---------= mm. sm. ust teng.
3
Sog’lom 15-50 yoshli odamlarda sistolik bosim 110-125 mm sim. ust. teng. 50yoshdan o’tgandan so’ng ko’tarilgan bo’ladi. 60 yoshda 135-140 mm sim ust. CHaqaloqda esa 50 mm sim ust. 1 yoshda 80 mm sim ust, diastolik bosim katta yoshli odamda 60-80 mm sim ust. Puls bosimi 35-50 mm sim ust, o’rtacha bosim 90-95 mm sim ust teng.
Arterial puls. Arterial puls deb –sistola vaqtida bosimning ko’tarilishi natijasidi arteriyalar devorining ritmik tebranishlariga aytiladi. Arteriyalar devori tebranishini (pulni) yuzaki joylashgan arteriyalarni paypaslash yo’li bilan aniqlash mumkin. Odatta pulsni: bilak, (a.radialis), chakka (a.temporalis), taqim (a.dorsalis pedis), uyqu (a. corotis) va boshqa arteriyalarda aniqlash mumkin. Puls to’lqini qon aortaga xaydab chikarilganda hosil bo’lib, arteriya va kapillyarlarga tarqalib, so’nadi.
Puls to’lqinlarining tarqalish tezligi, qon oqish tezligiga bog’liq emas. Puls to’lqinlarining tarkalish tezligi katta yoshli odam aortasida 5,5-8,0 m/sek, periferik arteriyalarda 6-9,5 m/sek ga teng. Yosh o’tgan sari, tomirlarning elastikligi kamayishi hisobiga bu tezlik aortada ortadi.
Arterial pulsni yozib olish usuli-sfigmografiya deb ataladi. Yozib olingan sfigmogrammada ikkita asosiy qism: yuqoriga ko’tarilgan-anakrota va pastga to’shgan katakrota ajratiladi. (rasm). Anakrota yurakdan qonni xaydash davrining boshlanishida arterial bosim ortishi va tomirlarning cho’zilishidan hosil bo’ladi.
Katakrota qorinchalar sistolasining oxirida, bosim u yerda pasaya boshlaydi va puls chizig’i pasaya boshlaganda hosil bo’ladi. Diastola vaqtida qorinchalardagi bosim aortadagidan pasaya boshlaganda qon orqaga qayta boshlaydi. Bu vaqtda yarimoysimon klapanlar yopilib, egri chiziqda intsizura (chuqurcha) hosil bo’ladi.
Qon to’lqini yarimoy klapanlarga urilib qaytadi va bosim ko’tarilishining ikkilamchi to’lqinini hosil qiladi, bu to’lqin natijasida arteriyalar devori yana cho’ziladi. Natijada sfigmogrammada dikrotik (ikkilamchi) ko’tarilish paydo bo’ladi.
Arterial pulsni paypaslab yoki sfigmografik usul bilan aniqlash yurak qon tomirlar sistemasining funktsional xolati to’g’risida juda katta ma’lumot beradi. Eng avvalo yurak urishlar soni, uning ritmi to’g’risida baxo berish mumkin. Ritmining o’zgarishi fiziologik bo’lishi ham mumkin. Masalan «nafas aritmiyasi» ayniqsa yoshlarda kuchli rivojlangan nafas olganda puls ko’payishi va nafas chiqarganda kamayishi.
Yurakning ayrim xastaliklarida puls defitsiti (etishmovchiligi) kuzatiladi. Yurak urishlari soni puls soni bilan bir xil bo’lmaydi.