Yurak faoliyatining Tashqi koʼrsatkichlari. Yurak faoliyatini boshqarilishi. Reja: Yurak faoliyatining mexaniq va tovush namoyon qilishi
Fonokardiografiya.
Exokardiografiya.
Elektrokardiografiya.
Yurak boshqarilishining yurak ichi mehanizmlari.
Yurak faoliyatining boshqarilishi.
Yurak faoliyatining jarayonlari tashqi hodisalar bilan koʼzatiladi: Elektrik hodisalar - yurakning har xil boʼlimlarida qoʼzgʼalishni hosil boʼlib tarqalishi.Mexaniq hodisalar - qon ning tomirlar boʼylab va yurakdagi harakat lari, yurakning oʼzini harakat lari natijasida sodir boʼladi.Tovush-asosan klapanlar beqilishi va qon ning tomirlarda harakati natijasida sodir boʼladi. Yurak uchi turtkisi – qorinchalar sistolasida koʼkrak qafasining devorini yurak uchi soxasida tebranishi. Yurak uchi turtkisi chap tomonda 5-chi qovurgʼalar oraligʼida oʼrta oʼmrov chizigʼidan 0,5 – 1 sm ichkarida joylashgan.
Yurak uchi turtkisi aniqlanadi: vizual; pal’pator; apekskardiografiya yordamida.
Yurak ishlaganda 4 ton paydo boʼladi:I ton sistolik, koʼp komponentli, past, boʼgʼiq va choʼziq,
II ton diastolik, baland, jarangli, qisqa, III ton diastolik, quloq bilan eshitilmaydi, IV ton boʼlmachalar sistolasiga mos keladi, quloq bilan eshitilmaydi.
Fonokardiografiya- yurak tonlarini qayd qilish usuli.
Аuskul’tatsiya - yurak tonlarini fonendosqop yordamida eshitish usuli.
• I sistolik ton, sistola boshida paydo boʼladi, 0,12 sek davom etadi, bu ton choʼziq, boʼgʼiq murakkab tembrdan iborat, tortilgan tavaqalarni va pay iplarini tebranishi, qorinchalar muskullarining va soʼrgʼichsimon muskullarining qisqarishlari, yarim oysimon klapanlarini ochilishi natijasida paydo boʼladi. II diastolik ton baland va qisqa boʼladi, 0,08 sek davom etadi, yarim oysimon klapanlarining beqilishi va ularni elastik devorlarini tebranishlari natijasida paydo boʼladi. III ton “toʼlish toni “- ikkinchi tondan 0,11-0,12 sek dan keyin paydo boʼladi. Qorinchalarni tez qon ga toʼlish davrida, qorinchalar devorini tebranishlari natijasida paydo boʼladi. IV ton “boʼlmacha toni”- birinchi tondan oldin paydo boʼladi, qorinchalar qoʼshimcha qon nga toʼlish fazasida qorinchalar devorini tebranishi natijasida paydo boʼladi.
Yurak tonlarini eshitish nuqtalari:1 ton 2 tavaqali klapan uchun chap tomonda 5 chi qovurgʼa oraligʼida oʼrta oʼmrov chizigʼining chap tomonida. 1 ton 3 tavaqali klapan uchun xanjarsimon oʼsiqning asosida. ІІ ton aortal klapani uchun 2 qovurgʼa oraligʼining oʼng tomonida.ІІ ton pul’monal klapani uchun 2 qovurgʼa oraligʼining chap tomonida
Fonokardiografiya 1 ton S tishiga mos keladi, 4 – 8 ta ostsillyatsiyadan iborat.ІІ ton T tishini oxiriga mos keladi, 2 – 3 ta ostsillyatsiyadan iborat.
Exokardiografiya – yurak faoliyatini ul’tratovush yordamida tekshirish. 1950 yilda 1 marta qoʼllangan. 2 – 3 mgts chastotali ul’tratovush 1540 m/s tezlik bilan oʼtadi. Bu yurak klapanlarini holatini (val’vulografiya) baholashga, yurak moʼshagining qisqaruvchanlik xususiyatini, yurak va uning boʼshliqlarini geometrik parametrlarini, chiqarish indeksini hisoblashga imkon yaratadi.Tananing har xil qismlariga qoʼyilgan elektrodlar yordamida yurakning elektr aktivligini qayd qilish usuli-Elektrokardiografiya deb nomlanadi.
Elektrokardiografiya yordamida yozib olingan egri chiziqlar elektrokardiogramma deb nomlanadi.Elektrokardiogramma – yurakning har xil boʼlimlarida qoʼzgʼalish jarayonining paydo boʼlishini, tarqalishi va yoʼqolishini aks ettiruvchi egri chiziq.
EKG qayd qilishi aniqlashga imkon yaratadi:qoʼzgʼalishni; yurak biotoklarini; oʼtkazuvchanlik xossasini;yurak urish chastotasini
YuUCh = yurak ritmini, aritmiyalarni; yurakdagi patologik oʼzgarishlarni.
• EKG ning ulanishlari – bu elektrokardiogrammani qayd qilganda tanada elektrodlarni joylashtirish variantlari.Monopolyar ulanish – potentsial tananing 1 nuqtasidan qayd etiladi.Bipolyar ulanish – tananing 2 nuqtasi orasidagi potentsiallar ayirmasi qayd etiladi.
EKG da ajratiladi:Izoelektrik (nol’) chizigʼi;P, Q, R, S, T va U, tishlari, ularning balandligi potentsial miqdorini ifodalaydi;Kengligi – oʼtkazuvchanlikni
Intervallar P-Q, QRS, QT, R-R.
EKG tishlarining genezi
• R tishi oʼng va chap boʼlmachalarning qoʼzgʼalishini ifodalaydi.
• Q tishi qorinchalararo toʼsiqni, popillyar mushaklarni va qorinchalar devorining ichki qavatini qoʼzgʼalishini ifodalaydi.
• R tishi yurak asosini qorinchalar devorining tashqi qavatini qoʼzgʼalishini ifodalaydi.
• S tishi ikkala qorinchaning toʼla qoʼzgʼalishini ifodalaydi.
• T tishi qorinchalarni tez repolyarizatsiyasini ifodalaydi.
Eyntxovenning standart ulanishlari:oʼng va chap qoʼl;oʼng qoʼl va chap oyoq;chap qoʼl va chap oyoq.
Gol’dbergerning kuchaytirilgan ulanishlari:AVR – oʼng qoʼldan;AVL – chap qoʼldan;AVF – chap oyoqdan.
Vil’sonning koʼkrak ulanishlari:V1 toʼsh suyagining oʼng tomonidan 4 qovurgʼa ostida;V2 toʼsh suyagining chap tomonidan 4 qovurgʼa ostida; V3 4 qovurgʼada chap parasternal chiziqda; V4 5 qovurgʼa oraligʼida lin. clavicularis sinistrada. V5 5 qovurgʼa oraligʼida lin. axillaris anterior sinistrada.V6 5 qovurgʼa oraligʼida lin. axillaris media sinistrada.
• Har bir EKG tishlardan, segmentlardan va intervallardan iborat.EKG ning tishi – izochiziqdan egri chiziqni tepaga yoki pastga siljishi.EKG ning segmenti – tish boʼlmagan EKG egri chizigʼining bir qismi. EKG ning intervali – segment va oʼnga tegishli tishdan iborat boʼlgan egri chiziqning qism. Yurak qoʼzgʼalishining bir siklida 3 interval farqlanadi.PQ, R tishi va PQ segmentidan.Q-T qorinchalar kompleksi QRST va ST segmentidan iborat. S-T ST segmenti va T tishidan iborat.
EKG ning asosiy oʼrtacha parametrlari
• P = 0,15 – 0,25mv
• R = 1,5 – 2,5mv
• T = 0,5 – 1,7mv
• P-Q = 0,12 – 0,20”
• QRS = 0,07 – 0,09”
• Q-T = 0,33”
• S-T = 0,25”
• Q:R = 1:4
• P:T:R = 1:3:9
• Yurak qisqarishida katta qon tomirlarida qon ning harakati natijasida tananing kuchsiz tebranishlarini qayd qilish usuli – ballistokardiografiya deb aytiladi. Yurakni qisqaruvchanlik funktsiyasini qayd qilish metodi.
• Dinamokardiografiya – yurakni har bir qisqarishida odamning tana vaznini markazini siljishini qayd qilish usuli. Yurakni mexaniq faoliyatini qayd qilish usuli.
• Аngiokardiografiya – qon ga rentgenokontrast moddalarni yuborish yoʼli bilan, yurak boʼshliqlarini va magistral tomirlarni tekshirishini rentgenologik usuli.
Yurak boʼshliqlari, devorining qalinligi, yurak poroklari, qisqaruvchanligi, tomirlar oʼzani haqida maʼlumotlar olish mumkin. EKGda baʼzi bir oʼzgarishlar. Ballistokardiografiya. Yurakdan 1 sutkada tinch xolatda 10 tonna qon , 1 yilda 4000 tonna, 75 yilda 300 000 tonnaga yaqin qon chiqadi.
Har xil sharoitlarga moslashish uchun yurak oʼz ishini doimo qayta koʼrishi kerak. Bu bir qator regulyator mexanizmlar faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Shartli ravishda ularni ikki guruhga boʼlish mumkin: 1.Yurak ichi mexanizlari., 2.Yurakdan tashqari yoki ekstrakardial mexanizmlar.
Yurak ichi boshqarish mexanizmlari 3 guruhga boʼlinadi:Xujayra ichi, Gemodinamik (getero, gomeometrik), Yurak ichi periferik reflekslar.
Nerv orqali boshqarilish taʼsir qiladi:avtomatiyaga;ritmga – xronotrop taʼsir; qoʼzgʼaluvchanlikga – batmotrop taʼsir;oʼtkazuvchanlikga – dromotrop taʼsir;qisqaruvchanlikga – inotrop taʼsir.
Oʼzaro bogʼlangan yurak reflekslari
• Danini –Аshner refleksi (koʼz – yurak refleksi) koʼz olmasining yon tomoni bosilganda pul’s 1 min 10 – 15 taga kamayadi, 3 – 5” keyin namoyon boʼlishi tez, 8 – 10” keyin namoyon boʼlishi – sekin refleks hisoblanadi. Gol’ts refleksi – qorin boʼshligʼining yoki qorin pardasi mehanoretseptorlarining taʼsirlanishi natijasida YuUCh sini kamayish yoki toʼxtashi. Tom –Ru refleksi – epigastral sohaga zarba yoki bosim natijasida – bradikardiya. Beyn-Bridj refleksi – kavak venalarni oʼng boʼlmachaga birikkan joyidagi retseptorlar qon hajmi oshganda taʼsirlanadi, adashgan asab tonusi pasayadi, simpatik asab tonusi oshadi, natijada yurak ishi tezlashib, kavak venalarda toʼplanib qolgan qon arterial tomirlarga oʼtkaziladi.
• Parin refleksi – oʼpka tomirlarida qon bosimini oshishi YuUCh sini kamayishiga, katta qon aylanish doirasida А/B ni pasayishiga, taloqni qon bilan toʼlishga olib keladi. Gering refleksi – chuqur nafas olib toʼxtaganda – bradikardiya. Klinikada adashgan asab markazining tonusini aniqlashda qoʼllanadi. I.F. Sion va Lyudvig refleksi А/B ni oshishi aorta ravogʼining baroretseptorlarini taʼsirlashi natijasida adashgan asab markazining tonusi oshadi, YuUCh si kamayadi А/B pasayadi. Teri mexano, termo retseptorlari taʼsirlanganda – refleks – yurak faoliyatini stimulyatsiyalanishi yoki tormozlanishi bilan namoyon boʼladi.
Proprioretseptorlardan refleks – jismoniy yuklamada sodir boʼladi, adashgan asabning tonusi pasayishi natijasida YuUCh si oshadi. Shartli reflekslar – yurak urish chastotasini oʼzgarishlari.