O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə57/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Venalarda qonning xarakati.
Venalarda qon yurishi umuman qon aylanishining muhim faktoridir, chunki diastola vaqtida yurakning qonga to’lishi shu faktor bilan belgilanadi. Vsnalardagi qon yurishining bir qancha xususiyatlari bor.
Venalar muskul qavati uncha qalin bo’lmagani uchun devori arteriya devoriga qaraganda ko’proq cho’ziluvchan. Shuning uchun venalardagi bosim hatto oz bo’lganda ham ularning devori anchagina cho’ziladi va ularda ancha qon to’planib qolishi mumkin.
Venoz bosim. Odam venasidagi bosimni yuza venaga (odatda tirsak venasiga) kavak igna kiritib va buni manometrga ulab o’lchash mumkin. Ko’krak bo’shlig’idan tashqaridagi venalarda qon bosimi 5—9 mm sim, ust. (suv ustuni hisobida esa 65—120 mm).
Venoz bosim miqdorini o’lchash uchun shu vena yurak bilan bir tekislikda yotishi lozim. Buning ahamiyati shuki, masalan, oyoq venalaridagi qon bosimiga organizm tik turganda venalarni to’ldiruvchi qon ustunining vazni ham qo’shiladi. SHu sababli oyoq venalaridagi qon bosimi o’lchanastganda bu gidrostatik komponentni yo’qotish uchun tekshiriluvchi kishi yotqizib qo’yiladi.
Ko’krak bo’shlig’iga yaqin venalardagi qon bosimi atmosfera bosimiga yaqin bo’lib, nafas fazalariga qarab o’zgaradi. Nafas olingan paytda ko’krak qafasi kengayib, venalardagi bosim nasayib, manfiy (ya’ni atmosfera bosimidan past) bo’lib qoladi; nafas chiqarilganpaytda esa ko’tariladi (oddiy nafas chiqarish paytida 2—5 mm simob ust. dan yuqoriga o’zgarmaydi). Jadal yaafas chiqarilganda yoki kuchanilganda ko’krak qafasi qisilib, ichidagi bosim ortnb ketadi va shunga ko’ra kavak venalardagi bosim ham ko’tariladi, bu esa qorin bo’shlig’i va oyotstso’l venalaridan qonning qaytib ketishiga to’sqinlik qiladi; yurakka venoz qon kelishi kamayadi, natijada artsrial bosim pasayadi. Odam kuchanganida ba’zan hushidan ketib olishiga sabab shu.
Ko’krak bo’shlig’iga yaqin venalardagi (maealan, bo’yintiriq venalaridagi) bosim nafas olish paytida manfiy bo’lgani uchun ularning jarohatlanishi hayot uchun xavfli: atmosfera havosi venalar ichiga kirib, havo emboliyasiga sabab bo’la oladi, ya’ni arteriolalar va kapillyarlar havo pufagi bilan berkilib qolishi mumkin.
1-rasm. Vena pulsi bilan elektrokardnogrammaning sinxron (bir vaqtda) yozuvi (izohi tekstda).
Venalarda qon oqishining chiziqli tezligi arteriyalardagiga qaraganda kamroq. Buning boisi shuki, venalar arteriyalarga qaraganda 2—3 baravar kengroq, bu esa, gemodinamika qoiulariga ko’ra. Vena pulsi bilan elektrokardnogrammaning sinxron (bir vaqtda) yozuvi (izohi tekstda). qonning sekinroq oqishiga sabab bo’ladi. Urtacha kalibrli periferik venalarda qon oqish tezligi 6 dan 14 sm/sek gacha; kavak venalarda 20 sm/sek ga yetadi.
Qon aylanish katta doirasining venalarida kon yurish sababi chap qorinchaning qisqarish kuchigina emas (qon oqishiga qarshilik juda katta bo’lgan arteriolalar va kapillyarlardan qon o’tganda chap qorin chaning qisqarish kuchi talaygina sarf bo’ladi); bundan tashqari, qo’shimcha faktorlarning ham ahamiyati bor. Bu faktorlardan biri shuki, venalar endoteliysida (kavak venalar, qopqa vena sistemasi va venulalardan tashqari) burmalar hosil bo’ladi, bular qonni faqat yurak tomonga o’tkazuvchi haqiqiy klapanlardir. Modomiki shunday ekan, venalarni qisib qonni yurgiza oladigan har qanday kuch venalarda qon yurishiga yordam bera oladi; venalarda klapanlar borligidan qop teskarioqaolmaydi.
Venalarda qon oqish tezligi. Venalarda qon yurishiga yordam beradigan qo’shimcha kuchlar asosan ikkita: 1) ko’krak qafasining so’ruvchi ta’siri; 2) skelet muskullarining qisqarishi. Ko’krak qafasining so’ruvchi ta’siri yuqorida ko’rib o’tilgan edi; u venalarda qon oqishiga (ayniqsa nafas olish paytida) yordam beradi. Skelet muskullari venalarda qon aylapishiga shu bilan yordam beradiki, ular qisqarganda ichidagi va yonidagi venalarni qisadi. Venalarda qon bosimi past bo’lgani uchun ularni muskullar qisganda ichidagi qon yurak tomonga siqilib chiqadi (qonning teskari oqishiga klapanlar xalaqit beradi). Shuning uchun ritmik harakatlar (masalan, odam o’tin arralaganda, yurganda) nasos singari ta’sir etib, venalarda qon yurishini tezlatadi. Statik ish (ya’vi venalarning uzoq qisqarib turishiga sabab bo’ladigan ish — muskullarning uzoq qisqarishi) venoz qoi aylanishiga to’sqinlik qiladi.
Vena pulsi. Mayda va o’rtacha venalarda qon bosimining puls tebranishi yo’q. Yurak yaqinidagi yirik venalarda esa arterial pulsga qaraganda boshqa sabab bilan kelib chiquvchi pulьs tebranishlari — vena pulsi qayd qilinadi. Bo’lmalar bilan qorinchalar sistolasivaqtida yurakka qon kelishining qiyinlashuvi vena pulsiga sabab Vena pulsining egri chizig’i — flebogrammada — uchta tish farq qilinadi: a, s va V. a tishi o’ng bo’lma sistolasiga to’g’ri keladi. Uning kelib chiqish sababi shuki, bo’lma sistolasi vaqtida kavak venalarning’ bo’lmaga quyiladigan joyidagi teshik muskul to.lalari halqaei bilan qisiladi, shu tufayli venalardan bo’lmag’a qon o’tishi vaqtincha to’xtaydi. Shu yeababli bo’lmalarning har bir sistolasida yirik venalarda qon picha yurishmay turadi, shuning orqasida devorlari cho’ziladi. Bo’lmalar diastolasi vaqtida ularga qon bemalol o’tadi va shu payt vena pulьsining egri chizig’i birdaniga pasayadi. Ha demay, vena pulsining egri chizig’ida kichkina s tishi paydo bo’ladi. U bo’yintiriq venasining yonida urib turgan uyqu arteriyasining turtkisidan kslib chiqadi. s tishidan so’ng egri chiziq pasayaboshlaydi va u yangidai ko’tariladi — V tishi paydo 'bo’ladi. V tishining kelib chiqishiga sabab shuki, qorinchalar sistolasshGing oxirida bo’lmalar qonga to’lganligi va ularga yana qon kira olmagani uchun venalarda qon dam.lanib qolib, ularning devorini cho’zadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin