. Shilliq moddada hid taratuvchi moddalarning molekulasi qisqa vaqtga hid biluv retseptori bo’lmagan oqsillar bilan birikadi. Ayrim molekulalar esa hid biluv retseptorining kiprikchalariga yetib borib, u yerdagi xid biluv retseptorlarini oqsillari bilan birikadi. Buning natijasida hid biluv oqsillari faollashadi, shundan so’ng ts AMF sintez qiluvchi adenilattsiklaza fermenti faollashadi. TSitoplazmada ts AMF kontsentratsiyasining ortishi retseptor hujayralarni membranasida natriy kanallarining ochilishiga olib keladi, bu o’z navbatida retseptor potentsialning generalizatsiyasiga olib keladi.
Hid biluv hujayralari milliondan ortiq har xil hid taratuvchi moddalar molekulasini ajrata oladi. Shunday bo’lsa ham, retseptor hujayralarning fiziologik qo’zg’alishi shu hujayra uchun harakterli bo’lgan molekula yuzaga chiqadi, ammo hid taratuvchi moddalarning spektri juda kengdir. Lekin bu spektr har xil hujayralar uchun bir xil bo’lishi mumkin. Shundan bo’lsa kerak 50% i ortiq hid taratuvchi moddalar hohlagan ikkita hid biluv hujayralar uchun umumiy bo’ladi.
Yaqingacha tadqiqotchilar past darajadagi molekulalarni ajratish ularning membranasidagi ko’plab hid biluv retseptor oqsillarini bo’lishiga bog’liq, deb o’ylardilar.
Hozirda shu narsa ma’lum bo’ldiki, har bir hid biluv retseptor hujayra membranasida faqat bir xil oqsil bo’ladi. Bitta oqsil turli xil hid taratuvchi moddalar molekulasi bilan bog’lana oladi.
Elektroolfaktogramma. Hid biluv epiteliysi yuzasidan yozib olingan summar elektr potentsialiga elektroolfaktogramma deb ataladi. Bu monofazali negativ to’lkin bo’lib amplitudasi 10 mv gacha yetadi va bir necha sekund davom etadi. Ba’zida elektroolfaktogrammada potentsialning pozitiv og’ishlarini ham payqash mumkin, agar uzoq vaqt davomida ta’sir etilganida katta negativ to’lqin yozib olinadi.
Hid biluv axborotlarini kodlash. Mikroelektrodlar yordamida qilingan tajribalar shuni ko’rsatdiki, ta’sirning sifati va intensivligidan kelib chiqib, retseptorlar impulsatsiyaning chastotasini oshirib javob beradilar. Har bir hid biluv retseptori bir emas, balki bir necha hid taratuvchi moddalarga javob beradi, lekin ularning ayrimlariga ko’proq e’tibor beradi. Retseptorning bu xossasi zamirida har xil moddalar ta’siriga hid biluv sensor tizim markazlarida ayni shu hidlarga nisbatan tanish va kodlash hodisalari ro’y beradi. Elektrofiziologik tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, organizmga berilgan har xil hidlarga piyozchaning qo’zg’algan va tormozlangan qismlari turlicha bo’lishi ma’lum bo’ldi. Yuqoridagi tadqiqotlar asosida hid bilish jarayonida axborotlarning kodlash usullarini to’la ochib bermadi.
Hid biluv tizimining markaziy proektsiyasi. Hid biluv tizimining o’ziga xos tomoni shundaki, uning afferent tolalari talamusda kesishmaydi, ya’ni bosh miyaning qarama-qarshi tomoniga o’tmaydi. Hid biluv piyozchasidan chiquvchi trakt bir necha tutamlardan tashkil topadi va quyidagi oldingi miya bo’limlariga yo’naladi: oldingi hid biluv yadrosiga, hid biluv bo’rtig’iga, prepiriform po’stloqqa, periamigdalyar po’stloqqa va bodomsimon yadrolar kompleksining bir qismiga. Hid biluv markazlarining barchasi ham hidni ajratishda ishtirok etmaydi, shuning uchun bu markazlarni assotsiativ markazlar tarzida qarash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu markazlar murakkab ovkatlanish, himoya, jinsiy va boshqa refleksni yuzaga chiqaruvchi tizimlar bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlaydi. Hid biluv piyozchasining efferet idora etilishi ham yaxshi o’rganilmagan.
Odamlarda hid biluv tizimining sezuvchanligi. Insonlarda bu sezgirlik juda yuqori: bitta hid biluv retseptori hid taratuvchi moddaning bitta molekulasi asosida qo’zg’alishi mumkin, unchalik ko’p bo’lmagan retseptorlarning qo’zg’alishi hid bilish hissini chaqirishi mumkin. SHunday bo’lsa ham, insonlar hid taratuvchi modda hidi boshlang’ich kontsentratsiyaning atigi 30-60% ini ajrata olada (ajratish bo’sag’asi). Itlarda bu ko’rsatkich odamlarga nisbatan 3-6 marotaba yuqori. Hid biluv tizimda adaptatsiya bir muncha sekin ro’y beradi, bu holat havo tezligiga va hid taratuvchi moddaning kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin