2. Spirometr asbobini ta’riflang.
3. O’pkaning hayotiy sig’imini katta-kichikligi nimaga bog’liq?
4. O’pkaning funktsional birligi nima?
3-LABORATORIYA. KO‘RISH O‘TKIRLIGINI ANIQLASH. KO‘RISH MAYDONINI ANIQLASH.
Analizatorlarning tuzilishi (ko‘z, quloq). Ko‘zning ko‘rish o‘tkirligini aniqlash. Ishdan maqsad. Ko’rish o’tkirligini aniqlash.
Ko’rish o’tkirligi - ko’rish analizatori ajrata oladigan ikkita buyum o’rtasidagi eng kichik masofadir. Normal ko’z, ko’rinish burchagi 1 gradus bo’lgan ikkita nurli nuqtani farqlash xususiyatiga ega. Bunday ko’zning ko’rish o’tkirligi bir deb qabul qilinadi.
Ko’rish o’tkirligini aniqlash uchun Golovin jadvalidan foydalaniladi. Yorug’lik 10 lyuksdan kam bo’lmasligi kerak.
Bu jadval 12 qator har xil kattalikdagi harflardan iborat. Harflar yuqoridan pastga tushgan sari kichrayib boradi
Zarur jihozlar:karton parchasi, ko’rish o’tkirligini aniqlash uchun jadval, ko’rsatish uchun tayoqcha.
Ishni bajarish tartibi. Jadval yaxshi yoritilgan devorga osiladi. Sinaluvchi jadvaldan 5 m uzoqdagi stulda o’tiradi. Har bir ko’zining ko’rish o’tkirligi alohida aniqlanadi.
Sinaluvchi bir ko’zini ekran (karton parchasi) bilan bekitib turib, tekshiruvchi tayoqcha bilan ko’rsatayotgan harflarni eshittirib o’qiydi. Tekshirishda yirik harflarni ko’rsatishdan asta-sekin maydaroq harflarga o’tiladi. Xato qilmasdan o’qiladigan harflarning oxirgi qatori ko’rish o’tkirligini bildiradi.
Ikkinchi ko’z ham xuddi shu tartibda tekshiriladi. Normal ko’zning ko’rish o’tkirligi 1,0-2,0 bo’ladi.
Ko’rish o’tkirligi quyidagi formulaga asosan hisoblab chiqariladi:
;
bunda - -ko’rish o’tkirligi, a-tekshiriluvchi bilan tablitsa o’rtasidagi masofa, -normal ko’z shu qatordagi harflarni aniq ko’rishi kerak bo’lgan masofa.