O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə292/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nazorat savollari.
1. Oliy nerv faoliyati haqida tushincha?
2. Shartsiz va shartli reflekslar?
3. Shartli refleks hosil qilish qoidalari?
4. Shartli refleks hosil bo’lish asoslari va mexanizmi?
5. Vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi fiziologik mexanizmi?
6. Shartli refleks turlari?
7. Shartli reflekslarning biologik ahamiyati?
8. Shartli reflekslarning tormozllanishi?
9. Shartsiz (tashqi) tormozlanish?
10. Shartli (ichki) tormozlanish?
11. Shartli tormozlanishni fiziologik mexanizmi?
12. Dominanta va shartli reflekslar?
13. Dinamik steotip?


MАSHGʼULOT № 16. ORGANIZMGI SIGNAL TIZIMLARI. BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARINING FUNKSIONAL ASSIMETRIYASI.
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- logik masalalar
- situatsion (vaziyat) masalalar
- nazorat savollari
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
- «Аmaliyot fiziologiya»MM dasturi
- «Galereya boʼyicha aylanish» ish oʼyinlari
- grafik organayzerlar
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Birinchi va ikkinchi signal tizimlari.
Birinchi va ikkinchi signal tizimlari. Ko’rish, eshitish va boshqa sezish a’zolari orqali tashqi dunyoning ongimizga ta’sir etishi birinchi signal tizimi deb ataladi, chunki voqelik ongimizda bevosita o’z aksini topmoqda. Birinchi signal tizimi odam va hayvonlarda mavjud. Yuqori rivojlangan hayvonlarda (sut emizuvchilarda), qushlarda nisbatan murakabroq signal mavjud bo’lib, ular xavf xatar, bu maydonning egasi kimligi va boshqa habarlarni har xil tovushlar yordamida beradilar. Faqat insonlarda, mehnat va ijtimoiy faoliyatlari tufayli ikkinchi signal tizimi - nutq rivojlangan.
Nutqdagi so’zlar narsalarning ramzi, sifati, moddiy dunyo voqeliklari haqidagi kuchli shartli ta’sirlovchilardir. Bu signal tizimi-talaffuz qilingan yoki o’qilgan so’zlarni qabul qilishdan iborat. Bir xil voqelik, narsalar boshqa tilda bo’lakcha talaffuzda bo’lib yozilishi ham farqlanadigan so’z-verbal qabul qilinib mavhum tushuncha paydo qilinadi.
Bolalarda so’zlarni tushunish, so’ngra talaffuz qilish eshitilgan so’zlarni ayrim voqelik, narsalar bilan bog’liqligini anglashi natijasida kelib chiqadi. Moddiy dunyoning miyadagi sub’ektiv siymosi neyronlar mexanizmlari yordamida olingan axborotni mavjud bo’lgan ob’ektiv dunyo bilan taqqoslash natijasida paydo bo’ladi. Ikkinchi signal tizimi hosil bo’lishi va rivojlanishi natijasida voqelikni ongda abstrakt aks etishi va ulardan tushuncha, tasavvur hosil bo’lishi imkoniyatlari paydo bo’ladi. Ikkinchi signal tizimining ta’sirlovchilari ob’ektiv dunyoni o’zida aks ettiruvchi, tushunchalarni umumlashtiruvchi so’zlardir. So’zlar yordamida birinchi signal tizimi orqali olingan siymolarni sezishdan ikkinchi signal tizimi yordamida tasavvur qilish va tushunishga o’tiladi. Fikrlash jarayonining asosida so’zlar yordamida ifodalangan mavhum tushunchalar bilan ishlash yotadi.
Til - bu fikrni ifodalovchi va fikrning mavjudligini ko’rsatuvchi vositadir. Fikrlash natijalari so’z va gaplarda o’z ifodasini topadi, ular yordamida fikr almashinish imkoniyati paydo bo’ladi.
Nutq so’zlar yordamida juda ko’p a’zolar faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. So’zlar fiziologik faol omil bo’lib, ichki a’zolar faoliyatini, modda almashinuv jarayonining jadalligini, mushak va sensor tizimlar faoliyatini o’zgartira oladi. Aytilgan yoqimli so’zlar ish qobiliyatini oshirishi va yaxshi kayfiyat hosil qilishi mumkin. Bemor oldida aytilgan birorta noo’rin so’z uning ahvolini og’irlashtirib qo’yishi tabiiy.
Nutqning fiziologik asosi. Ikkinchi signal tizimi harakat, eshitish, ko’rish analizatorlari va miyaning peshona sohasi faoliyatlari mahsulidir. Nutqning boshqarilishi tovush mushaklari, paylari, bog’lamlari, retseptorlaridan afferent impulslari oluvchi bosh miya po’stlog’ini ishga tushiruvchi va boshqaruvchi ta’siri bilan bog’liqdir.
Nutqni harakatlantiruvchi (Brok) markaz bosh miya po’stlog’ining peshona sohasidagi ikkinchi, uchinchi pushtalarida joylashgan. Nutqni qabul qilish nutkning harakatlantiruvchi va qabul qiluvchi (Vernike) markazlari orqali amalga oshiriladi.
Nutqni kodsizlantirish uchun, eshitgan paytda nutq hotirasida uning barcha elementlarini saqlab qolish, ko’rish paytida esa ko’zining izlanuvchan murakkab harakatlari ahamiyatlidir. Nutqni kodsizlantirish bosh miya chap yarim sharining (o’naqay odamda) chakka-tepa va ensa qismlarida amalga oshiriladi. Bu sohalarda so’zlar ma’nosini tushunish va hisob-kitob ishlarini bajarish buziladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin