O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Reja: 1. Qon oqishining fizik qonuniyati



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə51/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Reja:
1. Qon oqishining fizik qonuniyati.
2. Arteriya qon bosim va arteriya pulьs.
3. Arteriyalarda qon oqish tezligi.
4. Kapillyarlarda qonning xarakatlanishi.
5. Venalarda qonning xarakati.
6. Qonning tomirlarda xarakatlanishining boshqarilishi.
7. Limfa tomirlar sistemasi.


Tayanch iboralar: gidrodinamik, gemodinamik, sistola, diostola, katta qon aylanish doirasi, kichik qon aylanish doirasi, arteriya bosim, arteriya puls, puls bosim, limfa.
Qon oqishining fizik qonuniyati.
Yurak qon tomir sistemasining funktsianal sinflanishi. Yurak qon tomir sistemasini funktsional sinflashni bosimlar farqiga qarab bo’lingan. Yukori bosimli va past bosimli sohalar. Yuqori bosimli sohalarga: chap qorincha, yirik arteriyalar, o’rta va kichik diametrli arteriyalar, arteriolalar. Past bosimli sohalarga - qolgan qismlar (kapillyarlardan to chap bo’lmachagacha) kiradi.
Shved fiziologi B.Folkov ketma-ket ulangan qismlarni quyidagicha sinflaydi.
1. Yurak-nasos vazifasini bajarib, qonni tomirlarga ritmik ravishda xaydab beradi. Bosim sistolada 120 mm sm ust, diastolada esa 0 ga teng bo’ladi.
2. Elastik tipdagi tomirlar- katta qon aylanish doirasida aorta va yirik arteriyalar, kichik qon aylanish doirasida o’pka arteriyasi va uning tarmoqlari kiradi. Kompressor kamera ham deb ataladi. Bu tomirlar elastik tolalardan tashkil topgan bo’lib, qon tomirlarda qonning uzluksiz harakatini, hamda diastola vaqtida bosimni pasayib ketmasligini ta’minlaydi. Bu qismlarda bosim 120/80 ga teng.
3. Yuqori qarshilikka ega tomirlar (rezistiv tomirlar) prekapillyar va postkapillyar tomirlar kiradi (arteriola va venulalar). Bu tomirlarda muskul qavati yaxshi rivojlangan. Bosim 30-60 mm sm ust teng. Qon tomirdagi bosimning sistolik va diastolik to’lqini yo’qoladi
4. Prekapillyar-jo’mrak tipidagi tomirlar (sfinkterli tomirlar)-mayda arteriolalar kirib, umumiy qon aylanishiga qarshilik ko’rsatadi. Silliq muskul tolalarining qisqarishi tomirlar teshigini to’sib, bo’shashganda esa ochib qo’yib, kapillyarlarda qon oqishini va moddalar almashinuvini boshqaradi.
5. Almashinuv tomirlar-xakikiy kapillyarlar. Bu yerda qon to’qimalar bilan yaqinlashadi. Shu yerda yurak qon tomir sistemasi o’zining vazifasini bajaradi. Yaьni to’qima va qon orasida gazlar va moddalar almashinuvi sodir bo’ladi.
6. Shuntlovchi tomirlar (arterio-venoz anastamozlar)-ayrim to’qimalarda yo’q bo’lib, qon arterial tomirlardan venoz tomirlarga kapilyarlarga tarmoqlanmay o’tadi.
7. Sig’imli tomirlarga-venalar kiradi. Cho’ziluvchanlik hossasiga ega bo’lib, 70-80 % qon tipidagi tomirlarda bo’ladi.
Ammo bu sinflanishi ayrim terminologik va ma’no jihatidan kamchiliklardan holi emas. Masalan «rezistiv» va «sig’im» tipidagi tomirlar tushunchalari. Arteriolalar ham venulalar ham qarshilik ko’rsatadi. Sig’im tipidagi tomirlar–arterial va venoz sistemada ma’lum miqdorda qon bo’ladi. Ayrim mualliflar bunga barcha venoz sistemasini kiritsa, ayrimlari venula va kichik venalarni kiritadilar. «Prekapilyar» jo’mrak tipidagi tomirlar degan ibora ham unchalik o’rinli qo’llanilmagan. Venoz tomirlarda ham silliq muskulli jo’mrak vazifasini bajaruvchi tolalar bor. Limfa sistemasi to’g’risida umuman to’xtanilmagan.
Yuqoridagi muloxazalarni hisobga olib B.I.Tkachenko yurak-qon tomir sistemasi qismlarini funktsional sinflanishni boshqacha taklif qildi:
1. Bosim generatori va qonni sarflovchi-yurak, sistola vaqtida qonni aorta va o’pka arteriyasiga o’tkazuvchi vazifasini bajaradi.
2. Yuqori bosimli tomirlar-aorta va yirik arteriyalar kiradi. Bu qismlarda nisbatan yuqori qon bosimi saqlanib turadi.
3. Bosimning turg’unligini, bir xilda turishini ta’minlovchi tomirlar-kichik arteriya va arteriolalar kiradi. Qon oqimiga qarshilik ko’rsatib, sistemalar uchun kerakli bosimni ushlab turadi.
4. Kapillyarlarda qon oqishini ta’minlovchi-mayda qon tomirlar kiradi. Ularning devorlarida silliq muskullar qisqarib–bo’shashib, ularda qon oqishi va to’xtashini ta’minlab, faoliyat ko’rsatuvchi va ishlamay turgan kapilyarlarning ishini boshqaradi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin